Tanbeh berish eng muhim jazo chorasi. O‘qituvchi o‘quvchiga yuzma-yuz turib tanbeh beradi, buni kundaligiga yozib qo‘yish mumkin.
Ogohlantirish sodir etilishi mumkin bo‘lgan muayyan xatti-harakatlarning oldini olish maqsadida qo‘llaniladi.
Hayfsan berisho‘quvchining ma’lum xatti-harakatlarini qat’iy choralar asosida baholash. Agar tanbeh va ogohlantirish kutilgan natijani bermasa, o‘quvchi belgilangan intizomni buzaversa, uning aybi qay darajada bo‘lishi va intizomni qanday sharoitda buzganligini inobatga olib unga hayfsan e’lon qilish mumkin.
Uyaltirish o‘quvchining ma’lum xatti-harakatlariga jamoa yoki uning tarbiyasi uchun mas’ul bo‘lgan subyektlar (ota-onalar, vasiylar, jamoatchilik vakillari va boshqalar) oldida baho berish. Odamning eng nozik sezgilaridan biri uyat, or-nomus va sharm-hayodir. Odamda insonda izzat-nafs, odamiylik qancha kuchli bo‘lsa, avvalo, o‘zini hurmat qilsa, unda or-nomus, uyat shunchalik kuchli bo‘ladi. Bolalarni tarbiyalashda shu his-tuyg‘ularni ehtiyotkorlik bilan o‘stirish lozim, lekin hadeb
uyaltiraverish va qizirtiraverish yaramaydi. Bundan oqilona va o‘z o‘rnida foydalanish kerak, shundagina ijobiy natijaga umid qilish mumkin.
Jazo puxta o‘ylab qo‘llanilishi lozim, aksincha, jahl ustida jazolash mumkin emas. Jazolar yakka xarakterda, ya’ni, birgina usulni qo‘llash asosida bo‘lsin, o‘quvchining aybiga mos, muvofiq bo‘lishi, tez-tez qo‘llanilmasligi, jazolanuvchida jazoning to‘g‘ri belgilanganligiga nisbatan shubha tug‘ilmasin va ular o‘z ayblarini sezsin. Jamoada muhokama qilish va jamoa tomonidan qo‘llab-quvvatlangan jazo berilsa, uning ta’sir kuchi yanada oshadi. Jazo tarbiyalanuvchining jismoniy va ruhiy azoblamasligi, tahqirlamasligi, sha’nini yerga urmasligi kerak.
Pedagogika fani va amaliyoti har doim rivojlanib borar ekan, unga muvofiq ravishda tarbiya jarayoni ham takomillashib boraveradi. Umuman olganda maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash vositalari, shakl va usullarini tanlashda oʼquvchilarning quyidagi jihatlariga katta eʼtibor qaratilishi va inobatga olinib qoʼllanishi zarur:
Yoshi;
Onglilik darajasi;
Ichki, psixologik xususiyatlari; Potologik imkoniyatlari;
Oilaviy muhit shar sharoitlari kabi bir qancha oʼquvchining oʼziga xos hususiyatlari inobatga olinishi zarur.