Metodik kengash ta’lim muassasasida ta’lim jarayonining sifatini ta’minlash, o‘qituvchilarning g‘oyaviy-nazariy yetukligi, pedagogik va metodik mahoratlarini takomillashtirishga nazariy-metodik jihatd
Metodik kengash ta’lim muassasasida ta’lim jarayonining sifatini ta’minlash, o‘qituvchilarning g‘oyaviy-nazariy yetukligi, pedagogik va metodik mahoratlarini takomillashtirishga nazariy-metodik jihatdan rahbarlik qiluvchi organ
Metodik kengashning faoliyat doirasi keng bo‘lib, u tomonidan amalga oshiriladigan vazifalar quyidagilardir:
Metodik ta’minot holatini o‘rganish; metodik ishlarini tashkil etish va istiqbolini aniqlash; metbirlashmalar faoliyatiga rahbarlik qilish; meyoriy va metodik hujjatlarni o‘rganish, o‘quv jarayoniga oid tavsiyalar berish; o‘qituvchilar bilim darajasini oshirish, metodik ishlanmalar bilan ta’minlash; o‘qituvchilarga ish rejalarini tuzish bo‘yicha tavsiyalar berish; ilg‘or PTni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; o‘quvchilar bilimini nazorat qilish, mustaqil ishlarini tashkil qilishga oid ko‘rsatmalar berish; ilg‘or o‘qituvchilarni rag‘batlantirishga tavsiya qilish; pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish materiallarini tayyorlash; fan oyligi, haftaligi, fakultativ, to‘garak, fan olimpiadalarining 1-bosqichi, ko‘rik-tanlovlarni o‘tkazish, ularning samarasini nazorat qilib borish.
Ta’lim muassasasida fanlar yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan fanlar turkumlari bo‘yicha Metodika birlashmalarfaoliyat ko‘rsatadi.
Metodika birlashmalar maqsadi o‘qituvchilar metodik, kasbiy mahoratlarini takomillashtirish, o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishning zamonaviy talablari bajarilishini ta’minlashda ko‘maklashish, ijodiy tashabbuslarni uyg‘unlashtirish va ta’lim-tarbiya berishning zamonaviy usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Metodika birlashmalari o‘zida metodika kengashining vazifalarini aks ettiradi. Shu bilan birga quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Fanlar bo‘yicha taqvimiy-mavzuiy rejalarni tasdiqlashga tavsiya etish; oraliq va yakuniy nazoratlar uchun tayyorlangan sinov materiallarini tasdiqlash; ilg‘or ish tajribalarni o‘rganishni tashkil qilish, ommalashtirish; metodik ta’minotga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash; o‘zaro dars kuzatishlarni tashkil qilish, tahlil etish; ochiq darslarni tashkil etish, yosh mutaxassislarga metodik yordam berish; ko‘rgazma va ko‘rsatmali vositalardan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalarni berish; fan xonalarining meyoriy hujjatlar talablari asosida jihozlanishini tashkil etish.
Metodika birlashmasiga Pedagogik kengash qaroriga ko‘ra ijodkor va tajribali o‘qituvchilardan ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i bilan rahbar tayinlanadi.