O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta



Yüklə 7,32 Mb.
səhifə24/146
tarix19.10.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#156953
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   146
O zbekiston respublikasi oliy va o rta

Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha О„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a‟zolari umumiy sonining
kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda О„zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish bо„yicha qaror qabul qiladi. Bunda О„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste‟foga chiqadi. Mazkur norma davlat hokimiyati tarmoqlari о‗rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta‘minlash bilan bir qatorda, davlat ahamiyatiga molik muhim masalalarni hal qilishda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytiradi va О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining davlat hokimiyati organlari tizimidagi о‗rnini ancha oshiradi.
2011 yil 12 dekabrdagi ―О‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga tuzatish kiritish tо‗g‗risida‖gi Qonun bilan О‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90- moddasiga tuzatish kiritildi. Unga kо‗ra, О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyaviy vakolat muddati yetti yildan besh yilga qisqartirildi.


    1. Mustaqil taraqqiyotning dastlabki davridagi muammolar, taraqqiyotning “О„zbek modeli” va uning о„ziga xos xususiyatlari.


XX asr jahon tarixiga juda katta о‗zgarishlar olib keldi, insoniyat taraqqiyoti va tanazzulida nihoyatda muhim о‗ringa ega bо‗ldi. Asr boshida rus inqilobi, rus-yapon urushi, Birinchi jahon urushi, 20-yillardan Shо‗rolar hokimiyati hukmronligini iqtisodiy jihatdan mustahkamlash, jahon tamaddunida turli qarama-qarshiliklar, ya‘ni Germaniyada fashizmning paydo bо‗lishi, ikkinchi jahon urushi va undan keyin ikki qarama-qarshi tizimning yuzaga kelishi va nihoyat 80-yillarda parchalanishi juda katta о‗zgarishlarni boshlab berdi.


Bu о‗rinda, albatta, 90-yillarga kelib, sobiq SSSRda qanday tub о‗zgarishlar bо‗lganiga jiddiy e‘tibor beramiz. Demak, sobiq imperiyaning tajovuzkorona siyosati 73 yil mobaynida asta-sekinlik bilan chok-chokidan sitila bordi. Natijada mamlakat ijtimoiy-siyosiy jarayonlarini ham, odamlar xatti-harakatini ham boshqarib bо‗lmaydigan holatlar vujudga keldi. Ana shunday murakkab siyosiy-huquqiy va ma‘naviy muhim hamda aholi ma‘naviy-ruhiy holatining butun miqyosi va mohiyatini tо‗g‗ri baholash lozim edi.
Darhaqiqat, XX asrning 80-yillari oxirida respublika yetakchisi Islom Karimov qanday sharoitda hokimiyat tepasiga keldi? О‗tmishdoshlaridan unga qanday jamiyat meros bо‗lib qolgan edi? U qanday vaziyatda ish boshladi? Darvoqe, masalaga ana shu tarzda xolis yondashilsa, bizningcha, Prezidentning ham, mamlakatning ham tо‗laqonli qiyofasi, xalqimizning xohish-irodasi, maqsad va vazifalari, tashvish-iztiroblari, qо‗yingki, hammasi kо‗z о‗ngimizda kino lentasiday yaqqol gavdalanadi. Mavjud hodisalar va qaror topgan ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy-ma‘naviy muhitga adolatli tarzda baho berish kerak edi!
Islom Karimov respublikaning birinchi rahbarligiga saylanganidanoq, aytish joizki, Markaz bilan о‗ziga xos, ya‘ni teng munosabatga kirishdi! Ochiqroq aytganda, uning qat‘iyatliligi, u yoki bu tomonga og‗masdan о‗z mustaqil fikriga egaligi va о‗z yо‗liga sobitligi
―ulug‗ og‗a‖larga yoqmadi?! ―Millat manfaatiga kо‗proq yon bosgani, respublika ichki hayotidagi vaziyatga chuqurroq kirib borgani sayin KPSS Markaziy Komiteti Siyosiy Byurosida ham, SSSR Oliy Kengashi va Ittifoq idoralarida ham unga nisbatan munosabat keskinlasha boshladi. Ayniqsa, yurtimizni abgor qilib, Markazga ―qochib‖ borgan bir guruh ―sobiqlar‖ bunday ―qulay‖ fursatdan foydalanib qolish uchun turli-tuman hiylayu nayranglarni ishga solishdi. Qator markaziy nashrlarda О‗zbekiston va uning rahbariyatiga nisbatan ig‗vogarliklar uyushtirildi. Bunday og‗ir, ziddiyatli bir sharoitda ishlash respublika rahbaridan alohida asab, nihoyatda vazminlik, pо‗latdek mustahkam iroda talab etardi,‖ -deb yozgan edi professor Narzulla Jо‗rayev (Jо„rayev N. Agar ogoh sen... - T.: Yozuvchi, 1997. 34-b.).
Tarixdan ma‘lumki, о‗sha paytda mavjud jarayonlarni chuqur о‗rganmay, tahlil etib ulgurmay turib, ―Birlik‖ xalq harakati va ―Erk‖ demokratik partiyasi vakillari ―Karimov о‗z pozitsiyasini e‘lon qilmayapti. Uning aniq dasturi yо‗q‖, deb ta‘na toshlarini otishdi. Turli mitingbozliklarda ochiqdan-ochiq hujumga о‗tdilar. Islom Karimov tabiatan keng fe‘li ila raqiblarga hurmat bilan qarash, ularning fikrlarini eshitish, ijobiy xulosalar chiqarish, xalq va
respublika manfaati uchun har qanday ivg‗ogarliklar, tazyiqlaru zо‗ravonliklar, qolaversa, maqtovlaru xushomadgо‗yliklarga bir xilda munosabatda bо‗lish, faqat aql-idrokka tayanib ish tutish zarurligini bir soniya ham unutmadi!?
Alohida ta‘kidlash joizki, mustaqillik yо‗li – haqiqat va ezgulik yо‗li, inson haq-huquqlari tengligi yо‗li, ma‘naviy barkamollik va yuksak madaniyat yо‗li, bir sо‗z bilan aytganda, boy insoniy fazilatlar majmui. Shuning uchun ham 1989-1991 yillarda Islom Karimov о‗z tanlagan yо‗lining tо‗g‗riligiga qat‘iy ishondi va millionlab yurtdoshlarimizni bunga ishontira oldi. Mustaqillikning ikkinchi yilida ―Buyuk maqsad yо‗lidan og‗ishmaylik‖ degan mavzuda О‗zR Oliy Kengashining 12 sessiyasida (1993 yil 6 may) quyidagi purma‘no fikrlarini muhrladi:
―...Bizni tanlagan yо‗limizdan hech kim, hech qachon qaytara olmaydi. Zotan, Vatanga bо‗lgan mehru muhabbat har qanday muammoni yechishga qodirdir. Endi ortga yо‗l yо‗q. О‗zbekiston istiqbolini sobitqadamlik bilan barpo etmog‗imiz zarur. Bu yо‗lda ikkilanmoq, manfaatparastlikning mayda-chuyda tashvishlariga о‗ralashmoq – Vatanga, xalqqa, kelajak avlodga xiyonat bо‗ladi!
Istiqboldagi О‗zbekiston Vatan ozodligi nasib etmagan bobolarimizga ulug‗vor haykal bо‗lajak! О‗zbekistonnnig shuhratiga shuhrat qо‗shuvchi farzandlarimizga muqaddas beshik bо‗lajak‖.(Karimov I.A. О„zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. -T.: О„zbekiston. 1993. 182-b.)
О‗z-о‗zidan biror voqea-hodisa sodir bо‗lmaydi, albatta. XX asrning 80-yillar oxiri va 90- yillar boshlaridagi alg‗ov-dolg‗ov paytlarni nihoyatda chuqur: ham siyosiy, ham iqtisodiy, ham ma‘naviy tahlil qilgan Prezident Islom Karimovning qat‘iy, hal qiluvchi pozitsiyasi quyidagilarni tashkil qilgan edi:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin