O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta



Yüklə 7,32 Mb.
səhifə69/146
tarix19.10.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#156953
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   146
O zbekiston respublikasi oliy va o rta

O‟zbek sirki. 1992-yilda “O‟zbekdavlatsirk” respublika birlashmasining tashkil etilishi sirk san‘atining rivojlanishida, yosh iste‘dodli ijrochilarni qo‗llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Toshkent sirki zamonaviy talablar asosida qayta ta‘mirlandi, unga dorbozlar sulolasi asoschisi, O‘zbekiston xalq artisti Toshkenboy Egamberdiyev nomi berildi. An‘anaviy sirk san‘atining unutilgan turlari tiklandi va rivojlandi. Iste‘dodli yoshlarga amaliy yordam berish maqsadida 1996-yilda estrada-sirk kolleji ochildi.
Respublika shaharlarida faoliyat yuritayotgan sirk guruhlari soni ko‗paydi. Agar 1990- yilda 7 ta an‘anaviy sirk guruhi faoliyai yuritgan bo‗lsa, 2001-yilda ularning soni 20 tadan oshdi, sirk chilarning ijrochilik mahoratlari o‗sdi.
O‘zbekiston sirk ustalarining chet ellarga gastrol safarlari uyushtirildi. Misr, Iordaniya, Falastin, Pokiston, Malayziya, Hindiston, Xitoy, Suriya, Livan, Eron, Birlashgan Arab Amirligida gastrol safarlarida bo‗lgan respublikamiz sirk ustalari O‘zbek milliy sirk san‘atini namoyish etdilar.
Olimjon Toshkenboyev rahbarligidagi ―O‘zbekiston dorbozlari‖ guruhi 1996-yildan boshlab Yevropa mamlakatlarida gastrol safarida bo‗lib, 2000 dan ziyod tomosha ko‗rsatdilar. 15 yoshli Karima Zaripova 1997-yil yanvarda Parijdagi Buglion sirkida bo‗lgan yosh sirk artistlarining xalqaro festivalida qatnashib, ―Plastik etud‖ (besuyak o‗yini) janrida festivalning eng oliy mukofoti – oltin medalni qo‗lga kiritdi. 1998-yilda Toshkent sirkida Karima Zaripova rahbarligida iste‘dodli yoshlarga ko‗maklashuvchi bolalar studiyasi ochildi. Studiya bolalarga sirk sirlarini o‗rgatib, katta manejga yo‗llaydi.
O‘zbek sirkchilari 1999-yilda Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida bo‗lib o‗tgan xalqaro festivalda, 1999-yilda Saratov shahrida bo‗lib o‗tgan Butunrossiya sirk festivalida, 2000- yilda Xitoyning Uxan shahrida bo‗lib o‗tgan xalqaro sirk festivalida, 2001-yil yanvarda Belgiyaning Lej shahrida bo‗lib o‗tgan Yevropa sirklarining 10-festivalida muvaffaqiyatli qatnashib, sovrinli o‗rinlarni egalladilar. Sirkchilarimizning say-harakatlari natijasida o‗zbek sirkiga xos turli nomer va attraksionlar xalqaro sirk dasturlaridan o‗rin egalladi.
1993-yilda Toshkentda yangi ―Hayvonot bog‘i‖ ochildi.

Yüklə 7,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin