O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


-rasm. Aholi soni o‘sishining iqtisodiy muvozanatga



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə108/160
tarix12.10.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#154786
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   160
Makroiqtisodiyot Zaxidov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]

15.4.-rasm. Aholi soni o‘sishining iqtisodiy muvozanatga


ta’siri91

Matematik jihatdan o‘zgarmas kapital bilan qurolanganlik sharoitidagi iqtisodiyotda barqaror muvozanat sharti quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:


Δk=sf(k)-(d+n)k=0 yoki sf(k)=(d+n)k
Tenglamadagi (d+n)k investitsiyalarning kritik kattaligini xarakterlaydi. Ya’ni bir ishchiga to‘g‘ri keladigan kapitalni doimiy o‘zgarmas darajada saqlab turadigan hajmini ifodalaydi.
Aholi o‘sishining hisobga olgan holda R. Solou modelini grafik jihatdan ifodalash uchun mehnatning kapital bilan qurollanganligi barqaror darajasini (k*) deb belgilaymiz. Aniqlaganimizdek, agar bir ishchiga to‘g‘ri keladigan kapital (k=const) bo‘lsa iqtisodiyot muvozanat holatida bo‘ladi. Agar k11) k* ga qadar o‘sadi. Agar k2>k*, unda investitsiyalar ularning kritik darajasidan past va (k2) k* ga qadar pasayadi.
Model iqtisodiyot barqaror holatda bo‘lishi uchun investitsiyalar sf(k) kapital chiqib ketishi va aholining o‘sishi (d+n)k oqibatlarini qoplashi kerakligini ko‘rsatadi. B holda kapital bilan qurollanganlik (k)





91 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 226
va mehnat unumdorligi (y) o‘zgarmas qoladi. Lekin aholi o‘sishida kapitalning doimiyligi rapital ham aholiga mos sur’atda o‘sishi kerakligini anglatadi: ya’ni:

ΔY/Y=ΔL/L=ΔΚ/K=n


Bundan quyidagi xulosa kelib chiqadi: aholining o‘sishi – iqtisoiyotning barqarorlik holati sharoiidagi uzluksiz iqtisodiy o‘sishning sabablaridan biri.
Biroq agar aholining o‘sishi investitsiyaning oshishi bilan birga bormasa, unda bu bir ishchiga tug‘ri keladigan kapital zahirasining kamayishiga olib keladi.Aholining n dan n1 ga o‘sishi (d+n)k chizig‘ini yuqoriga (d+n1)k holatiga siljitadi. Bu esa kapital bilan qurollanganlikni k* dan k1* gacha qisqartiradi.
Shunday qilib, R.Solou modeli aholi o‘sishining yuqori sur’atlarga ega bo‘lgan davlatlarda kapital bilan qurollanganlik past – demakki, daromadlar ham past bo‘lishini tushuntirib beradi.
R.Soluning fikriga ko‘ra , barqaror muvozanat sharoitida kapital, mehnat va milliy daromad darajasi bir xil, aholi soni o‘sishiga teng sur’atda o‘sib boradi. Aholi sonining tez o‘sishi iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari jadallashishiga ta’sir etadi, ammo barqaror muvozanat holatida aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarish kamayadi.
O‘z navbatida, jamg‘arish normasining oshirilishi aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad miqdorini oshiradi va kapital bilan qurollanganlik koeffitsentini ko‘tarilishiga olib keladi, lekin barqaror holatdagi o‘sish sur’atiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Shu sababli barqaror holatdagi iqtisodiy o‘sishning yagona sharti texnologik taraqqiyotning o‘sish sur’ati hisoblanadi.



    1. Yüklə 1,17 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin