O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish hamda



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə65/126
tarix12.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#112156
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   126
jinoyat huquqi

10.6. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish hamda
jinoyat sodir etishdan chin ko‘ngildan
pushaymon bo‘lish orasidagi farq

Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishni chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish, ya’ni shaxsni o‘z aybiga iqror bo‘lib, jinoyatni fosh etishga yordamlashgan faol xatti-harakatidan farqlay olish lozim:


birinchidan, bu ikki tushuncha bir-biridan yuridik tabiatiga ko‘ra farq qiladi. Ya’ni, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishda jinoyatning ijtimoiy xavflilik, huquqqa xiloflilik va jazoga sazovorlik belgilari mavjud emasligi sababli jinoiy javobgarlikni istisno qiluvchi holatlardan biri hisoblanadi.
Chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish esa, jinoyatning barcha belgilariga ega bo‘lib, quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

a) jazoni yengillashtiruvchi holat (Jinoyat kodeksining 55-mod­dasi, 1-qismi);


b) shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchun asos (Jinoyat kodeksining 66-moddasi);
d) shaxsni jinoiy jazodan ozod qilish uchun asos (Jinoyat kodeksining 71-moddasi).

Ikkinchidan, ixtiyoriy qaytish jinoyat tamom bo‘lgunga qadar amalga oshirilishi mumkin, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish esa, jinoyat sodir etilganidan keyingi xulq-atvor hisoblanadi.


Uchinchidan, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish ham passiv, ham aktiv shaklda sodir etilishi mumkin. Chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish esa, faqat aktiv harakat orqali sodir etiladi.

1. Jinoyat huquqida dastlabki jinoiy faoliyat deganda nimani tushunasiz?


2. Jinoyat bosqichlari nima?
3. Qanday jinoyatlarda jinoyat bosqichlari bo‘lmaydi?
4. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish, deb nimaga aytiladi?
5. Jinoyatga suiqasd qilish, deb nimaga aytiladi?
6. Jinoyatga suiqasdning turlari?
7. Jinoyatga suiqasd qilish bilan tamom bo‘lgan jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishdagi o‘ziga xos xususiyatlarni bayon eting.
8. Jinoyatdan ixtiyoriy qaytish deganda nimani tushunasiz?
9. Bajaruvchi, tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi ishtirok etgan jinoyatda ixtiyoriy qaytish masalasi qanday hal qilinadi?
10. Jinoyatdan ixtiyoriy qaytishning huquqiy holatlarini bayon eting.


11-bob. JINOYAТDA ISHТIROKCHILIK



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin