O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Boshqaruv faoliyatining maqsadi



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə130/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   146
Укув кулланма 2022

Boshqaruv faoliyatining maqsadi ishning umumiy yo‘nalishi, mazmuni, shakli va metodlarini aniqlash. Ta’lim muassasasini boshqarishni rejalashtirish pedagogik tahlil asosida belgilangan dasturiy maqsadga muvofiq qaror qabul qilishdir. Ta’lim muassasasini boshqarish amaliyotida rejalashtirishning quyidagi uchta asosiy shakli qo‘llaniladi: muddatli (perspektiv); yillik; yakuniy.
Qabul qilingan rejalarni amalga oshirish uchun pedagogik faoliyat tarkibiy qismlarini bir-biri bilan aloqada bo‘lishini tashkil etishga e’tibor qaratish lozim. “Tashkil etish” tushunchasi ta’lim muassasasining rahbarlari, o‘qituvchilar, shuningdek, o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari faoliyatiga nisbatan qo‘llaniladi.
Ichki nazorat ham ta’lim muassasasini boshqarishda alohida o‘rin tutadi. Nazoratni tashkil quyidagi tamoyillarga rioya qilish lozim: tizimlilik, obyektivlik, harakatlilik, to‘ldiruvchilik.
Ichki nazoratning turlari, shakllari va metodlarini turkumlashtirish muammoli masala bo‘lib qolmoqda. Shunday bo‘lsa-da, ichki nazoratning quyidagi turlarini ajratilib ko‘rsatish mumkin:
Asosiy: mavzuli, frontal
Qo‘shimcha: alohida, sinf-muloqot, predmetli, mavzuli, majmuaviy (kompleks)
Ta’lim muassasasining boshqaruv organlari. Ta’lim muassasalarida o‘quv- tarbiya jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish, muassasa faoliyati bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish, o‘qituvchi va tarbiyachilarning kasbiy mahorati va ijodkorliklarini o‘stirish maqsadida pedagogik xodimlarni birlashtiruvchi Pedagogik kengash faoliyat ko‘rsatadi.
Pedagogik kengash ta’lim muassasasi hayotiga doir masalalarni hal qilishda muhim o‘rin tutadi. Uning vazifalari quyidagilardir:

  1. Ta’lim muassasasi (umumiy o‘rta ta’lim maktabi, AL, KHK) hujjatlarini muhokamadan o‘tkazish, tasdiqlash va bajarilishini nazorat qilish;

  2. Muassasaning maqsad, vazifalaridan kelib chiqib, uni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash;

  3. Muassasada o‘quv, tarbiya jarayonini tashkil etish, ta’lim samaradorligini oshirishda maqbul shart-sharoitlar yaratishga doir qarorlarni qabul qilish;

  4. Muassasa boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlarni ishlab chiqish;

  5. Pedagogik jamoa faoliyatini tahlil qilish, yakuniy xulosa chiqarish;

  6. Pedagogik jamoa tomonidan o‘z vakolati doirasida meyoriy talablarni ishlab chiqish, tasdiqlash va bajarilishini nazorat qilish

Pedagogik Kengash yig‘ilishlarining qarorlari, hujjatlari ta’lim muassasasi ish yuritish hujjatlari bilan birga saqlanadi. Pedagogik Kengash faoliyati bir qator hujjatlarda o‘z aksini topadi:
Ta’lim muassasasi hujjatlari besh yil davomida muassasada saqlanadi.
Ta’lim muassasasida metodik kengash, metodik birlashmalar ish yuritadi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin