O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Tarbiya jarayonining natijasi



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə36/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   146
Укув кулланма 2022

Tarbiya jarayonining natijasi. Tarbiyaning natijasi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tarbiyalashdir. Bu jarayon ikki tomonlama bo‘lib, uyushtirish va rahbarlik, shuningdek, o‘quvchi shaxsining o‘zi tomonidan faollik ko‘rsatilishini taqozo etadi. Bu jarayonda pedagog yetakchi rol o‘ynaydi. U ijtimoiy tarbiyaning umumiy maqsadini tushunadi, unga erishish yo‘lida amalga oshiriladigan vazifalar tizimidan xabardor, tarbiya shakl, metod, vositalarini to‘g‘ri tanlay oladi va tarbiya jarayoniga tadbiq etadi.
Tarbiya jarayonida uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning o‘zini-o‘zi tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim o‘rin tutadi. Tarbiya mazmuni ijtimoiy tuzum buyurtmasi asosida belgilanib, uning amalga oshishi uchun ma’lum shart- sharoitlarning mavjudligi talab etiladi:



O‘z-o‘zini tarbiyalash
Tarbiya
O‘z-o‘zini qayta tarbiyalash


Ijtimoiy buyurtma
Maqsad, shakl, metodlar, faoliyatni tashkil etish, uni boshqarish
Pedagogik shart- sharoitlar



Tarbiya jarayonining umumiy mohiyati


Tarbiya jarayonining o‘ziga xosligi. Ijtimoiy tarbiya maqsadi hamda vazifalarini amalga oshirish uchun tarbiya jarayonining o‘ziga xosligini anglab olish muhimdir. Tarbiya jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Uning eng muhim xususiyati aniq maqsadga yo‘naltirilganligidir.

Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi muayyan maqsadga erishishga qaratilgan samarali hamkorlik demakdir. Zero, tarbiya jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi. Yagona maqsadga erishish yo‘li zamonaviy tarbiya jarayonining maqsadini tavsiflaydi.
Tarbiya jarayoni ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, unda tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashkil (subyektiv va obyektiv) omillar ko‘zga tashlanadi. Subyektiv omillar shaxsning ichiki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlari mazmunini anglashga yordam bersa, obyektiv omillar shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarni ijobiy hal etish uchun sharoit yaratadi. Tarbiya faoliyatining mazmuni, yo‘nalishi va shakli obektiv sharoitlar bilan qanchalik mutanosib kelsa, shaxsni shakllantirish borasida shunday muvaffaqiyatga erishiladi. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va boshqarilishida nafaqat o‘qituvchi faoliyati, balki o‘quvchining yosh va psixologik shaxsiy xususiyatlari, o‘y-fikrlari, hayotiy qarashlari hami muhim o‘rin tutadi.
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning uzoq muddat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez sur’atda yoki yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. O‘zida insoniy sifatlarni namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Shaxsning muayyan vaqtning o‘zida, turli-tuman qarashlar mavjud sharoitda harakat qilishi tarbiya jarayonini murakkablashtiradi. Ta’lim muassasalarida olib borilayotgan tarbiya shaxs ongi, dunyoqarashini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Binobarin, yoshlik yillarida insonning asab tizimi yuqori darajada ta’sirchan hamda beqaror bo‘ladi. Shu bois tarbiya muvaffaqiyati ayni o‘quvchilik yillarida shaxsga to‘g‘ri tarbiya berish lozimligini talab etadi.
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning uzluksizligi sanaladi. Ta’lim muassasasida olib borilayotgan tarbiya jarayoni bu – o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir. O‘quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo‘naltirilgan, bir-birini to‘ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi faoliyat alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois oila, ta’lim muassasalari, jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarning uzluksiz o‘tkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir.
Bolani tarbiyalashda maktab yetakchi o‘rin egallasa ham, bolalarga uzluksiz tarbiyaviy ta’sir o‘tkaza olmaydi, chunki, bolalar ma’lum muddatgina ta’lim muassasasida, o‘qituvchining tarbiyaviy ta’siri ostida bo‘lib, qolgan vaqtining asosiy qismini oilada, ko‘chada, jamoat orasida o‘tkazadilar. Kuzgi, qishki, bahorgi va ayniqsa, yozgi ta’tillar davrida o‘quvchilar ta’lim muassasasi o‘qituvchisi ta’siridan chetda qoladilar. Demak, ta’lim muassasasida bolalarni tarbiyalash vaqt jihatidan chegaralangan bo‘lib, sinfdan va maktabdan tashqarida amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlardan holi vaqtda ular o‘qituvchi yoki tarbiyachining ta’siri hamda nazoratida uzoqlashadilar.
O‘quvchilarga nisbatan ta’lim muassasasining ta’sirini susaytirmaslik maqsadida sinfdan, maktabdan tashqarida va ta’til davrida ham tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga alohida e’tibor beriladi. Ana shu maqsadda bir qator tarbiyaviy ishlar olib boriladi.
Ayni vaqtida respublikada o‘quvchilarning ta’lim muassasalaridan uzoqlashtirmaslik maqsadida qo‘shimcha ta’lim muassasalari faoliyat olib bormoqda. Qo‘shimcha ta’lim muassasalarida o‘quvchilar xususiy fanlar hamda xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirishlari, texnik va badiiy yo‘nalishlar bo‘yicha bilim olishlari, amaliy faoliyat ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishlari mumkin. Qo‘shimcha ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan tarli yo‘nalish va mavzulardagi uchravshuvlar, ko‘rgazmalar, ko‘riklar, suhbatlar o‘quvchilarning tafakkurini boyitishda, ularda mustahkam xaraktar va irodani tarkib toptirishda muhim o‘rin tutmoqda.
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati – bu uning yaxlit holda tizimli tashkil etilishidir. Yaxlitlik shundan iboratki, tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni va metodlarini birligi shaxsni shakllantirish g‘oyasini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Shaxs ma’naviy-axloqiy sifatlarni ketma-ket emas, balki yaxlit o‘zlashtirib boradi, shu bois pedagogik ta’sir yaxlitlik, tizimlilik kasb etadi.
Tarbiya jarayonining yaxlitlik, tizimlilik xususiyati bir qator muhim pedagogik talablarga amal qilish, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni qaror toptirishni talab etadi.
Tarbiyaning yana bir xususiyati shundan iboratki, bu jarayon ikki tomonlama aloqa xususiyatiga ega bo‘lib, unda bolaning o‘zi ham faol ishtirok etadi.
Ikki tomonlama aloqa ikki yo‘nalishda, ya’ni, o‘qituvchining o‘quvchiga ko‘rsatadigan ta’siri (to‘g‘ri aloqa) hamda o‘quvchining o‘qituvchiga nisbatan munosabati (teskari aloqa) tarzida tashkil etiladi.
Tarbiyaning pedagogik texnologiya nazariyasi g‘oyasiga muvofiq, endilikda o‘quvchi tarbiya jarayonining obyektigina bo‘lib qolmasdan, subyekti sifatida ham faoliyat ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘qituvchi o‘quvchining ichki imkoniyatlari, unga nisbatan bo‘layotgan tashqi ta’sirlar va axborot manbalarini inobatga olishi zarur. Agarda mazkur talab unutilsa, shaxsni tarbiyalash qiyinlashadi yoki barcha urinishlr samarasiz yakun topadi. Mana shundan tarbiya jarayonining yana bir xususiyati – tarbiyada qarama-qarshilikning mavjudligi kelib chiqadi. Qaram-qarshiliklar o‘quvchilarga o‘z tushunchalariga muvofiq paydo bo‘lgan dastlabki sifatlar o‘rtasida yoki o‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar bilan ularni bajarish imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatlarning kelib chiqishi uchun zamin yaratadi.
Undan tashqari bu qarama-qarshiliklar ko‘pincha bolaning ongi bilan xulqi bir- biriga muvofiq bo‘lmasligidan, o‘qituvchi va tarbiyachilarning o‘quvchilar yosh, psixologik, fiziologik xususiyatlari (fe’l-atvori, xarakteri, qiziqishlari, jismoniy, ruhiy hamda fiziologik jihatdan sog‘lomligi)ni yaxshi bilmasliklari oqibatida kelib chiqadi.
Demak, tarbiya muayyan, aniq maqsad va ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori, dunyoqarashini tarkib toptirish
jarayonidir. Ijtimoiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish jarayonida bir qator vazifalar hal etiladi. Tarbiyaning maqsad va vazifalari ijtimoiy tuzum mohiyati, taraqqiyot darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, fuqarolarning dunyoqarashi, intilishlarida belgilanadi. Tarbiya jarayonining xususiyatlarini chuqur anglash, tarbiyani tashkil etishda ularni inobatga olish ma’lum pedagogik vazifalarni ijobiy hal etish imkonini beradi.
Ijtimoiy tarbiyaning asosiy vazifalari. Ijtimoiy tarbiyani tashkil etish jarayonida bir qator vazifalar hal etiladi. Vazifalar ijtimoiy tarbiya maqsadidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda yosh avlodni mustaxkam tarbiya topishida quyidagi vazifalar hal etilishi muhim masala sifatida belgilab qo’yilgan:

  1. yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ularda keng dunyoqarashni tarkib toptirish, o‘z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, reja va amal birligi hissini uyg‘otish;

  2. o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar mohiyatidan ogoh etish, chuqur bilim va tafakkurga ega yoshlarni tarbiyalash, ularning ongini boyitish;

  3. umuminsoniy axloq meyorlari (odamiylik, kamtarlik, o‘zaro yordam, mehr- muhabbat, muruvvat, alodatni yoqlash, insonparvarlik, axloqsizlikka nisbatan nafrat va hokazolar)ning mohiyatini anglash, o‘quvchilarda muomala odobi, yuksak madaniyatni qaror toptirishga erishish;

  4. o‘quvchilarda huquqiy va axloqiy meyorlarga hurmat ruhida yondashish hissi va fuqarolik tuyg‘usi, ijtimoiy burchga mas’ullikni qaror toptirish;

  5. tabiatni muhofaza qilish, ekologik muvozanatni yuzaga keltirish borasidagi mas’uliyatni tarkib toptirish;

  6. vatanparvarlik va baynalminallik tuyg‘usini shakllantirish, o‘zga millat va xalqlarni hurmat qilish, ularning huquq va burchlarini kamsitmaslik tuyg‘usini qaror toptirish;

  7. mustaqil davlat – O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga to‘g‘ri va xolisona baho berishga o‘rganish;

  8. insonni oliy qadriyat sifatida qadrlash, uning sha’ni, or-nomusi, qadr-qimmati, huquq va burchlarini hurmat qilishga o‘rgatish va boshqalar.

Respublikada olib borilayotgan ijtimoiy tarbiyaning umumiy vazifalari ana shulardan iborat. Shu bilan birga ijtimoiy tarbiya yo‘nalishlari – axloqiy, aqliy, jismoniy, ekologik, iqtisodiy, huquqiy va siyosiy tarbiyaning xususiy maqsadidan kelib chiqqan holda bir qator vazifalar amalga oshiriladi. Chunonchi,

  1. axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida o‘quvchilarni ijtimoiy-axloqiy meyorlar mazmunidan xabardor etish, ularga axloqiy meyorlarning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini tushuntirish, ularda ijtimoiy-axloqiy meyorlar (talab va ta’qiqlar)ga nisbatan hurmat hissini qaror toptirish asosida axloqiy ong va madaniyatni shakllantirish;

  2. aqliy tarbiyani yo‘lga qo‘yish chog‘ida o‘quvchilarni ilm-fan, texnika va texnologiya sohasida erishilayotgan yutuqlar, yangilik va kashfiyotlardan boxabar etish,

ularga ijtimoiy va tabiiy fanlar bo‘yicha bilimlarni berish orqali tafakkur va dunyoqarashni rivojlantirish;

  1. jismoniy tarbiyani tashkil etish jarayonida o‘quvchilarni o‘z sog‘liqlarini saqlash va mustahkamlash, organizmni chiniqtirish, jismoniy jihatdan to‘g‘ri rivojlanishi hamda uning ishchanlik qobiliyatini oshirish borasida g‘amxo‘rlik qilish tuyg‘usini yuzaga keltirish, ularda yangi harakat to‘rlari borasida ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, ularni maxsus bilimlar bilan qurollantirish, o‘quvchilarning yoshi, jinsiga muvofiq keladigan (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, sabot, mehnat, chidam, iroda, xarakterni qaror toptirish) jismoniy sifatlarni rivojlantirish, shaxsiy gigiyenani saqlashga nisbatan ongli munosabatlarni tarbiyalash;

  2. estetik tarbiyani olib borish jarayonida o‘quvchilarda estetik his-tuyg‘u, estetik didni tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyatlari, estetik ehtiyojlari va go‘zallikni sevish, go‘zallikka intilish tuyg‘ularini rivojlantirish, estetik madaniyatni shakllantirish;

  3. ekologik tarbiyani olib borish chog‘ida o‘quvchilarga ekologik bilimlar berish asosida shaxs, jamiyat va tabiat birligi hamda aloqadorligini o‘quvchilarga tushuntirish, ularda ekotizimning inson, insoniyat, jamiyat taraqqiyotidagi muhim o‘rni va mohiyati borasidagi tushunchalarni qaror toptirish, tabiatga nisbatan ehtiyotkorona va mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish, tabiatni asrash to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish tuyg‘ularni qaror toptirish, ekologik madaniyatni shakllantirish;

  4. iqtisodiy tarbiyani tashkil etish jarayonida o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish asosida mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, bozor infrastrukturasi qoidalariga amal qilish, ichki bozorni to‘ldirish, kichik va o‘rta biznesni yaratish borasidagi faoliyat jarayonida ishtirok etish ko‘nikma, malakalarini hosil qilish, inson mehnati bilan yaratilgan moddiy boylikni asrash, ularni ko‘paytirish borasida qayg‘urish tuyg‘ularini qaror toptirish, iqtisodiy madaniyatni shakllantirish;

  5. huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida o‘quvchilarga davlat Konstitutsiyasi, davlat haqidagi ta’limot, fuqarolik, oila, mehnat, xo‘jalik, ma’muriy nafaqa, sud ishlarini yuritish va boshqarishga oid huquqlar mohiyatini tushuntirish, ularda ijtimoiy- huquqiy me’yorlarning shaxs va jamiyat hayotidagi ahamiyatiga oid tushunchani hosil qilish, huquqiy munosabatlar borasida tasavvurga ega bo‘lishlarini ta’minlash, huquqiy ong hamda huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, huquqiy madaniyatni shaklllantirish;

  6. fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonida o‘quvchilarga siyosiy bilimlarni berish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, fuqarolik jamiyati asoslari, milliy davlat tuzilishi, davlat organlari faoliyati, shuningdek, respublikaning ichki va tashqi siyosati mazmunini o‘rganishni ta’minlash asosida o‘quvchilarda siyosiy faoliyat ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish, siyosiy madaniyatni shakllantirish va hokazolar.


Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin