O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Jinoyat obyekti tushunchasi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə33/126
tarix12.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#112156
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   126
jinoyat huquqi

5.1. Jinoyat obyekti tushunchasi

Jinoyatning obyekti jinoyat tarkibining elementlaridan biridir. Har qanday jinoyat shubhasiz u yoki bu obyektni tajovuz qilish bilan sodir etiladi. Shuning uchun jinoyat obyektini to‘g‘ri aniqlash jinoyatning huquqiy mohiyatini aniqlash, eng asosiysi, jinoyat obyektiga yetkazilgan zararga qarab, qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish imkonini beradi.


Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyatning obyekti deganda, jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan har qanday ijtimoiy munosabat jinoyatninig umumiy obyekti hisoblanadi. Masalan, Jinoyat kodeksining 2-moddasida: «Jinoyat kodeksining vazifalari shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfa­atlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlash, shuningdek, jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni respublika konstitutsiyasi va qonunlarga rioya qilish ruhida tarbiyalashdan iboratdir», deyilgan.
Shuni ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonuni tomonidan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar jinoyatning umumiy obyekti hisoblanadi. Ammo har qanday ijtimoiy munosabatlar ham jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan obyekt bo‘la bermaydi, ba’zi ijtimoiy munosabatlar boshqa huquqiy normalar bilan qo‘riqlanadi. Masalan, qarz beruvchi bilan qarzdor o‘rtasida da’volar fuqarolik huquqi bilan tartibga solinadi.
Jinoyat obyektini aniqlash orqali aybdor qanday jinoyat (o‘g‘rilik, nomusga tegish, haqorat qilish va hokazolar)ni sodir etganligini aniqlashimiz mumkin. Jinoyat obyekti har bir jinoyat tarkibining zaruriy elementidir. Jinoyat qonuni bilan qo‘riqlan­maydigan obyektga qarshi qaratilgan harakat jinoyat hisoblanmaydi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ayrim hollardagina Jinoyat kodeksining moddalarida jinoyatning obyekti to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘ladi. Qolgan barcha hollarda jinoyat obyekti Jinoyat kodeksi «Maxsus» qismining aniq bir moddasida nazarda tutilgan qilmishning jinoyatga tarkibi uning joylanishi bo‘yicha tahlil etib aniqlanadi. Ijtimoiy munosabatlar insonlar o‘rtasidagi hayotni faoliyat jarayonida vujudga keladigan ma’lum aloqalardir. Ma’lumki, har qanday ijtimoiy munosabat tarkibiga, albatta, uning subyekt­lari kiradi. Shuning uchun ijtimoiy munosabatlarning subyekti har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs (davlat, birlashma, jamoa va boshqalar) bo‘lishi mumkin. Har qanday ijtimoiy munosabatning zaruriy elementi uning predmetidir. Aybdor jinoyat predmetiga ta’sir etish bilan Jinoyat kodeksi bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazadi. Masalan, o‘zganing mulkini o‘zlashtirishda aybdor shaxs mulkiy munosabatlarga ta’sir etib, jinoyat predmeti hisoblangan pul, qimmatbaho buyumlar yoki boshqa narsalarni talon-taroj qiladi.



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin