O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta


- T.: Sharq. 1998. 11-b.)



Yüklə 7,32 Mb.
səhifə26/146
tarix19.10.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#156953
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   146
O zbekiston respublikasi oliy va o rta

- T.: Sharq. 1998. 11-b.).


Har bir jamiyat о‗zining yuksak taraqqiyotiga erishishi uchun mustaqil bо‗lishi hamda milliy davlatchilikning haqiqiy demokratik jarayonlarini vujudga keltirishi zarur! Bu jarayonlar mamlakatimizda istiqlol yillari amalga oshirilib, umume‘tirof etilgan demokratik normalar va milliy manfaatlarimizga mos keluvchi demokratik huquqiy milliy davlat barpo etildi.
Shuni ta‘kidlash kerakki, davlatning demokratik tamoyillari universal holat bо‗lib, Amerika, Rossiya, Xitoy yoki Germaniyada qanday bо‗lsa, bizda ham shunday bо‗lishi kerak, deb anglashimiz notо‗g‗ri?! Ya‘ni, uni vujudga keltiradigan, shakllantiradigan о‗ziga xos xususiyatlariga ega bо‗lgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy-siyosiy, tarixiy-huquqiy, geografik, geostrategik shart-sharoitlar turli xalqlar va davlatlarda har xil darajada rivojlanish jarayonlarini boshidan kechirdi. Demak, rivojlanish jarayonlari millat ruhiyatidan kelib chiqadi. Mamlakatning, aholining rivojlanish negizi milliy davlatning demokratik jarayonlarini belgilaydi.
Milliy davlatchiligimizning demokratik prinsiplari О‗zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi va amalga oshirildi. I.Karimovning ta‘kidlashicha,
«Istiqlol biz uchun taraqqiyotning butunlay yangi, keng ufqlarini ochdi. О‗z kelajagimizni о‗z qо‗limiz bilan yaratadigan bо‗ldik. Hayotimiz va umumiy xonadonimizni milliy manfaat va qadriyatlarimizni umume‘tirof etilgan demokratik mezonlarga monand qilib qurishdek noyob tarixiy imkoniyatga ega bо‗ldik», degan purma‘no fikrlari milliy davlatchilikning rivojlanish muammolarini belgilaydi. Chunonchi:

  1. siyosiy-ijtimoiy, huquqiy-ma‟naviy rivojlanishning demokratik obyektiv jihatlari davlat bosh islohotchi sifatidagi jarayonning о„ziga xos va о„ziga mos xususiyatlari bilan uyg„unlashgan holda sodir bо„lmoqda. G„arb mamlakatlarida esa rivojlanishda inqilobiy о„zgarishlar kо„p uchraydi. Bizning xalqimiz esa mulohazakor, yetti о„lchab bir kes, qabilida ish tutadi. YA‟ni, bu xalqimiz mentalitetidan kelib chiqadi;

  2. xalqimiz ruhiyati va ijtimoiy ong taraqqiyotiga kо„ra yangilik va xо„jalik yuritishga ishtiyoqi baland. Natijada madaniyat rivoji va xо„jalik yuritishi, ayniqsa, savdoning hozirgi jahon andozalari talablari darajasida tiklanishi - Ipak yо„li gullab-yashnashining о„zagi bо„ldi. Bu esa davlatimiz taraqqiyotida о„ziga xoslikni vujudga keltirmoqda;

v) milliy davlatning demokratik jarayonlari inson ravnaqi uchun xizmat qilar ekan, bu, albatta, insonning ehtiyoji, manfaati, qobiliyatidan kelib chiqishi kerak. YA‟ni, uzoq yillar davomida tо„plangan tajriba, shuningdek, jahon tajribalari xalqimizning milliy intellektini hisobga olgan holda amalga oshirilishi zarur;
g) mamlakatimizda jamoatchilik fikri jamoaviy nuqtai nazar asosida rivojlanmoqda. G„arb davlatlaridagi demokratiyadan farqli о„laroq, bizda jamoa о„z о„zini boshqaradi. Oila yoki jamoada kim aqlli, tajribali va yoshi ulug„ bо„lsa, о„shaning fikri boshqalarga kо„proq ta‟sir qiladi. Mahalla va qishloqlarda oqsoqollar, bir tomondan. hurmatli kishilar bо„lib, biror tо„xtamga kelishda ularning fikrlari bilan hisoblashiladi. Ikkinchi tomondan esa shunga mos ravishda davlat hokimiyati vakillariga ham alohida hurmat bilan qaraladi. Bu qо„rquv yoki qaramlik emas, balki rahbarlarga hamda tajribali, obrо„li kishilarga bо„lgan ishonch va hurmatdir.
Darvoqe, muqaddas kitobimiz Qur‘oni Karimda ham raiyat1 uchun rahbarlar fikri farzdir, ya‘ni bajarishi ijobiy holda amalga oshirilishi qayd qilingan. Bu yerda an‘anaviylik va



1 Раият—халқ.
zamonaviylikning shunday manbai mavjudki, davlat va uning rahbari xalqini chin dildan e‘zozlasa, adolat tamoyillari asosida boshqarsa, demak taraqqiyotning eng zarur tayanch nuqtasi vujudga keladi. Shu jihatdan Prezident Islom Karimov ta‘limotining noyobligini kо‗ramiz. I.Karimov mahallalarga davlat tomonidan yordam berish, ularga buyuk davlat qurish yо‗lidagi imkoniyatlardan foydalanishning taktik va strategik yо‗llarini belgilab berdi. YA‘ni:


  1. Yüklə 7,32 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin