Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy (973 - 1048) Sharq Uyg‘onish davrining qomusiy olimlaridan biri, tarbiyashunos olim, umumjahon tabiiy- ilmiy va ijtimoiy fanlar rivojiga ulkan ta’sir ko‘rsatgan buyuk aql zakovat sohibi bolalarni maktabda o‘qitish va tarbiyalash jarayonida dunyoviy fanlarni bir-biri bilan bog‘lab turli mavzularda mulohazalar yuritishni ta’kidlab: “Bizning maqsadimiz o‘quvchilarni toliqtirib qo‘ymaslikdir, bir mavzuni qayta-qayta takrorlab o‘qib berish o‘quvchini zeriktiradi, xotirasini susaytiradi. Agar o‘quvchi bir mavzudan boshqa bir yangi mavzuga o‘tib tursa, u xuddi turli-tuman bog‘larda sayr qilgandek bo‘ladi, bir bog‘dan o‘tar-o‘tmas, boshqa bir bog‘ boshlanadi. Bola ularning hammasini ko‘rgisiva tomosha qilgisi keladi. Har bir yangi narsa bolaga rohat bag‘ishlaydi, deb behuda aytilmagan”,– deydi.
Abu Ali ibn Sino (980-1037) o‘z asarlarida inson kamolotida uch narsa – irsiyat, muhit, tarbiya muhim rol o‘ynashini ta’kidlab, bunda mudarrislar bolalarga ta’lim
berishdek mas’uliyatli burchni bajarib, shu uch holatga javobgarlik hissi bilan yondashishini uqtiradi va mudarrislarga faoliyatda muvaffaqiyatga erishish garovi bo‘lgan quyidagi tavsiyalarni beradi:
Bolalar bilan muomalada bosiq va jiddiy bo‘lish.
Berilayotgan bilimning o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishiga e’tiborni qaratish. Ta’limda turli shakl va metodlardan foydalanish.
O‘quvchining xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, Shaxsiy xususiyatlarini nazorat qilish.
Bolalarni fanga qiziqtira olish.
Berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olish.
Bilimlarni o‘quvchilarning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda tushunarli olib borish.
Har bir so‘zning bolalar hissiyotini uyg‘otish darajasida bo‘lishiga erishish.
UnsurulMaoliyKaykovusning (milodiy 1021 – 1022 yillarda tug‘ilgan)
«Qobusnoma» asarida har bir yoshni aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiyasida turmush tajribasi muhim ahamiyat kasb etishini aytadi. Bolalarni faqat yaxshi mudarris tarbiyani hayot bilan bog‘lagan holda kamolotga etkazish mumkin deb, uning yo‘llarini va usullarini bayon etgan. Kitobda javonmardlar egallashi zarur bo‘lgan quyidagi yo‘nalishlarda ta’lim-tarbiya berish nazariyasi ko‘zda tutilgan:
Kaykovus bilim haqida.
Hunar va turli kasb egalari haqida.
Turmush va xulq-odob qoidalari haqida.
Jismoniy yetuklik haqida.
Kaykovus mudarrislarning axloqli ekanligini birinchi belgisi, uning suxandonligida deb biladi va “Hamma qobiliyatlardan eng yaxshisi nutq qobiliyatidir” deydi. Suhandonni shogirdlarga notiqlikda rost so‘zlash kerakligini ta’kidlaydi.