O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə42/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   146
Укув кулланма 2022

Namuna. O‘quvchilar o‘z atrofidagi kishilarda hamma yaxshi axloqiy sifatlarni ko‘rishlari va ibrat olishlari nihoyatda muhim.
O‘qituvchining shaxsan o‘zi namuna bo‘lishi, ayniqsa, yoshlarga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ular o‘qituvchining darsda va hayotda o‘zini qanday tutishini, atrofdagi kishilar bilan qanday muomala qilishini, o‘z vazifalarini qanday bajarishini kuzatib yuradilar. O‘quvchilar o‘zlariga yaqin kishilarning xulq-atvoriga taqlid qiladilar, Xulq- atvorlar bolalarda yaxshi sifatlarning, ba’zan esa yomon sifatlarning ham tarkib topishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘qituvchi va ota-onalar har qanday holatda ham o‘zlarini tuta bilishlari kerak. Ular qayerda bo‘lishmasin, atroflarida bolalar borligini his etishlari lozim. Kattalar so‘z va amaliy harakatlarida tafovut bo‘lmasligini ta’minlashlari kerak. Ilg‘or kishilarning hayoti va faoliyatidan olingan ma’lumotlar, adabiy asar, kinofilm va spektakllar qahramonlarining xatti-harakatidagi yaxshi namunalar bolalarning ongiga kuchli ta’sir qiladi.
Namunada xalq pedagogikasi g‘oyalaridan ham foydalaniladi. Ota-onalar o‘z farzandlarini hamisha katta hayotiy tajribaga ega, dunyoqarashi va bilim doirasi keng kishilardan ibrat olishga da’vat qilib kelganlar. Masalan, “Qush uyasida ko‘rganini qiladi”. Juda oddiy xulosa. Shu oddiy xulosa ostida qancha fikrlar jamlanib yotganligini hamisha ham fahmiga boravermaymiz. Bu bilan xalq “uyingda tartibli bo‘l, aks holda bolang ko‘chada tartibsiz bo‘ladi”, “bola oldida birovlarning g‘iybatini qilma, bolang g‘iybatchi bo‘ladi”, demoqchi.
O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari. O‘quvchida o‘z-o‘zini tarbiyalashga, ya’ni, o‘z ustida ongli, bartartib ishlashga ehtiyoj paydo bo‘lgandagina tarbiya jarayonini samarali deb hisoblash mumkin. Tarbiya jarayonida o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlaridan foydalanish samarali hisoblanadi. Ushbu metodlar o‘quvchilarning o‘zini o‘zi idora qilishlari, turli o‘quvchilar organlari faoliyatida faol ishtirok etishlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy mavqelarini oshirish maqsadida qo‘llaniluvchi usullardir. O‘z-o‘zini tarbiyalash o‘quvchilarning o‘zini o‘zi idora qilish, va o‘quvchilar organlari faoliyatida faol ishtirok etish, ijtimoiy mavqeini oshirishning ta’sirchan vositasi. O‘quvchilar o‘qish, tarbiya va dam olishda o‘z-o‘zini tarbiyalash usullaridan foydalanadilar, bu usullar o‘quvchilarni o‘z-o‘zini tarbiyalash tashabbuskorlik va mustaqillikka undaydi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin