O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 350,23 Kb.
səhifə21/62
tarix20.06.2023
ölçüsü350,23 Kb.
#133287
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   62
jITmmj7T4l6WJhod972

Savol va topshiriqlar:


  1. O‘zbek terminologiyasining ichki imkoniyatlari hisobiga rivojalanishi qanday holatda?

  2. O‘zbek terminologiyasining yasalish usullari xususida bahslashing.

  3. “Davlat tili haqada”gi Qonun terminologiyani monitoring qilishda qanday ahamiyatga ega?

  4. O‘tgan asrning 90-yillari o‘zbek terminologiyasida sodir bo‘lgan jarayonlar xususida fikr yuriting.

  5. Hozirgi o‘zbek terminologiyasi tarkibidagi arabcha o‘zlashmalargi misollar keltiring.

  6. Hozirgi o‘zbek terminologiyasida qo‘llanayotgan forscha-tojikcha o‘zlashmalarga to‘xtaling.

  7. Hozirgi o‘zbek tibbiy terminlari sirasida qo‘llanayotgan lotincha o‘zlashmalarni aniqlang.

  8. Quyidagi matnda ishlstilgan terminlarning ma’nosini izohlang:

    1. Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” dostonida Iskandarning ra’d to‘pi bilan dushman qal’asini o‘qqa tutish manzarasini tasvirlar ekan, to‘pdan o‘q-tosh otilganda dahshatli sado, o‘t-alanga, qora tutun va badbo‘y hid hosil bo‘lishini yozadi. Ra’d to‘pining qanday usul bilan quyilishi ushbu asarda o‘ta jonli va qiziqarli bayon etilgan. Avval qalay, simob va mis qotishmalari temir bilan qorishtirilib, damli o‘choq va ko‘rada eritilgan. Eritmadan ichi bo‘sh, koptokka o‘xshash, dumoloq shakldagi snaryad-ra’d toshi yasalgan. Bu snaryad ichi doru (adoviy), ya’ni porox bilan to‘ldirilgan. Snaryad sirtida ikkita teshik bo‘lib, ularga o‘t piligi-fatila o‘rnatilgan. So‘ngra snaryad to‘p kamoni-ra’d yoyiga joylashtirilgan. O‘t piliklari yoqilgach, snaryad-tosh yov qal’asi yoki qo‘rg‘oni tomon otib yuborilgan. Snaryad yerga tushib portlashi bilan dahshatli shovqin chiqqan. Albatta, bunday to‘plar qamaldagilarni qattiq

vahimaga solgan va aksar hollarda ularning taslim bo‘lishini ma’lum darajada ta’minlagan.


Test:


  1. O‘zbek terminologiyasining o‘z boyliklari hisobiga taraqqiy etishi necha yo‘l bilan voqelanadi?

    1. uch

    2. ikki

S) to‘rt
D) besh

  1. Termin yasashning nechta usulidan unumli istifoda etiladi?

    1. ikki

    2. uch

S) to‘rt
D) besh

  1. “Davlat tili haqida”gi Qonunning qaysi moddasida ilmiy- texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy terminlarni joriy etish hisobiga o‘zbek tilining boyitilishi nazarda tutilgan?

    1. to‘rtinchi

    2. beshinchi

S) oltinchi
D) yettinchi

  1. 90-yillarda pultopar leksemasini qaysi termin o‘rnida ishlatishga harakat qilingan edi?

    1. biznesmen

    2. biznes

S) makler
D) tojir

  1. 90-yillarda attestatsiya o‘zlashmasi o‘rnida qaysi so‘zni ishlatish tavsiya etilgan edi?

    1. malakaqog‘oz

    2. malakapatta

S) malakasinov
D) malakaimtihon

  1. Yo‘l xaritasi” birikma termini qanday usul bilan yasalgan?

    1. kompozitsiya

    2. affiksatsiya

S) semantik
D) kalkalash


  1. Yüklə 350,23 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin