O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Aybdor o‘z qilmishiga chin ko‘ngildan



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə104/126
tarix12.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#112156
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   126
jinoyat huquqi

16.4. Aybdor o‘z qilmishiga chin ko‘ngildan
pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan
jinoiy javobgarlikdan ozod qilish

Jinoyat kodeksining 66-moddasiga muvofiq, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar jinoyat sodir qilingandan keyin jinoyat tufayli yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilib, aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilgan, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.


Jinoyat tufayli yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilish chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lishning bir turi sifatida moddiy va mulkiy zarar, shuningdek, boy berilgan foyda haqida gap ketsa (masalan, ishonchni suiiste’mol qilish yoki aldash orqali mulkiy zarar yetkazish) chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lishning belgilari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

1) jinoyat natijasida talon-taroj qilingan mulkka o‘xshash mulkni qonuniy egasiga natura tarzida qaytarib berish, yoxud uni tergov organiga ixtiyoriy tarzda qaytarish;


2) jinoyat tufayli ko‘rilgan zararni pul ko‘rinishida qaytarish;
3) jabrlanuvchi jinoyati tufayli zarar yetgan mulkni o‘z kuchi bilan yoki mehnati bilan asl holiga keltirishi (masalan, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan transport hodisasi tufayli zarar ko‘rgan avtomo­bilni ta’mirlash).

Haqorat qilish tufayli qo‘zg‘atilgan jinoyat ishida ma’naviy zarar, jabrlanuvchidan uzr so‘rash orqali qoplanishi mumkin. Agar bunday uzr so‘rash ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshirilgan bo‘lsa, katta samara beradi. O‘zbekiston Respublikasining yangi Jinoyat kodeksida ma’naviy va jismoniy zararni pul shaklida qoplash ham belgilangan.


Ayblanuvchi ehtiyotsizlikdan jabrlanuvchining sog‘lig‘iga shikast yetkazib, uning davolanishi, oziq-ovqati, unga qarash uchun ketgan xarajatlarni, sanatoriyga yo‘llanma xarajatlarini qoplasa, shuningdek, jabrlanuvchining oila a’zolariga moddiy yordam bergan holda ham chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lishning belgilari mavjud bo‘ladi. Bunday holatda moddiy zararning, shuningdek, jismoniy va ma’naviy zararning qoplanganligi hisobga olinadi. Aybini bo‘yniga olish, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lishning shakli sifatida, shaxsning hech qanday majburlashsiz, o‘z xohishi bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga (ichki ishlar, boshqa surishtiruv organlari, tergovchi, prokuror va sud)ga og‘zaki yoki yozma shaklda murojaat qilishidir. Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq, aybdorning o‘z aybiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lishi jinoyat ishini qo‘zg‘atishga xizmat qiladi. Bu surishtiruv va tergov organlariga ma’lum bo‘lmagan jinoyatlarga taalluqlidir. Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchun chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lishda surishtiruv va tergov organlariga jinoyat sodir etgan shaxs ma’lum bo‘lmagan yoki jinoyat ochilmagan bo‘lishi lozim. Agar shaxs qidiruvda bo‘lsa yoki tergov va suddan yashirinib yurgan bo‘lsa, bu uni chin ko‘ngildan o‘z qilmishiga pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilishga xizmat qilmaydi.
Jinoyatni ochishga faol yordam berish, pushaymon bo‘lishning bir ko‘rinishi bo‘lib, bunda shaxsning o‘z aybiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lishi va sodir etilgan jinoyatlarning barcha jihatlari va holatlarini belgilab olishga huquq tartibot organlariga ko‘rsatilgan yordami tushuniladi. Bu aybdorning tergov va sudda to‘g‘ri ko‘rsatmalar berishi, tergov harakatlarida faol ishtirok etishida, ish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan jinoiy yo‘l bilan topilgan mol-mulk va boshqa ashyolarning yashirib qo‘yilgan joy to‘g‘risida xabar berishida va boshqalarda ifodalanadi.
Demak, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish tufayli jazodan ozod qilish uchun quyidagi asoslar bo‘lishi lozim:

a) shaxsning birinchi marta jinoyat sodir etganligi;


b) sodir etilgan jinoyat ijtimoiy xavfi katta yoki uncha og‘ir bo‘lmasligi;
d) aybdorning chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi.

Shaxsni chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi tufayli jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning boshqa asoslari Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi moddalarida belgilangan holda qo‘llanishi mumkin. Masalan, Jinoyat kodeksining 211-moddasida belgilangan pora berish jinoyatida agar shaxsga nisbatan pora so‘rab tovlamachilik qilingan bo‘lsa yoki bu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilgandan keyin bu haqda o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bersa, bunday shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi (211-moddaning 4-qismi).





Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin