Laboratoriya ishi №6 ma’ruza №5 Excelda ma’lumotni statistik qay
AMALIY MASHG'ULOT UCHUN USLUBIY ISHLANMA
Quyida amaliy mashg’ulot jarayinida talabalar bajarishi kerak
bo’ladigan malakalarni na’muna asosida tavsiya etiladi.
Hurmatli TALABA! Ularni ketma-ket bajarib borishingizni tavsiya etamiz.
1-amaliy topshiriq. Ishchi jadvaldagi varaqlarni qayta nomlash
Varaq nomlarini o'zgartirishni quyidagi usullarda amalga oshirilishi mumkin:
«Format»—«List»—«Pereimenovat» buyruqlarini tanlagan holda yangi varaq nomini kiritish.
Sichqoncha ko'rsatkichini varaq yorligi ustiga olib borib chap tugmachani ikkimarta bosish va yangi nomini kiritish.
Sichqoncha ko'rsatkichini varaq yorligi ustiga olib kelish va sichqonchaning o’ng tugmasini bosish va kontekstli menyudagi
«Pereimenovat» (Qayta nomlash) buyrug'ini tanlash va yangi nomni kiritish.
Eslatma: Yuqoridagi amallardan ixtiyoriy birini bajarib bo'lgandan so'ng ENTER tugmasi bosilishi kerak. Shundan keyin yangi kiritilgan nom varaqlar yorlig’ida hosil bo'ladi.
Yangi kiritilgan nomlar uzunligi bo’sh joy bilan birgalikda 31 ta belgigacha bo'lishi mumkin. Agarda uzun nom berilgan bo'lsa, varaqlar yorlig'i ham shunchalik katta bo'lib, keyingi varaq yorliqlarining nomlari ko'rinmay qoladi.
amaliy topshiriq. Ishchi kitobga yangi varaqlar kiritish
Ishchi kitobga qo’shimcha yangi varaqlar kiritish uch yo’l bilan amalga oshiriladi:
«BCTABKA»—«ЛИСТ» buyruqlarini bajarish orqali;
Sichqonchaning ung tugmasini varaq yorlig'i ustida bosib, kontekstli menyudagi «ВСТАВКА» (Qo’yish) buyrug'ini tanlash orqali;
Shift + Fl tugmalarini barobar bosish orqali.
Eslatma. Yuqoridagi amallar bajarilgandan so'ng ishchi kitobdagi yangi qushimcha varaq avtomatik ravishda faollashgan varaq xolatiga o’tadi va nomi ko'rsatilgan uz yorligiga ega bo'ladi.