O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta


Mamlakatimizda o‟zbek tilining xalq davlat



Yüklə 7,32 Mb.
səhifə66/146
tarix19.10.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#156953
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   146
O zbekiston respublikasi oliy va o rta

Mamlakatimizda o‟zbek tilining xalq davlat turmushidagi asosiy ahamiyati va o‘rni qayta tiklandi. O‘zR Oliy Majlisining IV sessiyasi 1995-yil 21-dekabrda yangi tahrirda ―Davlat tili to„g„risida”gi Qonunni qabul qildi. Qonunda o‗zbek tili o‗zbek xalqining ma‘naviy mulki ekanligi, uning ravnaqi, qo‗llanilishi va muhofazasi davlat tomonidan ta‘minlanishi belgilab qo‗yilgan. O‘zbekistonda Oliy davlat hokimiyati, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining faoliyati, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning hisob kitobi, statistika va moliya ishlari o‗zbek tilida yuritilmoqda. Respublikaning ma‘muriy-hududiy birliklari, maydonlari, ko‗chalari, geografik o‗rinlarining nomlariga yagona milliy shakl berildi va o‗zbek tilida yozib qo‗yildi. Natijada o‗zbek xalqining milliy qadr-qimmati, mustaqil davlatimizning
qadr-qimmati qayta tiklandi va mustahkamlandi. Shuningdek, O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millatlarning tillari, qadr-qimmati o‗z o‗rniga qo‗yildi.
1993-yil sentabrda O‘zRning ―Lotin yozuviga asoslangan o‗zbek alifbosini joriy etish to‗g‗risida‖ Qonuni, 1995-yil may oyida esa O‘zRning ―Lotin yozuviga asoslangan o‗zbek alifbosini joriy etish to‗g‗risidagi Qonunga o‗zgartirishlar kiritish haqida‖ Qonuni qabul qilindi. Bu qonunlar o‗zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeyini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Lotin yozuviga asoslangan o‗zbek alifbosini to‗la joriy etish bosqichma-bosqich amalga oshirilib borilmoqda.
2019 yil 21 oktabr kuni poytaxtimizda Prezidentimiz SH.Mirziyoyev ishtirokida О‗zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligiga bag‗ishlangan tantanali marosim bо‗lib о‗tdi. Shu kuni ―О‗zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora- tadbirlari tо‗g‗risida‖ О‗zR Prezidentining Farmoni (PF-5850) e‘lon qilindi. Farmonga kо‗ra Vazirlar Mahkamasi huzurida 9 ta mutaxassisdan iborat Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etildi.

2017 yil 18 aprelda ―Alisher Navoiy nomidagi О‗zbekiston Milliy bog‗i hududida Adiblar xiyobonini barpo etish tо‗g‗risida‖ О‗zR Prezidentining Qarori (PQ-2894) e‘lon qilindi.


2017 yil 6 noyabrda Sharof Rashidovning 100 yillik yubileyi munosabati bilan Jizzax shahrida ushbu davlat arbobi haykalining ochilish marosimi bо‗lib о‗tdi.
2017 yil 9 avgust kuni ―О‗zbekiston ijodkorlarini qо‗llab-quvvatlash ―Ilhom‖ jamoat fondini tashkil etish tо‗g‗risida‖ О‗zR Prezidentining Qarori (PQ-3184) e‘lon qilindi.
Yoshlar orasida, umuman jamiyat a‘zolarida kitobxonlik madaniyatini keng targ‗ib etish maqsadida 2017 yil 13 sentabrda ―Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‗ib qilish bо‗yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tо‗g‗risida‖ О‗zR Prezidentining Qarori (PQ-3271) qabul qilindi.
Xullas, mustaqillikning ilk kunlaridan urf-odat, milliy qadriyatlar, marosimlar, umuman, madaniy merosni tiklash yо‗lida ijtimoiy madaniy vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirila boshladi. Sovet mustabid tuzumi davrida toptalgan qadriyatlar tiklana bordi. Bu pirovard natijada mamlakat va jamiyat ma‘naviy qiyofasini о‗zgartirdi, xalqimizda milliy о‗zlikni anglash jarayonini yanada chuqurlashtirdi.



    1. Yüklə 7,32 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin