Tizimni tashkil etishni ishlab chiqishi, tadqiqot, loyihalash ishlarini yo‘lga qo‘yib ish tartibini belgilashi, shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yilmasligi.
Amaliy ish bajarishning belgilangan tartibda va tizimga muvofiq bajarilayotganini tekshirish.
Ish meyorining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslikni, qiyinchilik va to‘siqlarni o‘z vaqtida bartaraf etilishini kuzatishi va shu singari boshqa muo‘im ishlarni amalga oshirishi lozim.
Demak, ta’lim muassasasi rahbari ish faoliyatini 4 bosqichga ajratib ko‘rsatish mumkin:
Olingan axborot asosida qaror qabul qilish. Ishning vazifalarini va yo‘nalishlarini belgilash. Ma’lum obyektiv ma’lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish. Yaqin istiqbolli rejalarni belgilash. Ishning mavjud haqiqiy ahvolini belgilash, ularni taqqoslash, imkoniyat darajalarini hisobga olish, variantlarni tanlash, muassasaning rivojlanish yo‘lini belgilash va boshqalar.
Tegishli yangi qarorlarning asosiy g‘oyalarini ularni ijro qiluvchilarga tunutirishi, olingan ma’lumotlarga asosan ishni ko‘rib chiqib, kamchiliklarni tuzatishi, bu vazifalarni amalga oshirishda o‘quv-trabiyaga oid tadbirlarni amalga oshirishi, kadrlar tanlashdan to‘g‘ri folydalanishi va hokazolar.
Ta’lim-tarbiya jarayonining haqiqiy ahvoli to‘g‘risida doimiy ishonchli ma’lumotlar olib turishi, davlat dasturlarini bajarilishini, talablarda yagonalikka erishilishini nazorat qilishi, o‘qituvchilar va butun jamoaning hisobotlarini eshitib borishi va boshqalar.
Favqulodda yuzaga kelgan kamchilik va nuqsonlarni , to‘siqlarni bartaraf etishi, intizomga oid suhbatlar tashkil qilishi, shikoyat va iltimos bilan kelgan ota-onalarni qabul qilishi, muassasani boshqarishning asosiy vazifalaridan chalg‘itmaydigan ishlar va topshiriqlarni bajarishi va hokazolar.
Har o‘quv yilining oxirida pedagoglar jamoasi faoliyati yakunlari muayyan shaklda aniqlanadi va baholanadi. Bu ish bundan keyingi ishlarning tashkil etuvchisi va boshlanishi bo‘lib xizmat qiladi. Pedagog o‘quv yili oxirida qilingan barcha ishlardan olingan natijalarni solishtirib u yoki bu metodlarning qanchalik muhim ekanligiga baho berishi va shu asosda tajriba to‘plashi, o‘z ishini takomillashtirib borishi mumkin.
Yil davomida pedagoglar jamoasida muhokama qilish uchun barcha pedagoglarning bir xildagi tushunishi mumkin bo‘lgan prinsipial masalalarni qo‘yib borish ham yaxshi natija beradi. Jamoa rahbari ma’naviyat-ma’rifat ishlarining kundalik ahvolini, mashg‘ulotlarga, suhbatlarga, majlislarga, turli mavzulardagi yig‘ilishlarga kirish hamda ota-onalar, talabalar, pedagoglar bilan doimiy suhbatlar o‘tkazish orqali o‘rganib boradi va ayrim juz’iy kamchiliklarni yo‘l-yo‘lakay tuzatib boradi.
Shunday qilib, jamoaning rahbari va jamoa a’zolarining faolligisiz, ta’lim-tarbiya berishda samarali natijalarga erishib bo‘lmaydi. Shu sababli ta’lim muassasasi rahbari doimo ularning kuchiga tayangan holda ish yuritishi va ular bilan muntazam ravishda aloqada bo‘lib turishi zarur.
Umuman olganda, rahbar xodimga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatar ekan, G.Salyening quyidagi so‘zlarini yodda tutishi foydadan xoli emas: «Shuni unutmangki, hamma uchun mos andoza yo‘q. Biz, hammamiz – turli toifadamiz va muammolarimiz ham turlicha».
Ta’lim-tarbiya ishlariga yangicha munosabat mustaqillik, ma’naviyat negizi asosida hukumat qarorlarida ta’lim islohatlarida olimlar va ijodkor o‘qituvchilarning izlanishlarida o‘z aksini topmoqda.
Fan yuto‘qlarini va ilgor tajribani o‘qituvchilarning ishga doim singdirib borish jarayoni, o‘qituvchi mexnati samaradorligini oshirish xam pedagogik jarayonni ilmiy asosda tashkil etish xisoblanadi.
Pedagoglarga ilmiy-amaliy konferensiyada chiqib so‘zlash,doklad qilish, gazeta, jurnallar uchun ilmiy maqolalar tayyerlash vazifasi topshiriladi. Agar xar bir o‘qituvchi ijodkor bulsa, seminar-darslar, rolli darslar, amaliy uyinlar, navator o‘qituvchilar bilan uchrashuvlar utkazsa. O‘z ishiga jon-dili bilan yondashsa, uning o‘quvchilari nafaqat darsga, kelajakka kizikishlari, intilishlari ortadi, ongi tiniklashadi. Bu esa pedagogik jarayonning yuksalishiga olib keladi.