Pedagogik talab turli xatti-harakatlarni bajarish hamda faoliyatda ishtirok etish jarayonida o‘quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bo‘lgan ijtimoiy xulq-atvor meyorlari. Pedagogik talab tarbiyaning eng muhim usullaridan biridir. Pedagogik talab ma’lum harakatlarni rag‘batlantiruvchi yoki to‘xtatuvchi hamda o‘quvchini oqilona harakatlarni bajarishga undovchi xarakterga ega bo‘lishi mumkin.
O‘qituvchi faoliyatida rag‘batlantiruvchi usullardan foydalanib, o‘quvchida ijobiy sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Ta’lim tajribasida quyidagi rag‘batlantirish turlari qo‘llaniladi:
Maktab devoriy gazetasi yoki radiosi orqali nomini qayd etish
Rag‘batlantirish turlari
Rag‘batlantirish tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko‘ngilini ko‘tarish va uni qo‘llab-quvvatlash usulidir. O‘qituvchi har bir o‘quvchi shaxsida ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni anglash olishi zarur. Shundagina o‘quvchi o‘zining kamolga yetayotganligini his qiladi, unda o‘z kuchiga nisbatan ishonch paydo bo‘ladi.
Har qanday rag‘batlantirish mavjud pedagogik talablarga muvofiq bo‘lishi, ketma- ket bo‘lmasligi zarur, shuningdek, o‘quvchini yoki uning xatti-harakatlarini haddan oshirib maqtash, boshqa o‘quvchilarga taqqoslash, ularni kamsitmaslik, talabchanlikni bo‘shashtirmaslik kabi shartlarga muvofiq qo‘llaniladi.
Jazolashshaxsning xatti-harakati, faoliyatiga salbiy baho berishdir.
Jazo ham o‘quvchining individual xatti-harakatlari va umumjamoaning faoliyati uchun qo‘llaniladigan eng so‘nggi tarbiya usuli. Jazo choralarini qo‘llashda jismoniy jazo, urish, kaltaklash kabi usullardan foydlanish mumkin emas, o‘quvchini qo‘rqitish, g‘azablantirish ham ijobiy natija bermaydi. Aksincha, o‘quvchi qo‘rqqanda yolg‘on gapirishni o‘rganadi, ikki yuzlamachi bo‘lib qoladi.
Ta’lim amaliyotida quyidagi jazochoralariniqo‘llash mumkin: