O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Aybdorning o‘z qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə110/126
tarix12.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#112156
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   126
jinoyat huquqi

17.4. Aybdorning o‘z qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish

Jinoyat kodeksining 71-moddasiga muvofiq, agar ijtmoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u jinoyat sodir etgandan keyin yetkazilgan zararni bartaraf etib, o‘z ixtiyori bilan aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilgan bo‘lsa, sud uni jazodan ozod qilishi mumkin.


Aybdorning o‘z qilmishiga chin ko‘ngilandan pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish deganda, jinoyat sodir etgan shaxsning zararni qoplash va huquqni muhofaza qilish organlariga jinoyatni ochish va uni sodir etgan shaxslarni qidirib topishga yordam berishga qaratilgan faol xulqi tushuniladi.
Aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilish chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lishning tarkibiy qismi sifatida, shaxsning o‘z xohishi bilan hech qanday zo‘rlashlarsiz tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga og‘zaki yoki yozma tartibda murojaat qilishida ifodalanadi.
Jinoyat tufayli yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilish chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lishning bir turi sifatida quyidagilarni anglatadi:
1) jinoyat natijasida talon-taroj qiligan mulkka o‘xshash mulkni qonuniy egasiga natura tarzida qaytarib berish yoxud uni tergov organiga ixtiyoriy tarzda qaytarish;
2) jinoyat tufayli ko‘rilgan zararni pul ko‘rinishida qaytarish;
3) jabrlanuvchining jinoyat tufayli zarar yetkazilgan mulkini o‘z kuchi bilan yoki mehnati bilan asl holiga keltirish (masalan, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan transport hodisasi tufayli zarar ko‘rgan avtomobilni ta’mirlash).
Haqorat bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishida ma’naviy zararni undirish, jabrlanuvchidan uzr so‘rash orqali amalga oshirilishi mumkin. Agar ommaviy axborot vositalari orqali so‘ralgan bo‘lsa, katta samara beradi.
O‘zbekiston Respublikasining yangi Fuqarolik kodeksida ma’naviy zararni pul shaklida qoplash ham belgilangan. Yetkazilgan jismoniy zarar ham pul ko‘rinishida qoplanishi mumkin.
Ayblanuvchi ehtiyotsizlikdan jabrlanuvchining sog‘lig‘iga shikast yetkazib, uning davolanishi, oziq-ovqati, unga qarash uchun ketgan xarajatlarni, sanatoriyga yo‘llanma xarajatlarini qoplagan, shuningdek, jabrlanuvchining oila a’zolariga moddiy yordam bergan hollarda ham chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lishning belgilari mavjud bo‘ladi. Bunday holatda moddiy zararning, shuningdek, jismoniy va ma’naviy zararning qoplanganligi hisobga olinadi.
Jinoyat kodeksining 71-moddasi, 2-qismida boshqa shaxslar bilan birgalikda jinoyat sodir etishda ishtirok qilgan yoki uyushgan guruh yoxud jinoiy uyushma a’zosi bo‘lgan shaxs, basharti, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda bevosita ishtirok etmagan bo‘lsa, shaxsan o‘zi yoki uning vakili hokimiyat organiga o‘z ixtiyori bilan kelib qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lsa va jinoyatning oldini olish, jinoyatni ochish yoki uning tashkilotchilarini yoxud boshqa ishtirokchilarini fosh qilishga yordam bergan bo‘lsa, sud uni jazodan ozod qilishi mumkin.
Mazkur turdagi jazodan ozod qilishni qo‘llash uchun:

a) ishtirokchilikning har qanday shaklida jinoyat sodir etganlik;


b) chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganlik;
d) shaxsning og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatni sodir etishda bevosita qatnashmaganlik;
e) jinoyatning oldini olish, jinoyatni ochishda yordam ber­ganlik;
f) jinoyat tashkilotchilari yoki boshqa ishtirokchilarni fosh qilishga yordam berganligi asos bo‘lib hisoblanadi.

Ishtirokchilikning har qanday shaklida jinoyat sodir etganlik deganda, ishtirokchilik shakllari nazarda tutilgan. Ma’lumki, Jinoyat kodeksining 29-moddasi, 1-qismida ishtirokchilikning quyidagi shakllari ko‘rsatilgan:


1) oddiy ishtirokchilik, ya’ni ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirmay jinoyat sodir etishda qatnashishidir;


2) murakkab ishtirokchilik, ya’ni ikki yoki undan ortiq shaxs­ning oldindan til biriktirib jinoyat sodir etilishida ishtirok qilishidir;
3) uyushgan guruh, ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borishi uchun oldindan bir guruhga birla­shishidir;
4) jinoiy uyushma, ya’ni ikki yoki undan ortiq uyushgan guruhning jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun oldindan birlashishidir.

Aybdorning chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lishi, uning faol harakatlarida ifodalanib, u ikki: aybini bo‘yniga olishi va zararni ixtiyoriy ravishda qoplashdan iborat bo‘ladi. Aybini bo‘yniga olib arz qilish shaxsning bevosita o‘zi yoki boshqa shaxslar vositasida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilib, ularga tayyorlangan jinoyatni yoki guruhning ijtimoiy xavfli faoliyatini bartaraf etishga, sodir etilgan jinoyatni ochish, jinoyatning boshqa ishtirokchilarini fosh qilishga yordam berish niyati haqida xabar berishi bilan amalga oshiriladi. Shaxs chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi o‘zining qilmishi xatoligini anglaydi va uni qoralaydi. Bu o‘rinda xabarning aybdorning o‘zi yoki boshqa shaxslar tomonidan berilganligining ahamiyati yo‘q. Xabar berish yozma, og‘zaki yoki boshqa shakllarda (telefon orqali, video yozuv, audio kassetada ovoz yozib olish orqali) amalga oshirilishi mumkin.


Ushbu asosga ko‘ra, jinoiy jazodan ozod qilishning shartlaridan yana biri shaxsning og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ishtirok etmagan bo‘lishi lozimligidir. Jinoyat kodeksining 15-moddasida jinoyatlar tasnifi berilgan bo‘lib, unga ko‘ra, jinoyatlar ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarga ajratilgan.
Agar shaxs hali bironta ham jinoyat sodir etmagan, ammo qurolli uyushgan guruhda qatnashish uchun rozilik bergan va u mazkur guruhning jinoiy rejalaridan boxabar bo‘lsa, chindan ham tashkilotchilar va qatnashchilarni topib bergan holda fosh qilishda ko‘maklashgan bo‘lsa, xususan, mazkur shaxslar ushlanganda guruhning jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanishining oldini olishga yordam bersa, bunday holda ham jinoiy jazodan ozod qilinishi mumkin.
Demak, ushbu asosga ko‘ra jazodan ozod qilish uchun quyidagi belgilar mavjud bo‘lishi lozim:

1) birinchi marta jinoyat sodir etilganligi;


2) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etilganligi;
3) aydorning aybini bo‘yniga olib, arz qilganligi;
4) yetkazilgan zararning ixtiyoriy tarzda qoplanganligi.

Bu elementlarning barchasi mavjud bo‘lganida, shaxs ushbu asosga ko‘ra jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.





Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin