O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 350,23 Kb.
səhifə40/62
tarix20.06.2023
ölçüsü350,23 Kb.
#133287
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   62
jITmmj7T4l6WJhod972

Aviatsiya giperonimining qirg‘oq mudofaa aviatsiyasi, yaqinga uchadigan aviatsiya, hamkorlik aviatsiyasi, harbiy-dengiz floti aviatsiyasi, yordamchi aviatsiya, uzoqqa uchuvchi aviatsiya, fuqarolik
aviatsiyasi, bevosita pana qiluvchi aviatsiya, harbiy havo mudofaasi (HHM) aviatsiyasi, madadchi aviatsiya, aloqa aviatsiyasi, maxsus topshiriqlar aviatsiyasi, bosh qo‘mondonlik zahira aviatsiyasi singari giponimik qatorlari harbiy terminologiyadan keng o‘rin olgan.
Shunga o‘xshash munosabatlarning huquqshunoslik terminologiyasida ham bot-bot namoyon bo‘lishini ko‘rish mumkin. M., sir giperonimi asosida advokat siri, aloqa siri, davlat siri, kasb siri, maslahatxona siri, muassasa siri, omonat siri, yozishmalar siri,tashkilot siri, farzandlikka olish siri, xavfsizlik siri kabi giponimlar voqelangan.
Tilshunoslik//lingvistika giperonimi qiyosiy-tarixiy tilshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tipologik tilshunoslik, gender tilshunosligi, kognitiv tilshunoslik, pragmatik tilshunoslik, sotsiolingvistika, psixolingvistika, kompyuter tilshunosligi, etnolingvistika, mentalingvistika, neyrolingvistika, biolingvistika singari giponimik qatorlarni yuzaga keltirgan.
Ulkan ko‘lamli terminologiya giperonimi arxeologiya terminologiyasi, biologiya terminologiyasi, botanika terminologiyasi, bojxona-soliq terminologiyasi, ijtimoiy-siyosiy terminologiya, kimyo terminologiyasi, musiqa terminologiyasi,sport terminologiyasi,ilmiy- texnikaviy terminologiya, transport terminologiyasi, ekologik terminologiya, harbiy terminologiya, tilshunoslik terminologiyasi, adabiyotshunoslik terminologiyasi,tarixiy terminologiya, zamonaviy terminologiya va h.k. giponimlardan tashkil topgan.
Baliq giperonimi giponimlari qatoriga mo‘ylovdor baliq, moybaliq, oq amur, oqcha, sazan, xumbosh baliq, qizilko‘z baliq, do‘ngpeshona baliq, laqqa baliq va h.k. kiritish mumkin.
Kompyuter tilshunosligida keng qo‘llanuvchi modellashtirish giperonimi informatsion modellashtirish, imitatsion modellashtirish, iqtisodiy-matematik modellashtirish, lingvistik sodellashtirish, kognitiv modellashtirish, kompyuterli modellashtirish, matematik modellashtirish, matematik-kartografik modellashtirish, molekulyar modellashtirish, mantiqiy modellashtirish, pedagogik modellashtirish, psixologik modellashtirish, statistik modellashtirish, struktur modellashtirish, fizik modellashtirish, evolyutsion modellashtirish kabi giponimlarni qamrab oladi.
Partonimiya tilda xolo-meronimik, ya’ni butun-bo‘lak munosabatini reallashtiruvchi hodisa sanalib, u tilning leksik-semantik sathi, ayniqsa, terminologik sistemasida yaqqol namoyon bo‘ladi. Chunonchi, armiya xolonimi korpus, diviziya, brigada, polk, batalyon, rota, vzvod, bo‘lim;
anatomiyaga oid gavda butunnomi bosh, ko‘z, quloq, og‘iz, bo‘yin, yelga, ko‘krak, bel, chanoq, but, qo‘l, bilak, barmoq, oyoq, tizza, panja; ekologiyaga xos tog‘ xolonimi dara, cho‘qqi, yonbag‘ir, tepalik, o‘r, qir, jar, zovur; botanikaga doir daraxt butunnom o‘zak-tana, shox-butoq, novda, barg-yaproq, gul-chechak, tomir-ildiz, po‘stloq kabi meronimlarni o‘zida birlashtiradi.
Leksik-semantik sathda keng ifodasini topgan graduonimik munosabatlar terminlar sistemasida ham tez-tez voqelanadi. Xususan, ushbu munosabat yer sathining gorizontal ko‘rinishini anglatuvchi qir- adir-tepa-tog‘; dasht-cho‘l-biyobon-sahro terminlari orasidagi darajalanishda namoyon bo‘lgan. Ayni munosabatni mehnat staji- maxsus mehnat staji-uzluksiz mehnat staji-umumiy mehnat staji kabi yuridik, zonani qurolsizlantirish-chegarani qurolsizlantirish-hududni qurolsizlantirish-mamlakatni qurolsizlantirish-mintaqani qurolsizlantirish-qit’ani qurolsizlantirish singari harbiy terminlar darajalanishida ham kuzatamiz.
Tilshunoslik terminlari tizimiida sodir bo‘luvchi graduonimiya so‘z- so‘z birikmasi-sodda gap-uyushiq kesimli gap-uyushgan gap-qo‘shma gap- matn munosabatida yaqqol aks etadi.
Botanikada daraxt terminining graduonimik munosabati urug‘- nihol-ko‘chat-daraxt tarzida voqelanadi.
O‘zbek terminologiyasi tilning leksik qatlami singari ochiq sistema hisoblanib, unda yuqorida kuzatilgan paradigmalar qatori, sinonimik va antonimik munosabatlar ham voqelanadi.
Sinonimlar boshqa tillardagi kabi o‘zbek termiologiyasi sistemasida ham faol qo‘llanuvchi leksik birliklar sanaladi. O‘zbek terminologiyasining barcha shakllanish va rivojlanish bosqichlarida mavjud bo‘lgan termin-sinonimlarning salmoqli ulushini mutlaq sinonimlar tashkil qiladi: bilga-bilguchi “olim”, satg‘uchi-sart “savdogar, tojir”, elchi-rasul “elchi”, elchi-rasul-payg‘ambar “payg‘ambar”, qarg‘a-quzg‘un “qarg‘a”, chayon-aqrab “Chayon burji”, yulduz ilmi-nujum ilmi-ilmi nujum “astronomiya, astrologiya”, to‘p- zambarak, to‘pchi-artilleriyachi, attashe-vakil, shinak-tuynuk, qo‘poruvchi-diversiyachi, tilshunoslik-lingvistika, graduonimiya- darajalanish, mablag‘-budjet, hisobchi-buxgalter, sotqin-xoin va h.k.
Stilistik termin-sinonimlar mumtoz asarlar, ayniqsa, nazmda bitilgan obidalar so‘z boyligida bot-bot ko‘zga tashlanadi: Tir-Munshiy “Merkuriy”, Mirrix-Turki falak “Mars”, aloqachi-chopar, g‘o‘l-qalb “qo‘shin markazi”, janggoh-ma’rakagoh “jang maydoni”, urush-

Yüklə 350,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin