O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Tarbiya jarayonining qonuniyatlari va prinsiplari



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə37/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   146
Укув кулланма 2022

2. Tarbiya jarayonining qonuniyatlari va prinsiplari. Tarbiya jarayoni ijtimoiy hodisa sifatida quyidagi qonuniyatlar asosida kechadi:




Tarbiyaning ijtimoiy muhitning obyektiv va subyektiv omillariga bog‘liqligi, tarbiyaning shaxsning rivojlanishi bilan birligi va o‘zaro aloqadorligi
Faoliyat va munosabatni e’tirof etish shaxsning ijtimoiy ahamiyatli fazilatlarni shakllantirishning negizi va asosiy manbai ekanligi

Tarbiyalanuvchilarning o‘zaro tarbiyaviy ta’siri, o‘zaro
munosabatlari hamda faol faoliyati o‘rtasidagi bog‘lanishning mavjudligi


Tarbiya qonuniyatlari


Ijtimoiy tarbiya maqsadi va vazifalarini amalga oshirish uchun tarbiya jarayonining o’ziga xos qonuniyatlarini anglab olish muhim ahamiyatga ega.


Tarbiya prinsiplari – tarbiya jarayonini mazmuni, metod va vositalariga qo‘yiladigan talablar yoki tarbiya jarayonini tashkil qilishda tarbiyachi amal qilishi kerak bo‘lgan qoidalar majmuidir.
Tarbiya prinsiplari:

  • Ijtimoiy hayot va mehnat bilan birlik pringsipi;

  • Tarbiyada insonparvarlik prinsipi;

  • Tarbiyalanuvchilarga xususiy yondashuv;

  • Tarbining bir masadga qaratilganligi.

Ijtimoiy hayot va mehnat bilan birlik prinsipi. Ushbu prinsipning mazmuni tarbiyalanuvchini ijtimoiy hayotning faol ishtirokchisi qilib tarbiyalashni nazarda tutadi. Jumladan, tarbiyalanuvchilar davlat ramzlarini mazmun-mohiyatini bilishi, madhiyani yoddan aytib berishi, vatani tarixini, davlat tilini bilishi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ko‘nikmasi bo‘lishi, milliy urf-odatlarni bilishi va boshqalar talab etiladi. Shuningdek, tarbiyachi ijtimoiy hayotda bo‘layotgan voqealardan xabardor bo‘lishi hamda tarbiyalanvchilarga axborotlarni to‘g‘ri tahlil qilib berishi kerak bo‘ladi.
Tarbiyada insonparvarlik prinsipi. Ushbu prinsip tarbiyalanuvchi shaxsiga nisbatan talabchanlik va hurmat bilan yondashishni talab qiladi. Jumladan, tarbiyalanuvchilarga nisbatan talabchanlik ularning yosh va individual xususiyatlariga mos bo‘lishi bilan birgalikda, oqilona va puxta o‘ylab ko‘rilgan bo‘lishi kerak. Tarbiyalanuvchiga ruhiy azob va jismoniy jazo bermaslik ham ushbu prinsipning asosiy qoidasi sanaladi.
Tarbiyalanuvchiga hususiy yondashuv. Eramizdan avvalgi davrda Qadimgi Yunonistonda faylasuf-pedagoglar tarbiyada yosh va individual psixologik xususiyatlarni hisobga olib tarbiya metodlarini qo‘llashni bilishgan hamda tarbiya jarayonida buni e’tiborga olishgan. So‘nggi yillarda pedagoglar va psixologlarning

tadqiqot natijalariga ko‘ra, tarbiya jarayonida nafaqat yosh va individual psixologik xususiyatlarini hisobga olishni, balki tarbiyalanuvchilarning o‘ziga xosligini hisobga olib tarbiya jarayonini tashkil qilish kerakligi ta’kidlanadi. Tarbiyalanuvchiga xususiy yondashuv, deganda tarbiyalanuvchining hayotiy ko‘rsatmalari, qiziqishlari, orzulari, maqsadlari, biror xatti-harakatga keltiruvchi motivlari kabilardir. Demak, tarbiyachi tarbiya jarayonini tashkil qilishda tarbiyalanvchilarning yuqoridagi jihatlarini ham hisobga olishi muhimdir.
Tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi. Tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi deganda, oila jamiyat va ta’lim muassasasining shaxs tarbiyasida maqsadlarining birligi tushuniladi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin