1994 yil 23 aprelda mamlakatimiz ma‘naviy hayotida muhim voqea yuz berdi. Respublika Ma‟naviyat va ma‟rifat jamoatchilik markazi tashkil etildi. Ushbu markaz qisqa davr ichida xalqimizning boy ma‘naviy merosini о‗rganish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida mamlakat va millat kelajagini belgilaydigan ilg‗or g‗oyalarni yuzaga chiqarish bо‗yicha katta ishlarni amalga oshirdi. Shu bilan birga, ma‘naviyat va ma‘rifat masalalarini bevosita ja- moatchilik yо‗li bilan rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratildi. Ushbu yо‗nalishdagi faoliyatni yanada rivojlantirish maqsadida О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 9 sentabrdagi
―Ma‘naviyat va ma‘rifat jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish tо‗g‗risida‖gi Farmoni jamiyatni ma‘naviy barqarorlashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Farmonga asosan, 1997 yildan boshlab 1 oktabr ―О‗qituvchilar va murabbiylar kuni‖ deb e‘lon qilindi, ―Ma‘naviyat‖ nashriyoti tashkil etildi, ―Ma‘naviyat va ma‘rifat‖ jamoatchilik markazi qoshida ―Oltin meros‖ xalqaro xayriya jamg‗armasi tuzildi.
Istiqlol yillarida О‗zbekistonda milliy madaniyatni rivojlantirish, ayniqsa, uning moddiy- texnik bazasini mustahkamlashga katta e‘tibor berildi. Ma‘lumki, mamlakatimiz jahon sivilizatsiyasining muhim о‗choqlaridan biri sifatida kо‗plab tarixiy-madaniy, me‘moriy yodgorliklarga ega. Biroq, sobiq Ittifoq davrida ularni saqlash, ta‘mirlash ishlari qoniqarsiz ahvolda edi. Istiqlol esa noyob obidalarni saqlash, ularni kelgusi avlodlarga bekamu kо‗st yetkazish imkonini berdi. Sobiq tuzum davrida 6700 dan ortiq madaniy va tarixiy yodgorliklarni ta‘mirlash ishlariga 1990 yilda 12,4 mln. sо‗m ajratilgan bо‗lsa, 1992 yilda respublika byudjetidan bu maqsadga ajratilgan mablag‗lar 65,4 mln. sо‗mni tashkil etdi. Jumladan, 1991- 1997 yillar davomida Samarqand madaniyat va tarixiy yodgorliklarini ta‘mirlash ustaxonasi tomonidan bajarilgan ishlar hajmi 20, Shahrisabz ustaxonasi bajargan ishlar hajmi 23 barobar oshdi.
1997 yilda Buxoroda 366 mln. sо‗m, Xivada 185 mln. sо‗m, Amir Temur nomi bilan bog‗liq qadamjolarni ta‘mirlash ishlarining ikkinchi bosqichi bо‗yicha 250 mln. sо‗m hajmidagi ishlar amalga oshirildi. 1999 yilda ushbu maqsadlar uchun 700 mln. sо‗m ajratilgan bо‗lsa, bu raqam 2000 yilda 750 mln. sо‗mga yetdi
Sovetlar mustabid tuzumi sharoitida о‗zbek milliy madaniyati kо‗p zarar kо‗rdi. Barcha mustamlakachilar kabi kommunistik mafkura namoyondalari ham о‗zbek xalqini qul qilish uchun, eng avvalo, uning milliy madaniyatini yо‗q qilishga urindilar.
О‗zbek xalqi katta yо‗qotishlarga qaramasdan, о‗zligini, о‗z milliy madaniyatini saqlab qola bildi. Bu esa mustamlakachilar davrida yо‗qotilgan, toptalgan madaniy merosni tiklash, о‗zligini anglash imkonini berdi.
Mustaqillik yillarida mamlakat aholisiga axborot-kutubxona xizmati kо‗rsatishni yaxshilash, uni yangi sifat darajasiga kо‗tarish, fuqarolarning ilmiy, ta‘lim, axborot va madaniyat sohasidagi qiziqishlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tezkorlik bilan qondirish masalalariga ham alohida e‘tibor berildi. Shu maqsadda 2006 yil 20 iyulda О‗zbekiston Respublikasi Prezidenting ―Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta‘minlashni tashkil etish tо‗g‗risida‖gi Qarori qabul qilindi.
Ushbu Qarorni amalga oshirish natijasida respublikada axborot-kutubxona muassasalarining umumiy soni 12 mingdan ortdi, shu jumladan, axborot-kutubxona markazlari 1863 tani, davlat hokimiyati organlari, davlat va xо‗jalik boshqaruvi organlari kutubxonalari esa
9 mingdan ortiqni tashkil etdi. Kutubxonachilik sohasiga zamonaviy kompyuter va multimediya texnologiyalarini joriy etish orqali axborot-kutubxona muassasalarida tо‗liq matnli elektron resurslarni о‗z ichiga olgan elektron katalog orqali ma‘lumotlarni tezkor izlash imkoniyatini ta‘minlovchi avtomatlashtirilgan tizim joriy etildi.
Ayni paytda О‗zbekistonda yosh iqtidorlarni qо‗llab-quvvatlash, yuqori malakali madaniyat xodimlari tayyorlash ishiga ham katta e‘tibor berilmoqda. Respublikada sohaga ixtisoslashgan oliy ta‘lim muassasalari, san‘at va madaniyat kolleji va akademik litseylar faoliyat yuritmoqda. Ularda o‘ minglab talaba ta‘lim olmoqda. Yoshlar iqtidorini kashf etish va qо‗llab- quvvatlash maqsadida turli respublika tanlovlari va festivallari о‗tkazilmoqda.
Jamiyat ijtimoiy-madaniy, siyosiy barqarorligini ta‘minlashda milliy istiqlol g‗oyasining roli tobora ortib borayotgani kabi, boshqa tomondan, mazkur qadriyatlarning ijtimoiy ahamiyatini keng targ‗ib etishda madaniyat muassasalarining о‗rni yanada oshmoqda.
Ta‘kidlash lozimki, mustaqillik yillarida zamon, hayot talabiga binoan ma‘naviy-ma‘rifiy ishlarni yangi davr talabi va manfaatlariga mos takomillashgan tizimi shakllantirildi. Bunda ta‘lim tizimi, muzeylar, madaniyat uylari va saroylari, axborot resurs markazlari, madaniyat va istirohat bog‗lari ommaviy madaniyat muassasalari sifatida millionlab aholiga ma‘naviy-ma‘rifiy xizmat kо‗rsatmoqda.
Bugungi kunda О‗zbekiston “Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari”tamoyili asosida taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qо‗ydi. Yangi davr shiddati ta‘lim-tarbiya tizimiga ham о‗zining aniq, qat‘iy talablarini qо‗ymoqda.
Ushbu talablar doirasida ta‘lim sohasida pedagoglarning moddiy-ma‘naviy sharoiti tubdan yaxshilanib, ta‘lim sifatini oshirishning zamonaviy texnologiyalari joriy qilinmoqda.
Tarbiya va ta‘limni bir-biridan alohida ajratib bо‗lmaydi, bu ikki jarayon о‗zaro uyg‗un, uzluksiz asosda tashkil etilgandagina odobli, axloqiy fazilatlarga ega, yuksak ma‘naviyatli, shu bilan birga bilimdon, zukko, ruhan va jismonan sog‗lom, keng dunyoqarash va tafakkurga ega, zamonaviy kasb-hunar egasi bо‗lgan vatanparvar yoshlarni yetishtirib beradi.
2019-yil 3-mayda O‗z.R Prezidentining “Ma‟naviy-ma‟rifiyishlarsamaradorliginioshirishbo„yichaqo„shimchachora-tadbirlarto„g„risida”gi Qarori (PQ-4307) qabul qilindi. 2019-yil 23-avgust kuni O‗z.R Prezidenti SH.M.Mirziyoyev huzurida ―Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o„qituvchi mavqeini oshirish” masalalariga bag‗ishlangan videoselektor majlisi bo‗lib o‗tdi. Majlisda belgilangan vazifalarni hayotga tadbiq qilish, yosh avlodda mustaqil va baxtli hayot uchun zarur ijtimoiy malaka hamda fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllantirish maqsadida 2019-yil 31-dekabrda “Uzluksizma‟naviytarbiyakonsepsiyasi” qabul qilindi (Vazirlar Mahkamasining 1059-sonli qarori).
8 ta bob va 70 banddan iborat ―Uzluksiz ma‘naviy tarbiya Konsepsiyasi‖ quyidagi bosqichlarni qamrab oladi: