O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Jinoiy jazo tizimi, turlari va uning ahamiyati



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə89/126
tarix12.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#112156
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   126
jinoyat huquqi

14.3. Jinoiy jazo tizimi, turlari va uning ahamiyati

Jazo jinoyat huquqining muhim institutlaridan biri bo‘lishi bilan bir qatorda, jinoiy javobgarlikni amalga oshirishning asosiy shakllaridan hisoblanadi. Qilmishning jazoga sazovorligi jinoyat qonunini ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etish vositasiga aylantiradi, huquqiy normalarni inson, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish mexanizmiga aylantiradi.


Sudning qonunni qo‘llovchi vazifasi jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan aniq jazo turining sud hukmida belgilanishida namoyon bo‘ladi. Sud maksimal darajadagi individuallashtirilgan jazo tayinlash uchun jinoyatning xususiyati va jinoyat sodir etgan shaxsning ijtimoiy xavfliligini e’tiborga oladi.
Jinoyat kodeksining 43-moddasida jazo tizimi berilgan bo‘lib, unda jinoyatni sodir etishda aybdor, deb topilgan shaxslarga nis­batan qo‘llaniladigan jazo turlari ko‘rsatilgan. Jinoyat kodeksining 43-mod­dasida belgilangan jazo tizimi sodir etilgan jinoyatning og‘irligi yoki uncha xavfli emasligi nuqtayi nazaridan jinoyat huquqi nazariyasiga muvofiq bo‘lishi to‘g‘risidagi fikrlarga mos keladi. Avvalgi Jinoyat kodeksidan farqli ravishda yangi Jinoyat kodeksidagi jazo tizimi o‘zining og‘irligi nuqtayi nazaridan yuqoridan pastga qarab emas, balki pastdan yuqoriga qarab belgilangan. Jazo tizimining bunday tartibda belgilanishi o‘zida «insonparvarlik» prinsiрini to‘liq aks ettiradi.
Sud aybdorga nisbatan faqat jinoyat qonunida nazarda tutilgan jazo turinigina qo‘llashi mumkin. Bu qonuniylik va davlatning jinoyatchilikka qarshi kurash siyosatini, jazolash funksiyasini amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Jazo tizimi yengilidan og‘iriga qarab joylashtirilgan jazo turlari yig‘indisidir. Yangi Jinoyat kodeksida belgilangan jazo tizimida avvalgi jinoyat qonunidagi bir qancha jazolar: badarg‘a, surgun, vazifasidan bo‘shatish, yetkazilgan zararni qoplash majburiyatini yuklash, jamoat izzasi kabi jazolar o‘rin olmagan. Buning sababi yuqoridagi jazolarining amalda ijobiy natija bermaganligidadir.


Jinoyat huquqida jazo tizimi umumiy prinsiрlar asosida tizimlashtirilgan. Unda qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, odillilik va insonparvarlik prinsiрlari mustahkamlangan. Jinoyat kodeksida ko‘rsatilgan jazo tizimining quyidagi element­larini ko‘rsatib o‘tish mumkin:

1) davlat nomidan qo‘llanilishi orqali sudlanuvchini tarbiya­lashga, jinoiy faoliyatining oldini olishga, shuningdek, umumiy maxsus prevensiyaga erishish mumkin bo‘lgan jazo tizimini tashkil qiluvchi elementlar sifatida faqat alohida davlat majburlov choralari ko‘rsatiladi;


2) jazo tizimi elementlari o‘zaro bog‘liq va biri-birini to‘ldiradi. Jazo tizimining bu belgisi jazo samaradorligiga erishish uchun har tomonlama yondashishni bildiradi, ya’ni belgilangan maqsadga erishish biron-bir jazo chorasini qo‘llashga emas, balki, sudlanuv­chiga kompleks ta’sir choralarining qo‘llanilishi bilan bog‘liqdir. Bu belgi Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi tegishli moddasi normalarida muqobil jazo choralarining belgilanishi yoki qo‘shimcha jazo chorasini qo‘llanishida namoyon bo‘ladi;
3) Jinoyat qonunida belgilangan davlat majburlov choralari qat’iy bo‘lib, uning kengaytirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Jinoyat kodeksida ko‘rsatilmagan jazo choralarining aybdorga qo‘llanishi mumkin emas. Jinoyat kodeksidagi jazo tizimiga kiritilmagan jazo chorasi Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi sanksiyasiga ham kiritilishi mumkin emas;
4) jazo tizimiga kiritilgan jazo turlari og‘irlik darajasiga qarab joylashtirilgan bo‘lib, yengilidan og‘iriga qarab joylashtirilgan.

Jamiyatda va davlatda ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy o‘zga­rishlar va rivojlanish darajasi jazo tizimiga ta’sir qiladi; jazo turlari o‘zgaradi, ba’zi jazolar o‘z ahamiyatini yo‘qotib, jinoyat qonu­nidan chiqariladi, yangi turlari esa, qonunga kiritiladi.


1994-yilgi Jinoyat kodeksida jamiyat va davlatimizda so‘nggi yillarda ro‘y bergan o‘zgarishlar e’tiborga olinib, jazo turlari quyidagicha joylashtirilgan:

1) jarima;


2) muayyan huquqdan mahrum qilish;
3) axloq tuzatish ishlari;
4) xizmat bo‘yicha cheklash;
5) qamoq;
6) intizomiy qismga jo‘natish;
7) ozodlikdan mahrum qilish;
8) o‘lim jazosi.

Yangi Jinoyat kodeksida voyaga yetmaganlarga nisbatan:


1) jarima;


2) axloq tuzatish ishlari;
3) qamoq;
4) ozodlikdan mahrum qilish jazolari belgilangan.

1959-yilgi Jinoyat kodeksidagi jazo tizimiga nisbatan yangi Jinoyat kodeksidagi jazo tizimida sezilarli o‘zgarishlar mavjud. Jazo tizimidan jamoat izzasi, surgun badarg‘a singari jazolar chiqarildi.


Jinoyat qonunida belgilangan barcha jazo turlari: asosiy va qo‘shimcha; muayyan muddat bilan bog‘liq bo‘lgan va muddat bilan bog‘liq bo‘lmagan; mahkumlarga nisbatan moddiy jafo keltiruvchi, ma’naviy jafo yetkazuvchi, ularning ayrim huquqlarini cheklovchi jazolar va o‘lim jazosiga bo‘linadi.
Asosiy jazoga quyidagilar kiradi:

1) jarima;


2) axloq tuzatish ishlari;
3) xizmat bo‘yicha cheklash;
4) qamoq;
5) intizomiy qismga jo‘natish;
6) ozodlikdan mahrum qilish;
7) o‘lim jazosi.

Qo‘shimcha jazoga harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish kiradi. Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan Jinoyat kodeksi jazo tizimidan mol-mulkni musodara qilish chiqarildi.


Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi ham asosiy jazo sifatida, ham qo‘shimcha jazo sifatida qo‘llanishi mumkin. Umumiy va maxsus jazolar jazo chorasi subyektning maxsus belgilariga qarab qo‘llaniladi.
Umumiy jazolar, bu jinoyat subyekti belgilariga ega bo‘lgan har qanday shaxsga nisbatan qo‘llanishi mumkin bo‘lgan jazo tizimidir. Maxsus jazo, qonunda qat’iy belgilangan subyektlar doirasiga qo‘llaniladigan jazo chorasidir. Masalan, intizomiy qismga jo‘natish va harbiy unvondan mahrum qilish faqat harbiylarga nisbatan qo‘llaniladi.
Muayyan muddat bilan bog‘liq bo‘lmagan va muayyan muddat bilan bog‘liq bo‘lgan jazolar qo‘llanilayotgan jazoning xususiyatiga qarab ajratiladi. Muayyan muddat bilan bog‘liq jazolarga sud tomonidan belgilanadigan, maksimal va minimal muddatlari ko‘rsatilgan jazolar (ozodlikdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari, qamoq va muayyan huquqdan mahrum qilish) kiradi.
Shunday jazolar ham borki, ularning ijrosi muayyan vaqt bilan bog‘liq bo‘lmaydi: jarima, harbiy yoki maxsus huquqdan mahrum qilish. Bundan tashqari, mahkumlarga nisbatan moddiy jafo keltiruvchi jazolar mavjud bo‘lib, bunday jazolarga jarima jazosi misol bo‘ladi.
Mahkumlarning ayrim huquqlarini cheklovchi jazolarga muayyan huquqdan mahrum qilish kiradi.
Ma’naviy jafo keltiruvchi jazolarga xizmat bo‘yicha cheklash, harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish jazosi kiradi. Mahkumning ozodligini cheklovchi jazolarga qamoq, intizomiy qismga jo‘natish, ozodlikdan mahrum qilish jazolari kiradi.
Bundan tashqari, o‘z mazmuni va qo‘llanish xususiyatiga ko‘ra mehnat, axloq tuzatish bilan bog‘liq va bu bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar mavjud. Mehnat-axloq tuzatish bilan bog‘liq jazolarga ozodlikdan mahrum qilish axloq tuzatish ishlari, kabi jazolar kiradi. Jinoyat kodeksida o‘lim jazosi ham belgilangan.
Jinoyat qonunida belgilangan jazo choralari tizimi qat’iy bo‘lib, sud sudlanuvchiga nisbatan qonunda belgilangan jazo chorasidan boshqa biron-bir jazo chorasini qo‘llay olmaydi. Jinoyat kodeksida belgilangan jazo tizimi, jazolash siyosatiga to‘la mos kelib, o‘zida jinoyat huquqi prinsiрlarini to‘liq ifodalaydi. Amaldagi jinoyat qonuni o‘z xususiyati va mazmuniga ko‘ra, turli jazo choralarini belgilab, jinoyatchilikka qarshi kurashda samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin