"Mashinalarni loyihalash asoslari" fani asosnyixtisoslik fani hisoblanib 7-semestrida o‘qitiladi. Dasturniamalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliymatematika, fizika, nazariy mexanika), umumkasbiy (amaliy mexanika,metrologiya, sertifikatlashtirish va standartlashtirish asoslari,gidravlika; elektrotexnika va elektr yuritmalari, tabiiy tolalarnidastlabki ishlash) va ixtisoslik (tolali materiallarni quritish va namlash,) fanlaridan yetarli bilim va ko ‘nikmalarga ega bo ‘lishi lozim.
Fannnng ilm-fan va ishlab chiqarishdagi o‘rni "Mashinalarni loyihalash asoslari" fanida paxta tozalash sanoatining taraqqiyoti. chigitli paxtani qabul qilish, namunalar olish, sifat ko ‘rsatkichlarini aniqlash, chigitli paxtani seleksion va sanoat navlari hamda sinflarini inobatga olgan holda g‘aram maydonlariga va yopiq omborlarga joylashtirish, uning sifat ko ‘rsatkichlarini nazorat qilish, paxtani tozalash, tolani chigitdan va momiqni chigitdan ajratish, tola va momiqni tozalash, tolali chiqindilarni qayta ishlash, tolali maxsulotlarni toylash va sifatini belgilash hamda texnologik uskunalarni ta ‘mirlash bo ‘limining vazifasi xaqida to ‘liq ma ‘lumot beriladi. SHuning uchun ushbu fan asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, ishlab chiqarish texnologik tizimining ajralmas bo‘g‘inidir.
Fanni o ‘qitishda zamonyaviy axborot va pedagogik texnologiyalar Talabalarning "Mashinalarni loyihalash asoslari" faning o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg ‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim axamiyatga egadir. Fanni o ‘zlashtirishda darslik,o‘quv va uslubiy qo ‘llanmalar, ma ‘ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar hamda ishchi xolatdagi mashinalarning ishlab chiqarishdagi namunalari va maketlaridan foydalaniladi. Ma‘ruza, amaliy va laboratoriya darslariga mos ravishdagi ilg‘or pedagogiktexnologiyalardan foydalaniladi.