3.Pedagogikmahoratiningvazifalarivaasosiytarkibiyqismlari. «Pedagogik mahorat», mahoratli o‘qituvchilarni tayyorlashga xizmat qiladi, o‘qituvchilar va tarbiyachilarning kasbiy faoliyati sirlarini, mohirligini o‘rgatuvchi va uni takomillashtirish to‘g‘risida ma’lumotlar berib boruvchi fan bo‘lib, o‘qituvchilarda pedagogik mahoratning mohiyat mazmunini, hozirgi zamon talablari doirasida kasbiy faoliyatini rivojlantirishning yo‘llarini, vositalarini, shakllarini o‘rganadi.
O‘qituvchining pedagogik faoliyati tarkibiy qismlari:
Pedagogik faoliyatning maqsadi.
Pedagogik faoliyatning obyekti va subyekti. Pedagogik faoliyatning vositasi.
Mazkur fanning mazmunidan kasbga doir topshiriq va vazifalarni echish uchun o‘quv – tarbiya jarayonini boshqarish, unga rahbarlik qilishda pedagogik–psixologik ta’limot nuqtai – nazaridan yondashish, ta’lim – tarbiyani milliy an’analarimiz ruhida zamonaviy metodlar asosida modellashtirish, o‘quv – tarbiyaviy jarayonda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish uchun o‘qituvchi mahoratining zarurligi haqidagi ma’lumotlar va ularni takomillashtirish tizimlari o‘rin olgan. Bu maqsad bo‘lajak o‘qituvchilarning quyidagi vazifalarni muntazam bajarib borishlariorqali amalga oshiriladi: Bo‘lajak o‘qituvchilar pedagogik mahoratning nazariy va metodologik asoslari bilan qurollantiriladilar.
Pedagogik mahorat fanining pedagogik texnika, pedagogik hamkorlik (muloqot), pedagogik nazokat, pedagogik qobiliyat, tarbiyachilik mahorati, ta’lim jarayonini boshqarish, nutq madaniyati, tarbiya texnologiyasi, pedagogik ijodkorlik, refleksiya kabi tarkibiy qismlari to‘g‘risidagi bilimlar tizimini egallaydilar.
Bo‘lajak o‘qituvchilar milliy urf–odat va an’analarimizda va O‘rta Osiyo mutafakkirlarining boy ijodiy meroslarida aks etgan pedagogik mahorat sirlarini mustaqil egallashga nisbatan o‘zlarida ehtiyoj va havasni rivojlantirib boradilar.
Egallangan pedagogik–psixologik va metodik bilimlar, ko‘nikma va malakalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida har bir bo‘lajak o‘qituvchi o‘zining Shaxsiy pedagogik mahoratini shakllantiradi.
O‘quv–tarbiyaviy jarayonni jahon andozalariga xos so‘nggi zamonaviy metod va shakllar asosida tashkil etish va boshqarishni amalga oshirishning nazariy va amaliy asoslarini muntazam o‘zlashtiradilar.
O‘qituvchilar o‘z kasbiy mahoratlarini takomillashtirishlari uchun Shaxsiy– ijodiy malaka oshirishning shakl, usul va vositalarini egallaydilar.
Tarbiyachi mahoratining mohiyati, funksiyasi, tuzilishi to‘g‘risida o‘qituvchilar uzluksiz ma’lumotlarni o‘rganib boradilar.
Yuksak zamonaviy axborot texnologiyalari va portal tizimidan erkin foydalanish asosida o‘z kasbiy mahoratlarini shakllantiradilar.
O‘qituvchining pedagogik mahoratini uzluksiz takomillashtirib borish naqadar muhim va davr talabi ekanligi ta’kidlanmoqda. Shunday ekan, “Pedagogik mahorat” ning vazifalarini “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari belgilab beradi. Uning vazifalari quyidagilardan iborat:
ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan yangilanish va islohotlarni insonparvarlik va demokratik tamoyillarga moslab olib borish;
ta’lim mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda boyitib borishni ta’minlash;
bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy jihatdan dunyoqarashini rivojlantirishda milliy urf–odat va an’analarimizdan, boy adabiy merosimizdan samarali foydalanishning tezkor metod va usullarini ishlab chiqish va joriy etish;
ta’lim va tarbiya jarayonini kelgusida o‘qituvchilardan talab qiladigan darajada sifatini va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlash uchun normativ hujjatlar, o‘quv–uslubiy adabiyotlar, moddiy–texnika va axborot bazasi bilan boyitib borish;
bo‘lajak o‘qituvchilarning yuksak kasbiy tayyorgarlik darajasi, malakasi, bilimi, madaniy va ma’naviy–axloqiy saviyasining sifatini zamon talablariga javob beradigan darajada oshirib borish;
bo‘lajak o‘qituvchilarni yuqori malakali kadrlar tayyorlash bilan pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‘tarishga o‘rgatish.
Buyuk nemis pedagogi Adolf Disterverg o‘qituvchining doimiy ravishda fanlarni mutolaa qilish bilan shug‘ullanishi haqida gapirib, shunday degan edi: “O‘qituvchi muntazam ravishda fan bilan shug‘ullanmog‘i lozim. Aks holda u qurigan daraxt va toshga o‘xshab qoladi. Qurigan daraxt va tosh meva bera olmaganidek, kelajakda bunday o‘qituvchidan hech qanday natija kutib bo‘lmaydi”.
O‘qituvchi pedagogik mahoratning tarkibiy qismlarini bilishi, uning cheksiz im- koniyatlaridan foydalanishi lozim. Quyida keltirilayotgan pedagogik mahorat fanining asosiy tarkibiy qismlari milliy an’ana va urf-odatlarimizdan kelib chiqib, hozirgi global rivojlanish davrida yanada to‘ldirilib borilishi mumkin.