O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan ishlash



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə122/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   146
Укув кулланма 2022

Nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan ishlash. Nutqdagi nuqsonlarni o‘rganish, oldini olish va korreksiyalash masalalari logopediya (yunoncha “logos” – so‘z, “paideia” - tarbiyalash) shug‘ullanadi. Patogen omil ta’sirida yuzaga kelgan nutqiy buzilishlar o‘z-o‘zidan yo‘qolmaydi, shuningdek, maxsus tashkil etilgan korreksion- logopedik choralarsiz bartaraf etilmaydi.
Nutqiy buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablar orasida ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) omillar asosiy rol o‘ynaydi. Bundan tashqari (anatomik-fiziologik, morfologik), funksional (psixogen), ijtimoiy-psixologik (atrof-muhitning salbiy ta’siri), psixonevrologik (psixik funksiyalarining buzilishi (aqli zaiflik, xotira yoki diqqatning buzilishi va boshqalar) sabablarning ham ta’siri sezilarli bo‘ladi.
Logopediyada nutqiy buzilishlarni ikki turi ajratiladi: 1) tibbiy-psixologik nutqiy buzilish; 2) psixologik-pedagogik nutqiy buzilish. Shu bilan birga nutqdagi nuqsonlar: og‘zaki yoki yozma nutqqa xos bo‘ladi.
Nutqida nuqsonlar bo‘lgan bolalarning markaziy asab tizimida funksional yoki organik chetlanishlar ko‘zga tashlanadi. Miyaning organik zararlanishi sababli issiqda, transportda yurish, arg‘imchoqda ko‘p vaqt tebranish bolaga yomon ta’sir ko‘rsatadi, boshi og‘riydi. Tez charchab qoladi, qattiq ta’sirlanadi, jahli chiqadi. Kayfiyatlari tez o‘zgaradi, serjahl, agressiv, bezovta bo‘ladi. Ularda sustlik va lanjlik kuzatiladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari qoshida logopedik punkt faoliyat yuritadi.
Logopedik punkt vazifalari quyidagilardan iborat:


Vazifalar



O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqlaridagi buzilishlarni tuzatish
Nutqiy buzilishlar natijasida kelib chiqish ehtimoli bo‘lgan ikkilamchi nuqsonlarning oldini olish, nutqidagi buzilishlarni o‘z
vaqtida aniqlash
Pedagog va ota-onalar o‘rtasida korreksion- logopedik bilimlarni
targ‘ib qilish

Logopedik puntk faoliyati o‘quv yili davomida individual va guruhli shaklda yo‘lga qo‘yiladi. Nutqdagi nuqson jiddiy bo‘lsa, bola o‘qitish maxsus ta’lim muassasalarida olib boriladi. Logopedik yordam ko‘rsatish sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy ta’minlash tizimlarida ham amalga oshiriladi. Poliklinikalarda va psixonevrologik dispanserlarda logopedik kabinetlar mavjud bo‘lib, ularda nutqda nuqsoni bo‘lgan bolalarga logopedik yordam ko‘rsatiladi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin