O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotganlgi munosabati bilan jazodan ozod qilish



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə109/126
tarix12.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#112156
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   126
jinoyat huquqi

17.3. Shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotganlgi munosabati bilan jazodan ozod qilish

Jinoyat huquqida sharoitning o‘zgarishi yoki jinoyat sodir etgan shaxs ijtimoiy xavfliligini yo‘qotsa, jazoning maxsus va umumiy ogohlantirish vazifalari nuqtayi nazaridan unga nisbatan jazo qo‘llanishi maqsadga muvofiq emas. Bunday holatda jinoyat sodir etgan shaxsni jinoyat-huquqiy ta’sir chorasi vositasida qayta tarbiyalash zaruriyati qolmaydi.


Jinoyat kodeksining 70-moddasiga ko‘ra, jinoyat sodir etgan shaxsning ishi sudda ko‘rilayotgan vaqtgacha sharoit o‘zgarsa yoki namunali xulqi, mehnatga, o‘qishga halol munosabati bilan o‘zini ko‘rsatib, ijtimoiy xavfliligini yo‘qotgan, deb e’tirof etilsa, sud uni jazodan ozod qilishi mumkin.
Jazodan ozod qilishning ushbu turi ikkita o‘ziga xos belgiga ega:

1) sharoitning, ya’ni vaziyatning o‘zgarishi;


2) shaxsning ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi.

Sharoitning o‘zgarishi jinoyat sodir etilgan vaqtida mavjud bo‘lgan sharoitning keyinchalik o‘zgarishidan iborat. Bunday sharoitlar deganda, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy xususiyatdagi va jinoyat sodir etish vaqti, joyi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlar tushuniladi. Bu o‘zgarishlar obyektiv xususiyatga ega bo‘lganligi sababli, aybdorning xohishiga bog‘liq bo‘lmaydi. Bunda obyektiv voqeiylikning o‘zgarishi bois sodir etilgan jinoyatning yangi ijtimoiy sharoitlarda o‘zining ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi tushuniladi. Odatda, obyektiv ijtimoiy shart-sharoitlarning o‘z­garishi, nafaqat, qilmishning balki shu turdagi o‘xshash qilmish­larning ham ijtimoiy xavfliligi o‘zgarishiga olib keladi. Bunday sharoitning o‘zgarishi aybdorning xohish irodasidan tashqarida sodir bo‘lib, jamiyatning barcha fuqarolariga yoxud muayyan viloyat, tuman yoki hokazolarning aholisiga yoki muassasa yoxud birlashmalarning xodimi va ishchilariga taalluqli bo‘ladi.


Shaxsni ijtimoiy xavfli emas deb topish uning namunali xulqi va mehnatga yoki o‘qishga halol munosabatda bo‘lishi bilan bog‘liqdir.
Shaxsning namunali xulqi uni ijtimoiy turmush qoidalariga to‘liq rioya qilishi, huquq-tartibotni mustahkamlashga faol yordam berishi, jamiyatda o‘rnatilgan tartib qoidalarini buzmaslgi, spirtli ichimliklar iste’mol qilmaslgi, jinoyat tufayli yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda qoplashi va boshqa holatlarda ifodalanadi.
Mehnatga halol munosabatda bo‘lishi deganda, shaxsning halol mehnat qilishi, ichki tartib qoidalarni o‘z vaqtida bajarishi, mehnatni muhofaza qilish normalarini buzmasligi, ijtimoiy foydali harakatlarni amalga oshirishi, mehnat intizomiga rioya etishi tushuniladi. Agar ilgari jinoyat sodir etgan shaxs axloqan tuzalgan bo‘lsa-yu, lekin mehnat qilmasdan tekinxo‘rlik bilan kun kechirib kelgan bo‘lsa, uni ijtimoiy xavfli emas, deb hisoblash uchun asos bo‘lmaydi.
O‘qishga halol munosabatda bo‘lish belgilangan o‘quv soatlarini to‘liq o‘zlashtirish, belgilangan tartibga rioya qilish, namunali xulqli bo‘lish va o‘quv hamda amaliy faoliyatni amalga oshirishga qaror qilganlikda ifodalanadi.
Shaxsning jinoyat sodir etganidan keyingi xulqi uning huquq normalaridagi va jamiyatdagi umume’tirof etilgan qoidalarning barcha ko‘rsatkichlarga rioya qilishidan iboratdir. Buni aniqlash uchun muayyan vaqt talab etiladi. Shaxsning mehnatga va o‘qishga halol munosabatini uning asosiy ish joyida va o‘qishdagi unga yuklatilgan vazifalarni aniq, halol va samarali bajarishini tushu­nish lozim.
Shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyati yo‘qolganligiga ko‘ra, jazodan ozod qilish uchun jinoyat sodir etilgandan so‘ng muayyan vaqtning o‘tishi, shaxsning mehnatga va o‘qishga halol munosabatda bo‘lishi va namunali xulqi asos hisoblanadi. Bu holatda, nafaqat, shaxsning ijtimoiy foydali mehnatda ishtiroki va xavflilik xususiyatini yo‘qotganligi, balki uning o‘z fuqarolik burchlariga halol muno­sabatda bo‘lishi, jinoyat sodir etganiga pushaymonligi, jinoyat oqibatlarini bartaraf etishga harakat qilganligi ham e’tiborga olinadi.
Bu asosga ko‘ra jazodan ozod qilish xuddi shu asosga ko‘ra jinoiy javobgarlikdan ozod qilishdan farqli o‘laroq, har qanday jinoyat sodir etilganida qo‘llanishi mumkin. Shaxsning ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi tufayli jazodan ozod qilish faqat sudning jazo tayinlamasdan chiqarilgan ayblov hukmi asosida amalga oshiriladi.



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin