3 (qoniqarli) baho – talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiYatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega;
2 (qoniqarsiz) baho – talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiYatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas.
Oraliq baholash: “Oliy ta ‘lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi NIZOM”ning 2-bob 5-bandiga asosan talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Oraliq nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Yakuniy baholash: Yakuniy nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bi limini baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi yakuniy nazorat turini o‘tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi. Talaba fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan bo‘lishi shart. Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha
«2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba Yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.