O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta


ILOVALAR DARCHASINING ASOSIY ELEMENTLARI



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə2/7
tarix26.04.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#102871
1   2   3   4   5   6   7
Laboratoriya ishi №6 ma’ruza №5 Excelda ma’lumotni statistik qay

ILOVALAR DARCHASINING ASOSIY ELEMENTLARI


  1. Sarlavhalar qatori. Bunda dasturning nomi, joriy (ayni vaqtda ish yuritilayotgan) ishchi kitobining nomi beriladi.

Shu qatorning ung yuqori burchagida darchaning tashqi ko'rinishini o'zgartiruvchi uchta boshqaruv tugmasi joylashgan.





  1. Menyu qatori (gorizontal menyu). Unda quyidagi bo'limlar mavjud:

«Файл»
(Fayl), «Правка» (To'g'rilash), «Bид» (Ko'rinish), «Bставкa» (Qo’yish),
«Формат» (Bichim), «Cepвис» (Xizmat ko'rsatish), «Таблица» (Jadval),
«ОКНО» (Oyna), «Cnpaвкa» (Ma'lumotnoma). Ulardan biri bilan ishlash uchun qatordagi ixtiyoriy bo'lim ustiga sichqoncha ko'rsatkichini olib kelib bosiladi, natijada tanlangan bo'lim menyusi elementlari ro'yxati ochiladi.



  1. Uskunalar paneli.


Standart uskunalar paneli buyruqlarni ko'rsatuvchi, gorizontal menyuning standart buyruqlarini takrorlovchi tugmalardan (piktogrammalar)dan iborat.





  1. Formulalar qatori. MICROSOFT EXCEL ga ma'lumotlar kiritilayotganda barcha axborotlar, matnlar, sonlar va formulalar mana shu qatorda aks ettiriladi.

  2. Nom maydoni. Bu maydonda joriy ishchi kitobning faol yacheykalarining manzili va nomi ko'rsatiladi. Nom maydoni diapazon (yacheykalar guruhi)ga yoki tanlangan yacheykaga tezda nom berish uchun ham ishlatiladi. Agar sichqoncha ko'rsatkichini nom maydonidan ung tomonda joylashgan strelka ustiga olib borib sichqonchaning chap tugmasini bossak, unda faol ishchi kitobidagi nomlangan yacheykalar va diapazonlarning ( agar ular mavjud bo'lsa) hamma nomlarini birma-bir ko'rib chiqish mumkin.

  3. Xolat qatori. Unda yacheykaga tegishli turli ma'lumotlar ko'rsatiladi.

EXCEL ELEKTRON JADVALINING ASOSIY ELEMENTLARI


MICROSOFT EXCEL dagi barcha ma'lumotlar jadval ko'rinishida namoyon bo'lib, bunda jadval yacheykalarining (xonalarining) ma'lum qismiga boshlang'ich va birlamchi ma" lumotlar kiritiladi. Boshqa qismlari esa har- hil arifmetik amallar va boshlang'ich ma'lumotlar ustida bajariladigan turli amallar natijalaridan iborat bo'lgan axborotlardir.
Elektron jadval yacheykalariga uch xil ma'lumotlarni kiritish mumkin:
matnli;
sonli ifodalar;
formulalar.
Matnli ma'lumotlar sarlavxa, belgi, izoxlarni uz ichiga oladi. Sonli ifodalar bevosita jadval ichiga kiritiladigan sonlardir.
Formulalar — kiritilgan sonli qiymatlar buyicha yangi qiymatlarni hisoblaydigan ifodalardir.
Formulalar xar doim «=» belgisini quyish bilan boshlanadi. Formula yacheykaga kiritilgandan keyin shu formula asosida hisoblanadigan natijalar yana shu yacheykada hosil bo'ladi. Agar shu formulada foydalanilgan sonlardan yoki belgilardan biri o'zgartirilsa, EXCEL avtomatik ravishda yangi ma'lumotlar buyicha hisob ishlarini bajaradi va yangi natijalar hosil qilib beradi.
EXCELning asosiy ishlov berish ob'ekti xujjatlar (dokumentlar) hisoblanadi. EXCEL xujjatlari (dokumentlari) ixtiyoriy nomlanadigan va XLS kengaytmasiga ega bo'lgan fayllardir. EXCELda bunday fayllar
«Ishchi kitob» deb ataladi. Ular bir Ishchi kitob ixtiyoriy sondagi elektron jadvallarni uz ichiga olishi mumkin. Ularning xar biri «ishchi varaq» deb ataladi. Har bir ishchi varaq uz nomiga ega bo'ladi. Ishchi kitobni hosil kilish uchun MICROSOFT EXCEL dasturini ishga tushirish zarur. Ishchi kitobning tarkib elementlaridan biri ishchi varaq, ya'ni elektron jadval xisoblanadi.
Elektron jadvalning asosiy elementlari esa yacheyka va

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin