O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə140/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   146
Укув кулланма 2022

Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari:


Nutq malakasi va texnikasini mukammal o‘zlashtirish.
Tushunarli, ta’sirchan fikr va his-tuyg‘ularni so‘zda aniq ifodalash. Mimik va pantomimik harakatlardan o‘z o‘rnida foydalanish.
Ma’noli va ochiq chehrali nigoh bilan qarash.
Hissiy psixik va tasodifiy holatlarda o‘z his-tuyg‘ularini jilovlay olish. Turli vaziyatlarda tarbiyachiga xos bo‘lgan ijodiy kayfiyatni bosh qarish. Kulgi va tabassumda samimiylikni e’tirof etish.
O‘quvchilar bilan doimo yaxshi kayfiyat va rag‘batlantiruvchi munosabatda bo‘lish.
Savodli va sof adabiy tilda so‘zlash.
Aniq imo-ishoralarni o‘z o‘rnida ishlata olish. Ijodiy pedagogik qobiliyatini qo‘llay bilish.
Yuksak zamonaviy axborot texnologiyalari va portal tizimidan erkin foydalana olish.
Muomala odobiga doimo rioya qilish.
Pedagogik mahorat – yuksak pedagogik tafakkur, ta’lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy yondashuv, metodik bilimlarni samarali qo‘llay olish qobiliyati bo‘lib, u doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib borish, o‘tmish qadriyatlari, O‘rta Osiyo mutafakkirlari ijodiy merosida yoritilgan murabbiylarni tayyorlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda zamonaviy axborot texnologiyalari, portal yangiliklaridan xabardor bo‘lish, ilg‘or xorijiy davlatlarning o‘qituvchilar tayyorlash texnologiyalarini nazariy jihatdan o‘rganish jarayonida tarkib topadi.
“Ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko‘tarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, kelajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadida: “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturni hayotga tatbiq etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb hisoblansin” deyiladi “Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga etkazish” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 6 oktabrda qabul qilingan farmonida. Barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar samarasi yangicha fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan yuksak malakali kadrlarga bog‘liq. Kadrlarni tayyorlash esa avvalo o‘qituvchi-murabbiylar zimmasiga yuklatilgan.
O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘yilmoqda. Chunonchi, bu borada O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etgan: «Tarbiyachi – ustoz bo‘lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o‘stirishi, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib etishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o‘zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak».
Hozirgi zamon o‘qituvchisi o‘z mutaxassisligiga oid bilimlar bilan birga, pedagogik va psixologik bilimlarni, hamda turli fan yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus bilimlarga ega bo‘lgan, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarni egallagan, ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxsdir. Ushbu nuqtai nazardan hozirgi kunda quyidagi burch va mas’uliyatlar o‘qituvchilardan talab qilinadi:

  1. O‘qituvchi eng avvalo mas’uliyatni his etuvchi tarbiyachi, tajribali notiq, madaniyat va ma’rifat targ‘ibotchisidir.

  2. O‘qituvchi tabiatan o‘quvchilarni seva olishi, o‘z mehrini, his-tuyg‘ularini har lahzada o‘quvchilar ichki dunyosi bilan bog‘lay olishi, ularning ham mehriga, hurmatiga sazovor bo‘lishi kerak.

  3. O‘qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi va ularga xolisona baho berib, bu borada o‘quvchilarga to‘g‘ri, asosli ma’lumotlarni doimiy bera olishi lozim.

  4. Zamonaviy o‘qituvchining ilm-fan, texnika va axborot-kommunikatsion texnologiyalari yangiliklaridan va yutuqlaridan xabardor bo‘lib borishi talab etiladi.

  5. O‘qituvchi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur va puxta bilimga ega bo‘lishi, barcha fanlar integratsiyasini o‘zlashtirib borishi, bunda o‘z ustida tinimsiz ilmiy izlanishlar olib borishi.

  6. O‘qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilishi, o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim-tarbiya faoliyatini tashkil etishi kerak.

  7. O‘qituvchi kasbiy pedagogik faoliyatida ta’lim va tarbiyaning eng samarali zamonaviy shakl, metod va vositalaridan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘lmog‘i lozim.

  8. O‘qituvchi ijodkor, ta’lim-tarbiyaviy faoliyat tashabbuskori va yosh avlod kelajagi uchun javobgar shaxsdir.

  9. O‘qituvchi kasbiy faoliyati jarayonida yuksak darajadagi pedagogik mahorat, kommunikativ layoqati, pedagogik texnika (nutq, yuz, qo‘l-oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, takt) qoidalarini chuqur o‘zlashtirib borishi shart.

  10. O‘qituvchi nutq madaniyatiga ega bo‘lishi zarur, uning nutqi quyidagi xususiyatlarni o‘zida aks ettirishi kerak: turli sheva so‘zlardan holi bo‘lib, faqat adabiy tilda ifoda etilishi; o‘qituvchining nutqi sodda, ravon va tushunarli bo‘lishi; hikmatli so‘zlar, ibora va maqollar, matallar hamda ko‘chirma gaplardan o‘rinli foydalana olishi lozim.

  11. O‘qituvchining kiyinish madaniyati o‘ziga xos bo‘lishi, ya’ni sodda, ozoda, bejirim kiyinishi, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchining diqqatini tez jalb etuvchi turli xil bezaklar (oltin, kumush taqinchoqlar)dan foydalanmasligi, fasl, yosh, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto, soch rangi va turmagiga muvofiq ravishda kiyinishi talab etiladi.

  12. O‘qituvchi ta’lim muassasasida sinf jamoasining asosiy tashkilotchisi va ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning eng faol ishtirokchisidir.

  13. O‘qituvchi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi ekanligini unutmasligi shart.

  14. O‘qituvchi eng avvalo, mulohazali, bosiq, har qanday pedagogik vaziyatni to‘g‘ri baholay oladigan hamda mustaqil ravishda mavjud ziddiyatlarni bartaraf etishning uddasidan chiqa olishi kerak.

Hozirgi sharoitda zamonaviy maktab o‘qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O‘qituvchi avvalo sinfdagi tarbiyaviy jarayonning tashkilotchisidir. O‘qituvchi tarbiyachi sifatida quyidagi talablarni bilishi lozim:
shaxsni ma’naviy va ma’rifiy jihatdan tarbiyalashda milliy uyg‘onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o‘z Vataniga, tabiatga va oilasiga bo‘lgan muxabbatni shakllantirishi;
kasbiy bilimlarni puxta bilish bilan birga, turli bilimlardan xabardor bo‘lishi;
yosh pedagogik psixologiya, pedagogika va psixologiya, yoshlar fiziologiyasi, tarbiyaviy ish metodikasi, maktab gigiyenasidan o‘z kasbiga oid bilimlarni mukammal bilishi;
o‘z kasbi bo‘yicha jahon fanida erishilayotgan so‘nggi yutuqlar, tarbiya texnologiyasi, kompyuter va axborot texnologiyalari, yangiliklaridan doimiy xabardor bo‘lib borishi;
ta’lim-tarbiya metodikasidan ko‘nikma va malakalarini oshirib borishi; o‘z kasbiga ijodiy yondashishi;
pedagogik texnika (mantiq, nutq ta’limining ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bo‘lishi;
o‘z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi.
O‘quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy faoliyatda, ma’lum maqsadga erishmoq uchun o‘qituvchilar bolalarni hamkorlik jarayoniga tortishi zarur. O‘qituvchi o‘quvchilarni o‘zi bilan hamkorlik qilishga jalb eta olishda quyidagi vazifalarni bajaradi:
hamkorlik vujudga kelishi uchun jamoada tashkil etilishi lozim bo‘lgan faoliyat o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lishi, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga va qiziqishlariga to‘g‘ri kelishi lozim;
o‘qituvchi o‘quvchilarga pedagogik va psixologik jihatdan to‘g‘ri vazifa qo‘yishi, yo‘l yo‘riq ko‘rsatishi shart;
o‘quvchilar topshiriqni amalga oshirishga kirishganlarida o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida ham ishtirokchi, ham maslahatchi vazifasini bajaradi.
Ijodiy faoliyat olib boruvchi o‘qituvchi faqatgina bolalarni muvaffaqiyatli o‘qitish va tarbiyalash, ilg‘or o‘qituvchilar ish tajribalarini o‘rganish bilangina cheklanib kolmasdan, tadqiqotchilik ko‘nikma va malakalariga ham ega bo‘lishi zarur.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin