O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta



Yüklə 7,32 Mb.
səhifə46/146
tarix19.10.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#156953
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   146
O zbekiston respublikasi oliy va o rta

B. 371). Faqat sovet davrining sо‗nggi 15 yili ichida kamida 35 milliard dollarlik boylik paxta va oltin Markaz ehtiyoji uchun olib chiqib ketilgan. Ular О‗zbekistonning milliy manfaatlariga xizmat qilmas edi, albatta.
Boz ustiga, bu davrga kelib markaz о‗zining kо‗plab nuqsonlarini yashirish va mamlakatdagi mavjud yetishmovchiliklarni о‗z bо‗ynidan soqit qilish maqsadida, oziq-ovqat, xalq iste‘moli mollari va moddiy resurslar bilan ta‘minlashni ittifoqdosh respublikalar zimmasiga majburan yuklagan edi. Bu hol azaldan shakllangan xо‗jalik aloqalarining buzilishiga, tovar ayirboshlash tadbirlarining natura (mahsulot bilan ayirboshlash) shakliga о‗tishiga olib keldi, mintaqaviy xо‗jalik yuritish g‗oyasini vujudga keltirdi va g‗ayriintegratsion jarayonlarga turtki bо‗ldi.
Yillar davomida tо‗planib qolgan va hal etilmagan ana shunday ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolar oxir-oqibatda respublikada tanglik holatini yuzaga keltirdi. "Bugun ochiq aytaversak ham bо„ladi, 1991 yilning oxiri va 1992 yilning boshida kо„p narsalarda uzilish bо„lib, juda og‟ir ahvolga tushib, naq ocharchilik ostonasida turar edik" (Karimov I.A. О„zbekistoi: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-j. -T.: О„zbekiston, 1996. B. 3).
О‗zbekistonni bunday iqtisodiy tanglikdan taraqqiyot yо‗liga chiqarish uchun mamlakat iqtisodiy tizimini yangilash, eski mustabid-rejali iqtisoddan yangi bozor iqtisodiga о‗tish taqozo etilardi. Shunday о‗ta og‗ir vaziyatda, Islom Karimov О‗zbekiston rahbari etib saylanganining ertasi kuniyoq, 1989 yil 24 iyunda, hukumat majlisida nutq sо‗zlab, respublikada vujudga kelgan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga obyektiv baho beradi va uning kelib chiqish sabablarini chuqur tahlil qilib, shunday mantiqiy xulosa chiqaradi: "Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning о„zi yо„l qо„ymaydi” (Karimov I.A. О„zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -T.: О„zbekiston, 2011. B. 32-45).
О‗zbekistonning sharoiti va manfaatlari hisobga olingan xolda yangi dasturlar qabul qilindi. О‗zbekistonning yangi tarixida birinchi dastur 1990 yil oktabr oyida, О‗zbekiston SSR Oliy Sovetining uchinchi sessiyasida qabul qilindi, u "О‗zbekiston xalq xо‗jaligini barqarorlashtirishning asosiy yо‗nalishlari va bozor iqtisodiga kirib borishning tamoyillari", deb nomlanadi.
Bu hujjatda quyidagi chora-tadbirlar belgilandi:

  • aholini ijtimoiy himoyalashning davlat tizimini barpo etish;

  • respublika fuqarolarining hamjihatligini ta‘minlash, millatlararo dо‗stona munosabatlarni mustahkamlash;

  • О‗zbekistonning boshqa respublikalar bilan bо‗ladigan iqtisodiy munosabatlarini teng huquqli va о‗zaro manfaatli asosda qayta qurish;

  • boshqarishdagi buyruqbozlik usulidan voz kechib, iqtisodiy, ya‘ni manfaatni hisobga oladigan boshqarish usullariga о‗tish;

  • moliya-kredit va soliq tizimini qayta kо‗rib chiqib, iqtisodiy taraqqiyotni ta‘minlovchi yangi moliyaviy vositalarni ishga solish;

  • turli mulkchilik shakli va xо‗jalik yuritishga о‗tish;

  • suveren va bevosita tashqi iqtisodiy aloqalarni о‗rnatish;

  • о‗z tabiiy va moddiy resurslariga tayangan holda ishlab chiqarishning bir yoqlama rivojlanishiga chek qо‗yish va bu ishlarning kompleks borishini ta‘minlash.

Dasturda yuqorida sanab о‗tilgan chora-tadbirlarni 3 bosqichda amalga oshirish mо‗ljallangan edi:
birinchi bosqich iqtisodiyotni barqarorlashtirish yuzasidan dastlabki favqulodda tadbirlarni amalga oshirish va islohotlarga ilk qadam qо‗yish (1990-1992 yillar);
ikkinchi bosqich bozor iqtisodiyotining asosiy belgilarini shakllantirish, unga asos solish (1992-1993 yillar);
uchinchi bosqich bozor mexanizmi, ya‘ni yangicha xо‗jalik yuritish usullarini keng quloch
yoydirish (1994-1996 yillar), Bu dasturda yetti yil davomida О‗zbekistonda bozor iqtisodiyotini shakllantirish nazarda tutilgan bо‗lib, uni siyosiy mustaqillik yо‗lidan qaytmagan holda, sobiq Ittifoqning iqtisodiy tizimi doirasida, uning salohiyatidan foydalangan holda amalga oshirish rejalashtirilgan edi. Ushbu dastur amalga oshmagan bо‗lsa-da, yutuq va kamchiliklaridan qat‘i nazar, О‗zbekiston rahbariyatining mavjud holat yuzasidan о‗z pozitsiyasi borligi hamda tanazzul alomatlari kuchaygan va boshboshdoqlik avj olgan davrda, birinchi navbatda, unda respublika aholisining manfaati ustuvorligi alohida kо‗rsatilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu hujjatning tarixiy ahamiyati ham ana shundadir.
О‗zbekistonning eng yangi tarixida mamlakatning aniq va puxta rivojlanish strategiyasi mustaqillikka erishilganidan sо‗ng ishlab chiqildi va izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Ta‘kidlash joizki, istiqlolga erishilganidan sо‗ng nafaqat avvalgi tuzum davrida shakllangan, balki, kо‗plab yangi, о‗tish davri bilan bog‗liq muammolar ham yuzaga qalqib chikdi. Bu, albatta, ijtimoiy-iqtisodiy sohada qator dolzarb muammolarni hal qilish, bozor munosabatlariga mos infratuzilmani shakllantirish, iqtisodiyotda chuqur tuzilmaviy о‗zgarishlarni amalga oshirish, aholinish ijtimoiy himoyasini kuchaytirishni talab qilar edi. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishning ma‘muriy buyruqbozlik tizimidan erkin bozor munosabatlariga asoslashgan modeliga о‗tish ehtiyotkorlik va sekin-astalik bilan amalga oshirilishi kerak edi.
Ushbu modelning asosiy tamoyillari, uni amalga oshirish yо‗llari, bosqichlari Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi va u ilmiy asoslangan mashhur besh tamoyilda о‗z aksini topdi. Bu tamoyillar umumlashgan holda 1993 yilda Islom Karimovning "О‗zbekiston: bozor munosabatlariga о‗tishning о‗ziga xos yо‗li" asarida e‘lon qilindi. Ular quyidagilardan iborat:

Yüklə 7,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin