O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Maktab – pedagogik tizim va boshqarishning ob’yekti sifatida



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə128/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   146
Укув кулланма 2022

2.Maktab – pedagogik tizim va boshqarishning ob’yekti sifatida. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi boshqaruvning yuqori davlat organlaridan biri hisoblanadi. Xalq ta’limi Vazirlikining mahalliy organlari quyidagilar sanaladi:

  1. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi / viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi.

  2. Shahar xalq ta’limi bo‘limi / shahar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bo‘limi.

  3. Tuman xalq ta’limi bo‘limi / tuman o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bo‘limi.

Xalq ta’limi bo‘limlari, shuningdek, mahalliy hokimlik organlari tasarrufiga kiradi va unga bo‘ysunadi.
Ta’lim muassasasini boshqarishda vazirliklar tasarrufidagi nazorat organlari yordam ko‘rsatadi. Nazorat organlari ta’lim muassasasi faoliyatini o‘rganadi, ta’lim- tarbiya jarayoni natijalarini tahlil qiladi, ilg‘or tajribalarini aniqlaydi, ommalashtirish chora-tadbirlarini belgilaydi, kamchiliklarni aniqlab, bartaraf etish yo‘llarini izlaydi, maktab direktori va o‘qituvchilarga metodik va moddiy yordam ko‘rsatadi.
Ta’lim muassasalarining Nizom va Ustavlari. O‘zRning “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomi 1998 yil 13 mayda qabul qilingan. Nizomda umumiy o‘rta ta’limning maqsadi, vazifalari, umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish, umumiy o‘rta ta’limni boshqarish, mablag‘ bilan ta’minlash, muassasaning moddiy-texnika ta’minoti va xalqaro hamkorlik yoritilgan.
Nizomda umumiy o‘rta ta’lim mazmuni majburiy va qo‘shimcha komponentlar tarzida ochib berilgan. Majburiy komponent DTS bilan belgilanib, unga ko‘ra o‘quvchilar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olish uchun zarur bilimlarni egallashlari lozim.
Qo‘shimcha komponent o‘quvchining ehtiyojlari va qobiliyati, maktabning moddiy-texnika va kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasidan kelib chiqib belgilanadi. Qo‘shimcha o‘quv yuklanmalarining hajmi O‘zR Xalq ta’limi va Sog‘liqni saqlash vazirliklari kelishuviga muvofiq belgilanadi. O‘quvchilarning bilimlari darajasi va ta’lim natijasi DTS talablariga muvofiq nazorat qilinadi. Nazorat joriy, oraliq, yakuniy hamda bosqichli nazorat tarzida amalga oshiriladi.
Maktabga bevosita rahbarlik boshqarishning yuqori organlar tomonidan tayinlanadigan direktor, davlatga qarashli bo‘lmagan ta’lim muassasalarida esa muasssis tomonidan amalga oshiriladi.
Umumiy o‘rta ta’limni tashkil etishda xalqaro hamkorlikka ham tayaniladi. Bu boradagi xalqaro hamkorlik pedagogik axborot, tajriba almashish, pedagog- xodimlarning tajriba o‘rganish va malaka oshirishlarini ta’minlashga oid davlatlar, hukumatlar va idoralararo shartnomalar asosida yo‘lga qo‘yiladi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin