diapazonlardir.
Yacheyka — bu jadvaldagi manzili ko'rsatiladigan hamda bir qator va bir ustun kesishmasi oralig'idajoylashgan elementdir. Yacheyka kesishmalarida hosil bo'lgan ustun va qator nomi bilan ifodalanadigan manzili bilan aniqlanadi. Masalan, A — ustun, 4 — qator kesishmasida joylashgan yacheyka — A4 deb nom oladi. Yacheykaga sonli qiymatlar, matnli axborotlar va formulalami joylashtirish mumkin.
Bir necha yacheykalardan tashkil topgan gurux diapazon deb ataladi. Diapazon manzilini ko'rsatish uchun uni tashkil etgan yacheykalaming chap yuqori va ung kuyi yacheykalar manzillari olinib, ular ikki nuqta bilan ajratilib yoziladi. Masalan: A1:A4
Ishchi jadvallami ko'rib chiqishda yoki yacheykalami bichimlashda ish olib borayotgan diapazonning manzilini bilish shart emas, lekin formulalar bilan ishlayotganda bu narsa juda muximdir.
ISHCHI XUJJATLAR BILAN ISHLASH
Ish olib borilayotgan jadvalning barcha yacheykalarini ajratib ko'rsatish.
Joriy darchadagi ishchi jadvalning barcha yacheykalarini ajratib ko'rsatish uchun sichqoncha tugmasini bosgan holda sichqonchani harakatga keltirish lozim.
Ustunlar sarlavxasi. Jadvaldagi barcha mavjud 256 ustunlar lotin alifbosining bosh xarflari bilan belgilanadi va u A dan boshlab IV gacha belgilanib boriladi.
Boshqacha aytganda, A dan Z gacha, keyingi ustunlar AA,…AZ,VA,...,VZ,.... va oxirgi 256-ustun IV deb belgilanadi. Biror ustunning barcha yacheykalarini belgilab olish uchun ustun sarlavhasi ustida sichqoncha tugmasini bosish kerak.
Faol yacheyka indikatori.Bu qora rangdagi kontur bo'lib, joriy yacheykani ajratib ko'rsatib turadi. Ayrim xollarda u jadvallar kursori deb ham ataladi.
Qatorlar tartibi. Ishchi jadvalning har bir qatori tartib raqamiga ega bo'lib, u 1 dan to 65536 gacha raqamlanadi. Bu qatorlarning keragini tanlab olish sichqoncha yoki klaviaturadagi tugmalar majmuini bosish orqali amalga oshiriladi.
Varaqlarningyorlig'i. Bu yorliqlarning har biri yon daftarchaning yorlig'iga o'xshash bo'lib, ishchi kitobning alohida varaqlari sifatida qaraladi. Ishchi kitob ixtiyoriy sondagi varaqlardan iborat bo'lishi mumkin. Har bir varakning nomi bo'ladi va u varaq yorlig'ida ko'rsatib quyiladi.
EXCEL dasturi ishga tushirilgandan so'ng avtomatik ravishda yangi Ishchi kitob «Kniga 1» nomi bilan yaratiladi. Agarda siz boshqa Ishchi kitob yaratmokchi bo'lsangiz, uskunalar panelidagi «Sozdat» piktogrammasiga sichqoncha ko'rsatkichini keltirib tugmani bosishingiz kerak bo'ladi. Yangi yaratilayotgan kitob kompyuter xotirasida saqlanib, hali fayl sifatida diskda saqlanmagan bo'ladi. Agar alohida ko'rsatilgan bulmasa, jadvaldagi ishchi varaqlar 16tagacha bolishi mumkin. Yangi yaratilgan ishchi kitobida bitta varaq bilan faol ish olib boriladi. Boshqa varakni faollashtirish uchun shu varaqning yorlig'i ustiga sichqoncha ko'rsatkichini keltirib bosish kerak. Boshqa varaqlarni ko'rib chiqish uchun aylanma ko'rsatkich tugmasini bosish kerak. Alohida nom berilmagan bo'lsa ishchi jadval varaqlari «LIST1», «LIST2»... kabi nomlanadi. Bu varaklarni qayta nomlash ham mumkin.