O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta



Yüklə 7,32 Mb.
səhifə13/146
tarix19.10.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#156953
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   146
O zbekiston respublikasi oliy va o rta

qilish to„g„risida” Qaror qabul qilib, O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‗g‗risidagi Oliy Kengash Bayonotini tasdiqladi va respublikani bundan keyin O‟zbekiston Respublikasi deb atashni belgilab qo‗ydi.

1-sentabr O‟zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991- yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e‟lon qilinsin.


(O‟zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Qaroridan).

Oliy Kengash “O‟zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to„g„risida” Qonun qabul qildi. Bu qonun 17 moddadan iborat bo‗lib, O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi.


Qonunning birinchi moddasida: ―O‘zbekiston Respublikasi o‗z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir‖, – deb qonunlashtirib qo‗yildi.
Qonunda Q‗zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va respublikada davlat hokimiyatining birdan bir sohibidir. U o‗z hokimiyatini ham bevosita, ham vakillik idoralari tizimi orqali amalga oshiradi, deb belgilab qo‗yildi.
Mustaqillik asoslari to‗g‗risidagi qonunda O‘zbekiston Respublikasi to‗la davlat hokimiyatiga ega, o‗zining milliy davlat va ma‘imiriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilaydi, davlat chegarasi, hududi daxlsiz va bo‗linmas bo‗lib, uning xalqi o‗z xohishrodasini erkin bildirmasdan turib o‗zgartirilishi mumkin emas, deb qat‘iy qonunlashtirib qo‗yildi.
Mazkur qonunda respublika hududidagi yer, yerosti boyliklari, suv va o‗rmonlar, o‗simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, respublikaning ma‘naviy boyliklari O‘zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi, deb belgilab berildi.
O‘zbekiston Respublikasi o‗z hududida oltin, boshqa qimmatbaho metallar va toshlarni qazib chiqarish, qayta ishlash va saqlashni mustaqil amalga oshiradi hamda nazorat qiladi, o‗z oltin zaxirasini yaratadi, deyiladi bu qonunda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasi 1991-yil 30-sentabr kuni


―O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‗g‗risida‖gi Qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qildi. Qarorda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi moddalari ―O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‗g‗risida‖gi Qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur qonunga amal qilinsin, deb belgilab qo‗yildi.
Mustaqillik to‗g‗risida referendum. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil noyabrda bo‗lgan VIII sessiyasi davlat mustaqilligi masalasi bo‗yicha referendum o‗tkazish haqidagi masalani ko‗rib chiqdi. Oliy Kengash sessiyasi 1991-yil 18-noyabr kuni ―Ozbekiston Respublikasi referendumini o„tkazish to„g„risida” Qaror qabul qildi. Qarorda 1991-yil 29- dekabr, yakshanba kuni O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‗g‗risidagi masala bo‗yicha referendum o‗tkazish belgilandi.

Yüklə 7,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin