Bola rivojlanishidagi nuqsonlarning turlari. Tadqiqotlarning natijalari rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar sonining oshib borayotganligini ko‘rsatmoqda. Ayni vaqtda ham bola rivojlanishidagi nuqsonlarni turlarga ajratish bo‘yicha yagona qarash mavjud bo‘lmasa-da, ko‘p hollarda ularni quyidagi turlarga ajratish to‘g‘ri deb topilmoqda:
Mualliflar
Nuqsonlarning turlari
M.A.Vlasova, M.S.Pevzner
1. Sensor xislati yetishmaydigan bolalar (eshitish, ko‘rish, nutq qobiliyati, tayanch-harakat apparati, sensomotorik funksiyasi buzilgan). 2. Ruhiy rivojlanishi ortda qolgan bolalar. 3. Astenik yoki reaktiv holatli, tashvishlanishga moyil bolalar. 4. Psixopatik (xulqning hissiy buzilishi) xulqli bolalar. 5. Aqli zaif bolalar (debillik, imbetsillik, idiotiya darajasidagi oligofrenlar). 6. Psixik kasallikning boshlang‘ich ko‘rinishi (shizofreniya, epilepsiya,
isteriya va b.sh.) namoyon bo‘ladigan bolalar
O.N.Usanova g‘oyasiga ko‘ra
1. Organik buzilishlar sababli rivojlanishida chetlanish bo‘lgan bolalar. 2. Funksional yetuk emasligi sababli rivojlanishida kamchilik bo‘lgan bolalar. Psixik deprivatsiyalar asosida
rivojlanishida kamchiliklar bo‘lgan bolalar
V.Raxmanova
1. Intellektual buzilishga ega bolalar (aqli zaif va ruhiy rivojlanishidan ortda qolgan bolalar). 2. Nutqi buzilgan bolalar. 3. Sensorli (ko‘rish va eshitish qobiliyatlari buzilgan) nuqsonlarga ega bolalar. 4. Tayanch-harakatli apparati buzilgan bolalar. 5.
Rivojlanishida kompleks buzilish bo‘lgan bolalar