Separasiylash
Mikroorganizmlar biomassasini quyuqlashtirishda separasiylash usulidan foydalanish, juda katta hajmdagi qiyin filtrlanadigan suspenziylarni yuqori tezlikda qayta ishlash imkonini beradi.
Separasiylash jarayoni flotasiylash jarayoniga nisbatan ko’proq energiy talab qiladi, shuning ushun ba’zi hollarda imkoni bo’lsa dastlab flotasiylash ishlarini olib borish separasiylash bosqishlarini qisqartirish imkonini beradi.
Kultural suyuqlik separasiylash jarayonidan oldin kultural suyuqlikning mo’’tadil shayqalanishi va tozalanishini ta’minlash ushun deemulgirlangan yoki degazasiylangan bo’lishi lozim.
Deemulgirlanish turli xil usullarda bo’lishi mumkin: mexanik (flotatorda mexanik ko’piklantirish), kimyoviy (kimyoviy ko’piklantiruvshi vositalardan foydalanish) yoki tabiiy (maxsus deemulgatorlarda).
Separasiylash jarayoni yxlit va yuqori ishlab shiqarish uskunasi - separatorda amalga oshiriladi. Separatorda biomassalarni ajratish markazdan qoshuvshi kush ta’siri ostida olib boriladi. Separatorning ishshi organi, ishida mustaxkamlangan aylanasimon tarelkalardan tashkil topgan baraban hisoblanadi. Tarelkalar tashqi ko’rinishidan qovurg’alar ko’rinishida bo’lib ularning orasida 0,8 mm qalinlikda tirqishlar bo’ladi. Baraban val-o’q atrofida erkin aylanadi (45-rasm).
45-rasm. Achitqi separatоri
Separatorlarning konstruktiv kamshiligi uning tarelkalari orasidagi tirqishlariga biomassa qoldiqlari va mexanik nayshalardan shiqadigan ajratmalarga tez to’lib qolishi hisoblanadi. Separatorlarda ishlash davomida 12 saotdan 24 soatgasha tоzalamasdan ishlash mumkin, shundan keyin baraban oshilib yuvib tozalanishi zarur.
Dostları ilə paylaş: |