O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Oilada o’quvchilar hayotini tashkil etish. Zamonaviy oilalar rivojining o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə76/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   146
Укув кулланма 2022

Oilada o’quvchilar hayotini tashkil etish. Zamonaviy oilalar rivojining o‘ziga xos xususiyatlari. XXI asrda ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlar rivojida inson aql zakovati va ma'naviyati asosiy muvofiqlashtiruvchi, rivojlantiruvchi omil va vosita ekanligi tobora namoyon bo‘lmoqda. Shuning uchun insonparvarlik bozor iqtisodiyoti




1 Munavvarov A. Pedagogika.-Toshkent: O‘qituvchi, 2009.-56-bet.
asosida huquqiy, demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurilishining bosh tamoyili sifatida maydonga chiqdi. O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta'lim tizimini rivojlantirish, uning sifat va samaradorligini oshirish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Yuqori darajadagi bilimga ega, ma'naviy boy, sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalash “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonunda ko‘zda tutilgan asosiy maqsadlardan biridir. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, o‘smir va o‘spirin yoshidagi o‘quvchilarga sog‘lom turmush tarzini singdirishda o‘quv maskanlari, oila, mahalla, ijtimoiy institutlarning bu sohadagi ta'sirchan hamkorligini yo‘lga qo‘yish tadab etiladi. O‘smir yoshidagi o‘quvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning muhim omillaridan biri uning yoshiga bog‘liq bo‘lgan xususiyatlaridir. Chunki taraqqiyotning har bir yosh bosqichi o‘zining rivojlanish omillari, qonuniyatlari, yangiliklari va o‘zgarishlariga ega bo‘lib, ular shaxsning xarakteri, temperamenti, qobiliyatlari, bilish jarayonlariga bevosita ta'sirini o‘tkazadi.
Yosh taraqqiyoti davrlarining ham sifat, ham miqdor o‘zgarishlariga ega bo‘lgan ko‘rsatgichlar o‘smir yoshidagi o‘quvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishda, xulqini boshqarishda hamda unga ta'sir ko‘rsatishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Sanogen tafakkur – (lotincha: «sanus»- sog‘lom: va yunon tilida: «genezis»- rivojlanish)- his-hayajon va emotsiyalarni boshqaruvchi, sog‘lomlashtiruvchi tafakkur.
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq mamlakatimizda sog‘lom avlodni voyaga yetkazish, ta'lim jarayoni sub'ektlari faoliyatini tashkil etish, oilaviy tarbiyani sog‘lomlashtirish va ularni muvofiqlashtirish asosida jamiyatimizda voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlik va nazoratsizlikni oldini olishga qaratilgan tadbirlarni jonlantirish vazifalari yetakchilik qilmoqda. Shu jihatdan olganda o‘smir va o‘spirin yoshidagi o‘quvchilar orasida huquqbuzarliklar va jinoyatchiliklarning oldini olishda sanogen tafakkurni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Insonning tafakkuri qanchalik sog‘lom bo‘lsa, uning ruhiyati, jismi shunchalik sog‘lom ezgulikka yo‘nalgan bo‘ladi. Odamning fikrlashi qancha sof, erkin bo‘lsa, u shuncha zararsiz fikrlaydi, shukrli, sabrli va beg‘araz bo‘ladi. Bugungi kunda go‘zal xulq, to‘g‘ri aqida asosida tarbiyalangan, ehtiyotkor, sog‘lom fikrlay oladigan farzand hayotda aql-idrok bilan ish tuta oladi. Iymon e'tiqodda sobit turadi, erkin va mustaqil fikrlay oladi, har xil aldovlarga uchmaydi hamda g‘arazli tashviqotlarga berilmaydi. Bunday sifatlarga ega shaxs sanogen tafakkur egasi sanaladi. Demak, farzand yoshligidan sog‘lom e'tiqodli, bilimli, odobli va shijoatli bo‘lib voyaga yetishi uchun foydali ilm va ko‘nikmalar bilan band bo‘lishi muhim vazifadir.
Sanogen fikr kishisi hamisha o‘z qarashlarini ijobiy asoslaydi, kerak bo‘lganda himoya qilib, to‘g‘ri xulosa chiqaradi, o‘z burchini adolatli baholaydi. Sanogen tafakkurga ega inson ichki nizoni ijobiy bartaraf etadi. Ma'lumki, o‘smirlik yoshi 10-11 yosh, 14-15 yoshni tashkil etadi. Ko‘pchilik o‘quvchilarda o‘smirlikning o‘tish davri asosan maktab pallasining murakkab bo‘lgan 4-5-sinfiga to‘g‘ri keladi. Bu yoshda o‘smir rivojida keskin o‘zgarishlar ro‘y bera boshlaydi. Bu fiziologik hamda psixologik o‘zgarishlardir. Fiziologik o‘zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va u bilan bog‘liq ravishda barcha a'zolarning mukammal rivojlanishi va o‘sishi, hujayra va organizm tuzilmalarining qaytadan shakllana boshlashidir. Organizmdagi o‘zgarishlar bevosita o‘smir endokrin sistemasining o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. Bu davrda ichki sekretsiya bezlaridan biri gipofiz bezining funksiyasi faollashadi. Uning faoliyati organizm to‘qimalarining o‘sishi va muhim ichki sekretsiya bezlarining, ya'ni qalqonsimon bez, buyrak usti, oshqozon osti, jinsiy bezlar ishini kuchaytiradi. Natijada bola bo‘yining o‘sishi tezlashadi, jinsiy balog‘atga yetish jarayoni amalga osha boradi. O‘smirlar o‘zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. Ular o‘zlarining qobiliyat va imkoniyatlarini ma'lum darajada o‘rtoqlari hamda ustozlariga ko‘rsatishga intiladilar. Bu holatni maktab o‘qituvchisi kundalik dars jarayonida kuzatishi mumkin.
15-25 yoshlilar esa o‘spirinlik davriga mansub shaxslar hisoblanadi. Ilk o‘spirinlik bosqichi 15-17, o‘rta o‘spirinlik bosqichi 17-22 va katta o‘spirinlik bosqichi 22-25 yoshdagi davrlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Mustaqil davlatimizning tayanchi va kelajagi bo‘lgan yoshlarni har tomonlama rivojlantirishda, mustaqillik mafkurasini ularning ongiga singdirishda, ijtimoiy faolligini o‘stirishda, jamiyatimizga yot, zararli g‘oyalardan ularni avaylab-asrashimizda oila tarbiyasi muhim o‘rin egallaydi.
O‘smir va o‘spirin yoshidagi o‘quvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish o‘ziga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarga bog‘liq. Bunda o‘smirlar shaxsining shakllanib, rivojlanib kamolga yetish yo‘llarini va unga ta'sir etadigan biologik va ijtimoiy omillarni, bevosita ta'sirini tadqiq etishni davr taqoza etmoqda. Bunda birinchi navbatda, oila tarbiyasidagi ota-onalar diagnostikasini o‘tkazish alohida ahamiyat kasb etadi.
Pedagogika va psixologiya sohasida ota-onalar bilan ish olib borishga doir turli xil yondashuvlar mavjud. Bulardan K. Leongard, Myunstenberg, Dembo-Rubinshteyn, Ye. Klimov, I. Grebennikov, A.Q. Munavvarov, O. Musurmonova, L. Mahmudovalar tomonidan yosh va pedagogik psixologiyaga asoslangan holda yaratilgan ma'rifiy- axborotli yondashuvlardir. Bu yondashuvlarning mazmuni va mohiyatidan kelib chiqqan holda ota-onalarga uzluksiz va ma'lum tizim asosida yordam berish maqsadida oila uchun ommaviy ta'lim dasturlari ham ishlab chiqilgan. Bu dasturlar asosida oilaning yoshlar tarbiyasidagi rolini faollashtirishga muvaffaq bo‘linmoqda.
Ma'lumki, aniq manzilga qaratilgan har qanday faoliyat o‘z samarasini beradi, shuning uchun muayyan ijtimoiy- pedagogik yordamga muhtoj oilalarni ijtimoiy pedagogik tashxis asosida aniqlab, ularga real yordam ko‘rsatish, ya'ni oilada valeologik sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va bolalarga to‘g‘ri tarbiya berish maqsadga muvofiqdir.
Har bir oilaning ehtiyojlarini inobatga olgan holda ularga ijtimoiy-pedagogik yordam berishda maxsus amaliy ishlar (spetspraktikumlar) muhim ahamiyatga ega.
Oilada sog‘lom turmush tarzini barqarorlashtirish bo‘yicha amaliy ish quyidagicha amalga oshiriladi:
-maqsadni belgilash, ya'ni oiladagi erishilgan yutuqlarni aniqlab, ularga suyangan holda ota-onalarning yana qanday imkoniyatlarga ega ekanliklarini hamda qanday yordamga muhtoj ekanligini belgilash;
-harakatlar algoritmi, ya'ni ota-onalar orasida oila tashxisini o‘rnatishga doir anketalar tarqatish, ularga javoblar olish, tahlil etish, ularning tavsifiga ko‘ra ota- onalarni kichik guruhlarga ajratish va tashhis natijalari bilan tanishtirish kabi faoliyatdir;
-diagnostika asosida pedagogik maslahatlarni tashkil etish, psixologik xizmatni amalga oshirish rejalarini tuzish ishlari amalga oshiriladi.
Oila diagnostikasini amalga oshirishda oila va oilaviy munosabatlarning psixologik holatini, muhitni o‘rganishga doir »Oilada pedagogik muhitni aniqlash»,
«Tipik oilaviy hayot», «Tugallanmagan jumlalar», «Oilaning kinetik rasmi» nomli mashhur metodikalardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Oilaviy tarbiyaning o‘ziga xosligi shundaki, u bolalarga ota-ona, qon-qardoshlik, avlod-ajdod xislatlarini uzatadi, uning davomiyligini saqlaydi, farzandni shaxs sifatida shakllantiradi, hayotga tayyorlaydi.


  1. Yüklə 1,55 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin