17.1-jadval O‘zbekistonning 2000 – 2018 yillardagi eksport – import
operatsiyalari dinamikasi100
Yillar
|
YaI M
mlrd.
dolla r
|
Eksport mln.dolla r
|
Import mln.dolla r
|
Eksport
—import saldosi mln.dolla
r
|
Eksportnin g YaIM dagi ulushi, foizda
|
Importnin g YaIM dagi ulushi,
foizda
|
2000
|
13,8
|
3264,7
|
2947,4
|
317,3
|
23,6
|
21,3
|
2001
|
11,62
|
3170,4
|
3136,9
|
33,5
|
27,3
|
27
|
2002
|
9,65
|
2988,4
|
2712
|
276,4
|
31
|
28,1
|
2003
|
10,13
|
3725
|
2964,2
|
760,8
|
36,8
|
29,3
|
2004
|
11,01
|
4853
|
3816
|
1037
|
44,1
|
34,7
|
2005
|
13,06
|
5408,8
|
4091,3
|
1317,5
|
41,4
|
31,3
|
2006
|
16,72
|
6389,8
|
4781,6
|
1608,2
|
38,2
|
28,6
|
2007
|
22,31
|
8991,5
|
6728,1
|
2263,4
|
40,3
|
30,2
|
2008
|
28,61
|
11493,3
|
9704
|
1789,3
|
40,2
|
33,9
|
2009
|
32,81
|
11771,3
|
9438,3
|
2333
|
35,9
|
28,8
|
2010
|
38,98
|
13023,4
|
9175,8
|
3847,6
|
33,4
|
23,5
|
2011
|
45,3
|
15021,3
|
11344,6
|
3676,7
|
33,1
|
25
|
2012
|
51,17
|
13599,6
|
12816,5
|
783,1
|
26,6
|
25
|
2013
|
57,7
|
14322,7
|
13946,9
|
375,8
|
24,8
|
24,1
|
2014
|
63,1
|
13545,7
|
13984,3
|
-438,6
|
21,5
|
22,2
|
2015
|
66,9
|
12507,6
|
12416,6
|
91,0
|
18,7
|
18,6
|
2016
|
67,1
|
12094,6
|
12137,6
|
-43,0
|
18,2
|
18,1
|
2017
|
48,7
|
12553,7
|
14012,4
|
-1458,7
|
25,9
|
28,7
|
2018
|
49.7
|
14 257,9
|
19 557,4
|
-5 299,5
|
28,8
|
39,4
|
Iqtisodiyotimiz tarkibidagi chuqur o‘zgarishlar mamlakatimiz eksport salohiyatini mustahkamlash, eksport hajmini barqaror oshirish va uning tarkibida ijobiy o‘zgarishlarga erishishda eng muhim omilga aylandi.
Eksportning o‘sishi iqtisodiy o‘sish sur’ati tezlashuvining asosiy omillaridan biriga aylandi. Eksportning o‘sishiga ham ichki omillar, ham tashqi omillar ta’sir ko‘rsatdi. Eksportning o‘sishini rag‘batlantiruvchi asosiy omillar, milliy valyutaning konvertatsiyalanishiga erishish, mahalliy tovarlarni eksportga chiqarishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, shuningdek, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar bo‘ldi.
Eksport siyosatini bosqichma-bosqich xomashyo eksportidan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar eksportiga yo‘naltirish sanoatning texnologik darajasi va uning tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish asosida amalga oshirildi. Ichki sanoatning rivojlanishi bilan bir paytda ayniqsa, xomashyo bilan bog‘liq bo‘lmagan tarmoqlarda eksportchilarni rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar bilan uyg‘unlikda proteksionizmni asta-sekinlik bilan qisqartirish o‘tkazildi. Savdo siyosati umuman iqtisodiyotning ko‘proq ochiqligiga yo‘naltirildi.
17.2-jadval O‘zbekiston Respublikasining eksport tarkibining
yillar bo‘yicha dinamikasi, foizda101
Eksport tarkibi
|
1990
yil
|
2000
yil
|
2011
yil
|
2012
yil
|
2013
yil
|
2014
yil
|
2015
yil
|
2016
yil
|
2017
yil
|
2018
yil
|
Paxta tolasi
|
59,7
|
27,5
|
9,0
|
9,3
|
8,1
|
7,7
|
6,1
|
5,3
|
3,8
|
1,6
|
Oziq-ovqat mahsulotlari
|
3,9
|
5,4
|
13,2
|
6,4
|
10,3
|
12,4
|
10,8
|
5,7
|
7,0
|
7,7
|
Kimyoviy mahsulotlar va ulardan tayyorlangan buyumlar
|
2,3
|
2,9
|
5,6
|
5,6
|
4,2
|
4,7
|
5,1
|
6,9
|
7,0
|
6,3
|
Yoqilg‘i va neft mahsulotlari
|
17,1
|
10,3
|
18,5
|
34,6
|
24
|
23,0
|
22,1
|
14,2
|
12,8
|
18,7
|
Qora va rangli metallar
|
4,6
|
6,6
|
7,4
|
7,8
|
6,7
|
7,2
|
6,8
|
5,9
|
7,3
|
8,2
|
Mashina va uskunalar
|
1,7
|
3,4
|
6,6
|
6,5
|
5,7
|
4,0
|
1,3
|
1,8
|
2,8
|
1,5
|
Xizmatlar
|
1,3
|
13,7
|
11,8
|
17,3
|
20,6
|
22,4
|
25,2
|
25,8
|
19,6
|
21,2
|
Boshqalar
|
9,4
|
30,2
|
27,8
|
12,5
|
20,4
|
18,6
|
22,6
|
34,4
|
39,7
|
34,8
|
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston eksportining tarkibi sezilarli darajada o‘zgardi, eksport monokulturasi – paxtaga bog‘liqlikka barham berildi, uning ulushi 59,7 foizdan 1,6 foizgacha kamaydi, tashqi savdo
101 O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ma’lumotlari
jug‘rofiyasi tubdan o‘zgardi, bu mamlakatimizning eksport salohiyatini mustahkamlash imkonini berdi.
2018 yil yanvar-dekabr oylarida eksport hajmi 14 257,9 mln. AQSH dollarga (o`sish sur`ati 13,6 %) teng bo`ldi. Eksport tarkibida tovarlar 78,7
% ulushga ega, bular asosan energiya manbaalari va neft mahsulotlari (18,7 %), oziq-ovqat mahsulotlari (7,7 %), shuningdek, qora va rangli metallar (oltinni hisobga olmaganda 8,2 %) guruhlari hissasiga tog`ri kelmoqda.
Eksportga yo‘naltirilgan tarmoqlarni rivojlantirish asosida, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, kimyo, neft-kimyo va neft-gaz sanoati, elektronika va sayyohlik kabi sohalarda yangi kompaniyalarning paydo bo‘lishi rag‘batlantirildi.
Keyingi yillarda mamlakat importining tuzilmasi investitsiyaviy bo‘lib qolaverdi, ya’ni olib kelinayotgan mahsulotlarda iqtisodiyott tarmoqlarini modernizatsiya qilish dasturlarini amalga oshirish uchun mashina va uskunalar, xomashyo, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan materiallar, ehtiyot qismlar va butlovchi qismlar, neft mahsulotlari ustunlik qilishi davom etmoqda.
Umuman, 2000-2018 yillarda tashqi savdoni rivojlantirish ko‘rsatkichlari yanada yaxshilandi. Eksport va importning tovarlar bo‘yicha tarkibida sifat o‘zgarishlari davom etdi. Yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan tovarlarni eksport qilishning yanada o‘sishi, import tarkibining yanada optimallashuvi kuzatildi.
Respublikamiz eksporti va importining tovar va geografik tarkibini takomillashtirish orqali raqobatbardoshlikni oshirish bir qator vazifalarning amalga oshirilishini taqozo etadi.
Qisqacha xulosalar
Savdo siyosati – budjet soliq siyosatining, tashqi savdo hajmlarini soliqlar, subsidiyalar, valuta nazorati va import yoki eksportni to‘g‘ridan- to‘g‘ri cheklashlar orqali tartibga solishni o‘z ichiga olgan, nisbatan mustaqil yo‘nalishdir.
Tashqi savdoni tartibga solishda eng ko‘p qo‘llaniladigan usul importga tarif belgilash bo‘lib, buning natijasida ichki baholarning o‘sishi
kuzatiladi. Importga tariflarni joriy qilishdan iste’molchilar ko‘rgan zarar ishlab chiqaruvchilar va davlat ko‘rgan foydadan katta bo‘ladi. Importga tariflarni joriy qilishdan ko‘riladigan foyda va zararlar nisbati munozarali masaladir. Ammo import tariflari ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish, to‘lov balansini tartibga solish mahsadlarida keng qo‘llaniladi.
Ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish maqsadida ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish usuli ham qo‘llaniladi.
Eksportga subsidiyalar valuta tushumini ko‘paytirish, ortiqcha mahsulotdan qutulish, tashqi bozorni egallash uchun qo‘llaniladi. Eksport subsidiyalarini qo‘llash dempingga olib kelmasligi kerak, chunki demping xalqaro savdo qoidalariga ko‘ra ta’qiqlangan.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni litsenziyalash va kvotalar o‘rnatish xalqaro savdoni tartibga solishning bevosita usullaridir. Xalqaro savdo siyosati vositalari va tadbirlari mamlakat iqtisodiyoti holatidan kelib chiqib echilayotgan vazifalarga muvofiq tanlanadi.
Dostları ilə paylaş: |