O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Arxaizm - ma’lum davr uchun eskirgan, qo‘llanishdan chiqa boshlagan til birligi ( so‘z, leksema, termin, frazema va h.k.). Arergard



Yüklə 350,23 Kb.
səhifə59/62
tarix20.06.2023
ölçüsü350,23 Kb.
#133287
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62
jITmmj7T4l6WJhod972

Arxaizm - ma’lum davr uchun eskirgan, qo‘llanishdan chiqa boshlagan til birligi ( so‘z, leksema, termin, frazema va h.k.).
Arergard - harbiy yurish, jang yoxud chekinish paytida asosiy kuchlarning ketidan boruvchi va ularni dushmanning orqadan kelib hujum qilishidan saqlovchi askariy qism.
Derivatsiya - qo‘shimchalar yordamida yoki qo‘shimchalarsiz yangi so‘z yasash.
Determinat - aniqlovchi.
Determinativ – so‘zning o‘zakdan keyin keluvchi qismi.
Dialekt - umumxalq jonli so‘zlashuv tilining ma’lum areal, hududda qo‘llanadigan ko‘rinishi.
Diaxroniya - til holatining zamonda o‘zgarishi, tilning tadrijiy taraqqiyoti.
Dilema – bir-biriga zid ikki imkoniyatdan birini tanlash.
Fakultativ - majburiy bo‘lmagan, ixtiyoriy ravishda saylab olinadigan, ixtiyoriy.
Flora - yer kurrasining biror qismi yoki biror geologik davrning barcha o‘simliklari; o‘simliklar dunyosi.
Freym - tilning muloqotni ta’minlovchi va olam manzarasini aks ettiruvchi tizim ekanligini isbotlashga qaratilgan tahlil uslubi.
Geshtalt - ruhiy tuzilmalar, obrazlarning o‘ziga xos yaxlitligini ta’minlovchi belgi va xususiyatlar umumlashmasi.
Geterogen - tarkiban har xil.
Gomogen - tarkiban bir xil.
Ilmiy termin - til so‘z boyligining tarkibiy qismi hisoblanib,
shaklan va tuzilishiga binoan sodda, yaxlit va qisqa leksik shaklga ega bo‘ladi. Ilmiy matnlarning lug‘aviy boyligi vositasi sanaladi. Ilmiy sohalarning talab va ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qiladi.
Interdepensiya - bir biriga tobelik, o‘zaro bog‘liqlik.
Kategoriyalashtirish – ma’lum turdagi harakat bosqichlarini qamrab oladigan murakkab aqliy mental va lisoniy jarayon.
Konsept - asosida tushuncha, obraz va lisoniy ma’no yotuvchi tafakkyr birligi.
Konseptsfera - kategoriyalashtirilgan, qayta ishlov berilgan, standartlashtirilgan madaniy konseptning xalq ongida aks etgan yig‘indisi.

Yüklə 350,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin