Korxona daromadlarini maksimallashtirish. Reja: Tadbirkorlik faoliyatinig asoslari Tadbirkorlikning tashkiliy shakllari Korxona xarajatlari va ularning turlari



Yüklə 45,42 Kb.
səhifə1/5
tarix24.03.2023
ölçüsü45,42 Kb.
#89703
  1   2   3   4   5
FOYDANI MAKSIMALLASHTIRISH


Aim.uz

Korxona daromadlarini maksimallashtirish.


Reja:
Tadbirkorlik faoliyatinig asoslari
Tadbirkorlikning tashkiliy shakllari
Korxona xarajatlari va ularning turlari
Korxona daromadining qisqa muddatli xarajatlari
Mahsulot tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari


Tadbirkorlik faoliyatinig asoslari
Tadbirkorlik – ishlab chiqarish jarayonida uning omillari: yer, mehnat, kapitalni birlashtiruvchi, bilim va tashabbuskorlik va tavakkalchilik asosida daromadli ishlab chiqarishni tashkil etishni nazarda tutuvchi ishlab chiqarishning maxsus omili.
Tadbirkorlikka quyidagilar xos: Faoliyatning usul va yo‘nalishlarini tanlashdagi iqtisodiy erkinlik; faoliyat yakuniga ko‘ra o‘z mulki bo‘yicha to‘liq moddiy javobgarlik; foyda – yuqori foyda olishni mo‘ljallash.
Tadbirkorlikning xususiyatlari: Tadbirkorlik ob’ektlarikorxona (firma), daromadli ish. Tadbirkorlik subyektlari tadbirkor, ishlab chiqarish omillari mulkdorlari, menejerlar (boshqaruvchilar), aksionerlar, tovarlarni yetkazib beruvchilar (xaridorlar), davlat, kasaba uyushmalari.Bozor iqtisodiyotining asosiy subyektlaridan biri firma hisoblanadi. Firma deganda, mustaqil xo‘jalik yuritadigan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiy subyekt tushuniladi. Mustaqil xo‘jalik faoliyati yuritadi deganda, qanday mahsulotlar ishlab chiqarish, qancha ishlab chiqarish, qaerda, kimga, qancha narxda sotish bo‘yicha firmaning mustaqil qaror qabul qilishi tushuniladi.
Firma (korxona) - bu ishlab chiarish resurslari egalarining qarorlarini va manfaatlarini muvofiqlashtiruvchi institusional tuzilma hisoblanadi.
Tadbirkorlikning tashkiliy shakllari
Tadbirkorlik firmalarining asosiy tashkiliy shakllari: xususiy tadbirkorlik firmasi, mas’uliyati cheklangan va cheklanmagan jamiyatlar, korporatsiya (ochiq va yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlari).Xususiy tadbirkorlik firmasi - bu firmaning egasi ishni mustaqil, o‘z manfaatidan kelib chiqib olib boradi, u tavakkalchilikni o‘z zimmasiga oladi, firmaning barcha majburiyatlari bo‘yicha to‘liq javobgarlikni bo‘yniga oladi (ya’ni, mas’uliyati cheklanmagan jamiyat hisoblanadi), qolgan daromadni o‘zi o‘zlashtiradi.Mas’uliyati cheklanmagan jamiyat - firmani birgalikda tashkil qilib, birgalikda egalik qiluvchi va boshqaruvchi shaxslar guruhi bo‘lib, ular firmaning barcha majburiyatlari bo‘yicha to‘liq javobgarlikni cheklanmagan ravishda o‘zlarining zimmalariga oladilar.Mas’uliyati cheklangan jamiyatda firma egalari firmaning majburiyatlari bo‘yicha javobgarlikni Nizom fondiga qo‘shgan ulushi doirasida zimmasiga oladi, xolos.Korporatsiya - paychilikka asoslangan jamiyat bo‘lib, har bir mulk egasining mas’uliyati ushbu korxonaga qo‘shgan hissasi bilan cheklangan. Korxona aksiyalarini sotib olgan shaxslar korxona mulki egalariga aylanadilar. Korporatsiya faoliyatini aksionerlar majlisi nazorat qiladi. Aksiyadorlar o‘z aksiyalariga daromad (dividend) oladilar. Korporatsiya kreditorlari o‘z talablarini aksiyadorlarga emas, korporatsiyaga qo‘yadilar.Aksionerlik jamiyati ochiq turda bo‘lsa, korxona aksiyalari ochiq bozorda, ya’ni fond birjalarida erkin sotiladi. Aksiyadorlarga kor­po­ratsiya yoqmasa, ular o‘z aksiyalarini ochiq bozorda sotib korxona bilan aloqasini umuman uzishi mumkin.Foyda olmaydigan tashkilotlar. Bozor sharoitida bunday turdagi tashkilotlarga foyda olish maqsadida harakat qilmaydigan kasaba uyushmalari, klublar, machitlar, kasalxona, kollejlar, xayriya jamiyatlari va boshqalar kiradi.
Kooperativlar. Kooperativlar o‘z a’zolarining resurslarini foyda olish maqsadida birlashtirish asosida vujudga keladi.

Yüklə 45,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin