O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə106/126
tarix12.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#112156
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   126
jinoyat huquqi

16.6. Kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish

Agar aqli noraso shaxs tomonidan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilsa, bu uni jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘la olmaydi. Agar shaxs ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli raso bo‘lib, sud hukm chiqargunga qadar o‘z harakatlarini boshqara olmaydigan va oqibatlarini anglamaydigan holatdagi ruhiy kasallikka chalinib qolsa, qilmish jinoiy hisoblanib bunday shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksi va Jinoyat protsessual kodeksi normalari qo‘llanadi. Jinoyat sodir etgan shaxs hukm chiqarilgunga qadar o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan va boshqara olmaydigan darajada ruhiy kasallikka chalinib qolgan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinadi. Bunday shaxslarni javobgarlikka tortishning maqsadga muvofiq emasligi ruhiy kasallikka chalingan shaxsning sud tomonidan belgilangan javobgarlik choralarini kasalligi tufayli to‘g‘ri idrok etish imkoniga ega emasligida ifodalanadi. Bunday shaxsga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanishi mumkin. Тibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash tartibi Jinoyat kodeksining 91–95-moddalarida (tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llashning maxsus tartibi) belgilangan. Agar tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxs Jinoyat kodeksining 64-moddasida belgilangan javobgarlikka tortish muddati o‘tmasdan tuzalib ketsa, javobgarlikka tortiladi. Javobgarlikka tortish muddati sud tomonidan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan kundan boshlab hisoblanadi.


Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasi, 3-qismiga ko‘ra, jinoyat sodir etilganidan keyin o‘z harakatining mohiyatini idrok etish yoki uni idora qilish imkoniyatidan mahrum etadigan ruhiy kasallikka chalinib qolgan shaxsning jinoyat ishi ayblilik haqidagi masala hal qilinmasdan tugatiladi.


16.7. Amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilish

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 79 va 93-mod­dalarida qayd etilganidek, amnistiya akti asosida javobgarlikdan va jazodan ozod qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga asosan, Senat vakolatlariga kiradi. Ba’zi davlatlarda amnistiya davlatning Oliy qonun chiqaruvchi organiga tegishlidir. Masalan, Rossiyada Davlat Dumasi amnistiya chiqarish vakolatiga ega.


Amnistiya normativ xususiyatdagi akt bo‘lib, u muayyan jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutadigan jinoyat qonunini bekor qilmasdan, sud hukmining qarorlari asosli va qonuniyligini shubha ostiga qo‘ymasdan, jazodan yoki jinoiy javobgarlikdan ozod qiladi, jazoni yengil jazo bilan almashtiradi yoxud belgilangan muddatlarni qisqartiradi, shuningdek, sudlanganlikni bekor qiladi.
Amnistiya o‘z ijtimoiy mohiyatiga ko‘ra, muayyan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning ayrim toifalarigagina taalluqlidir. Sudning ayblov hukmiga doir qarori chiqarilmagan va amnistiya kuchga kirguniga qadar jinoyat sodir etilgan jinoyat ishlariga va shaxslar toifasiga taalluqli bo‘ladi. Sodir etilgan jinoyatga nisbatan jazolov funksiyasini yo‘qotmagan holda amnistiya akti jazoni qisman yoki to‘liq bekor qiladi, boshqa yengilroq jazo turi bilan almashtiradi yoxud qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini tugatadi. Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish asosi sifatida amnistiyaning jinoyat huquqiy tushunchasi ikki vaziyatni o‘z ichiga oladi: hali sud tomonidan jinoyat ishi ko‘rilmagan shaxslarning javobgarligi masalasi va jazo masalalari.
Amnistiya huquqiy oqibatlariga ko‘ra, boshqa jinoiy javob­garlikdan ozod qilish turlariga muvofiq keladi. Amnistiya akti asosida jinoiy javobgarlikdan ozod qilishda insonparvarlik prinsiрi o‘z ifodasini topgan.
Alohida shaxsni javobgarlikdan ozod qiluvchi akt – avf etishdan farqli ravishda, amnistiya normativ xarekterga ega: u har doim muayyan doiradagi jinoyatlarga yoki bir guruh shaxslarga yoxud o‘zaro demografik, ijtimoiy, jinoiy, yoshga oid huquqiy yoxud boshqa belgilariga ko‘ra farqlanmaydigan bir guruh shaxslarga tegishli bo‘lib, individual xususiyatga ega bo‘lmaydi. Bu doira turli: jinoyat tarkibi yoki jinoyatning tasnifi, jinoyat subyektning belgilariga ko‘ra aniq ko‘rsatiladi.
Odatda, amnistiya aktlari birinchi navbatda voyaga yetma­ganlar, qariyalar, ayollar, homilador ayollarga, shuningdek, boshqa belgilar: jinoyatning xususiyatli va og‘irlik darajasiga (ehtiyotsizlikdan sodir etilgan, qasddan sodir etilgan uncha og‘ir bo‘lmagan va og‘ir jinoyatlar) ko‘ra qo‘llaniladi. Ammo boshqa, ijtimoiy-siyosiy asoslarga ko‘ra ham amnistiya aktlari qabul qilin­gan bo‘lib, ularning doirasi an’anaviy tartibda emas, balki alohida tartibda belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 1-dekabrdagi O‘zekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining o‘n bir yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risidagi Farmonida birinchi marta jinoyat sodir etgan ayollar, jinoyat sodir etish vaqtida 18 yoshga to‘lmagan shaxslar, mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar birinchi va ikkinchi guruh nogironlari, deb topilgan shaxslar, mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar 60 yoshga to‘lgan erkaklar, shuningdek, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat ishlari bo‘yicha olib borilayotgan tergov ishlari, sudda ko‘rilmagan ishlar tugatilishi belgilangan.
Umumiy qoidaga ko‘ra, amnistiya akti u chiqarilgunga qadar sodir etilgan jinoyatlarga nisbatan tatbiq etiladi. Uzoqqa cho‘zilgan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan, amnistiya akti, agar jinoyatni tashkil etuvchi barcha harakatlar amnistiya akti kuchga kirgunga qadar (chiqqan vaqti, qonuniy kuchga kirgan vaqti) amalga oshirilgan bo‘lsa tatbiq etiladi.
Davomli jinoyatlarda ham amnistiya akti o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, bu akt oxirgi jinoyat amnistiya akti chiqarilgunga qadar sodir etilib, agar bu amnistiya aktida maxsus ko‘rsatilgan bo‘lsa qo‘llaniladi, agar jinoiy harakatlardan biri amnistiya akti chiqa­rilganidan yoki qonuniy kuchga kirganidan so‘ng sodir etilgan bo‘lsa tatbiq etilmaydi.
Amnistiya akti asosida shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish davlat tomonidan uning jinoyatini emas, balki shaxsning kechi­rilishidir.

1. Javobgarlikdan ozod qilish deganda nimani tushunasiz?


2. Javobgarlikdan ozod qilishning turlarini bayon eting.
3. Javobgarlikka tortish muddatlari qonunda qanday belgilangan?
4. Qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganlik munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish deganda nimani tushunasiz?
5. Aybdor o‘z qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish deganda nimani tushunasiz va uni jinoyatdan ixtiyoriy qaytishdan farqi nima?
6. Yarashilganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish deganda nimalarni tushunasiz?
7. Yarashganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish shartlarini sanab bering.
8. Yarashganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish qo‘llanishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni bayon eting.
9. Qanday kasalliklar shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchun asos bo‘ladi?
10. Amnistiya asosida javobgarlikdan ozod qilish nima?


17-bob. JAZODAN OZOD QILISH. SUDLANGANLIK



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin