O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Nazarot va muhokama uchun savollar



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə44/160
tarix12.10.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#154786
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   160
Makroiqtisodiyot Zaxidov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Nazarot va muhokama uchun savollar


  1. Yalpi talabga va uning komponentlarini ta’rif bering.

  2. Yalpi talab egri chizig‘i quyiga egilgan traektoriyaga ega bo‘lishi sababi nimada?

  3. Yalpi talabning boshqa omillariga va ularning AD egri chizig‘iga ta’siriga izoh bering.

  4. Yalpi taklif egri chizig‘i shakli qaysi sabablarga ko‘ra murakkab ko‘rinishga ega?

  5. AD-AS modelidagi makroiqtisodiy muvozanat holatini va uning shartlarini tushuntiring.

  6. Yalpi talab o‘zgarishi modeldagi muvozanat holatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

  7. Yalpi taklif o‘zgarishi modeldagi muvozanat holatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
  1. BOB. ISTE’MOL, JAMG‘ARISH VA INVESTITSIYA FUNKSIYALARI


Reja:

    1. Iste’mol va jamg‘arish, ularning grafiklari va funksiyalari.

    2. Iste’mol va jamg‘arishga o‘rtacha hamda chegaralangan moyillik.

    3. Investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funksiyasi.

    4. Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi foiz stavkasidan boshqa omillar. Akselerator modeli.

    5. O‘zbekiston Respublikasi investitsiya siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari




    1. Iste’mol va jamg‘arish, ularning grafiklari va funksiyalari.

Uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlari (bundan buyon iste’mol deb yuritiladi), yalpi talab, yoki YaIMning yakuniy iste’molga ko‘ra tarkibida eng katta ulushga ega bo‘lgan komponentdir. 2015 yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra respublikamizda bu ulush 58,6 %ni tashkil etgan. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlarda iste’mol xarajatlari shaxsiy tasarrufdagi daromadning 90 foizdan ortiq qismini tashkil etadi. Shu tufayli ham iste’mol xarajatlariga ta’sir etuvchi omillarni, uning o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega.
Uy xo‘jaliklari tasarrufidagi daromadning iste’mol qilinmasdan qolgan qismi ularning jamg‘armalarini tashkil etadi. Klassik maktab vakillari jamg‘arish hajmi foz stavkasining funksiyasi deb qarashsa J.M. Keyns uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlari va jamg‘arishlari hajmini belgilovchi asosiy omil ularning ishlab chiqarishda ishtirok etishdan olingan daromadlari deb hisoblaydi. Yanada aniqlik kiritsak iste’mol va jamg‘arish hajmini belgilovchi asosiy omil uy xo‘jaliklarining ishlab topgan daromadlari, olgan transfert to‘lovlari va to‘lagan soliqlari bilan belgilanadigan tasarrufidagi daromadi (DI – disposable income, yoki Yd) ko‘rsatkichidir.44 Makroiqtisodiy nazariyada iste’mol va jamg‘armalar,



44 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 64
milliy daromad yoki shaxsiy daromadlarning funksiyasi sifatida ham tadqiq qilinadi.
Ma’lumki, uy xo‘jaligi tasarrufidagi daromad iste’mol va jamg‘arish uchun ishlatiladi. Ya’ni, qancha ko‘p iste’mol qilinsa, shuncha kam jamg‘ariladi va aksincha. Iste’mol va jamg‘arish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik har xil daromadga ega bo‘lgan shaxslarda bir xil emas: kam daromadga ega bo‘lganlar, odatda, uning ko‘proq qismini iste’mol qilib, kamroq qismini jamg‘aradi, lekin daromadlari oshib borishi bilan bu nisbat jamg‘arish foydasiga o‘sadi. Bu bog‘liqlikni gipotetik ma’lumotlar asosida ko‘rib chiqamiz (6.1-jadval).



Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin