O„zbekistonda xalqaro va ichki turizmni rivojlantirish istiqbollari.
O‗zbekistonda transport va xizmat ko‗rsatish infrastrukturasining jadal rivojlanishi, mamlakatdagi siyosiy-iqtisodiy barqarorlik iqtisodiyotimizning yana bir muhim sektori turizm sohasining ham ravnaq topishiga sharoit yaratadi. Istiqlol sharofati bilan Buxoro, Xiva, Samarqand, Shahrisabz, Termiz, Qo‗qon kabi ilm-fan, madaniyat va ma‘rifat markazlari joylashgan mo‗tabar zamin, Imom al-Buxoriy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug‗bek kabi buyuk sarkarda va ulamolar, mashhur davlat arboblari hamda mutafakkirlar kindik qoni to‗kilgan ona Vatanimiz jahonning sayyohlik sohasi taraqqiy etgan mamlakatlaridan biriga aylandi. Mamlakatimizda qadimiy yodgorliklarni rekonstruksiya qilish, mahalliy turoperatorlarni qo‗llab-quvvatlash, ularga o‗z faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, joylarda sohaga oid infratuzilmani barpo etish, shuningdek, turizmning boshqa yo‗nalishlarini rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratildi. Natijada Buyuk Ipak yo‗li chorrahasida joylashgan yurtimiz betakror osori-atiqalari, urf-odatlaru milliy taomlari, go‗zal tabiatini butun dunyoga namoyon qilish imkoniyatiga ega bo‗ldi.
Bu esa boy tarixga ega va zamon bilan hamnafas yashayotgan O‗zbekistonni o‗z ko‗zi bilan ko‗rmoqchi bo‗lgan sayyohlar sonining yildan-yilga ortib borishiga xizmat qilyapti. Xususan, 90-yillarda mamlakatimizga bir yilda 150 ming sayyoh tashrif buyurgan bo‗lsa, 2013 yilda bu ko‗rsatkich 1,2 million nafardan ortdi. Bunday natijaga osonlikcha erishilgani yo‗q, albatta. Binobarin, keyingi yillarda qadimiy shaharlarimizda zamonaviy mehmonxonalar qurilib, sayyohlar uchun barcha qulayliklar yaratilgani, ―Yevro-4‖ talablariga javob beradigan avtobuslar, ―Boeing-767‖, A310, A320 rusumli havo laynerlari, ―Afrosiyob‖ tezyurar poyezdlari qatnovining yo‗lga qo‗yilgani sabab bo‗lmoqda. Hozirgi paytda ―O‗zbekturizm‖, ―O‗zbekiston havo yo‗llari‖ va qator boshqa milliy kompaniyalar, turistik agentlik va korxonalar davlat yordamida katta yutuqlarga erishmoqda. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Farg‗ona va Namangan shaharlarida xalqaro toifadagi aeroportlar ishlab turibdi.
Bu yangilanishlar 2012 yilda O‗zbekistonni Butunjahon turistik tashkiloti Ijroiya qo‗mitasiga kirishida muhim omil bo‗ldi. 2013 yili Jahon sayohat va turizm kengashi (World Travel and Tourism Council WTTC) e‘lon qilgan yangi hisobotda O‗zbekiston turizm tarmog‗i dunyoda eng jadal rivojlanayotgan davlatlar ro‗yxatiga kiritildi. Jahon sayohat va turizm kengashi har bir davlatning milliy yalpi ichki mahsulotida turizmning ulushini o‗rganib chiqqan holda mazkur ro‗yxatni tuzadi. O‗zbekiston ro‗yxatning beshinchi pog‗onasidan o‗rin olgan.
Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli tarmoqlardan biri
bu turizmdir. О‗zbekiston turizm sohasida ulkan salohiyatga ega bо‗lgan davlat hisoblanadi. 2016 yildan boshlab turizm industriyasini rivojlantirishga katta e‘tibor berila boshlandi. Ana shu maqsadda 2016 yil 2 dekabr kuni ―Turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta‘minlash chora- tadbirlari tо‗g‗risida‖ О‗zR Prezidentining Farmoni (PF-4861) va ―О‗zR Turizmni rivojlantirish davlat qо‗mitasi faoliyatini tashkil etish tо‗g‗risida‖gi О‗zR Prezidentining qarori (PQ-2666) e‘lon qilindi.
Yurtimizda 8 ming 300 ta madaniy meros obyektlari mavjud va ularning aksariyati YUNESKO rо‗yxatiga kiritilgan (Murojaatnoma. 29.12.2020.).
Mamlakatimizning betakror tabiati, gо‗zal dam olish zonalari imkoniyatlaridan foydalanib, yangi turistik yо‗nalishlar ochish, bu sohaga jahon brendlarini faol jalb etgan holda, ziyorat turizmi, ekologik, ma‘rifiy, etnografik, gastronomik turizmni rivojlantirish istiqbolari mavjud.
2017 yil 7 sentabrda ―Toshkent shahrida ―Eski shahar‖ turizm zonasini barpo etish bо‗yicha chora-tadbirlar tо‗g‗risida‖ О‗zR Prezidentining Qarori (№PQ-3260) qabul qilindi.
2018 yildan Samarqand, Buxoro, Toshkent shaharlaridagi muqaddas qadamjolar va yodgorliklarni ziyorat qilishdan iborat bo‗lgan “kichikhaj” dasturini rivojlantirish va jadallashtirish ishlari boshlab yuborildi.
2018 yil 28 iyun sanasida Samarqand shahrida ―Ipak yо‗li‖ turizm xalqaro universiteti tashkil etildi (PQ-3815).
Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish, sohaga investitsiyalar jalb etish, kadrlar salohiyatini oshirish bо‗yicha kompleks choralar kо‗rish dolzarb masala hisoblanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta‘kidlaganlaridek bizda turizm kо‗pincha qadimiy shaharlarimiz, tarixiy-madaniy yodgorliklar doirasida cheklanib qolmoqda. Vaholanki, mamlakatimizning betakror tabiati, milliy qо‗riqxonalar, tog‗li hududlarda turizmni rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjud.
Ayniqsa, tibbiyot turizmi, ziyorat turizmi va ekoturizmni rivojlantirish nafaqat iqtisodiyot, balki ijtimoiy sohalar rivojiga ham katta turtki beradi.
Shu munosabat bilan 2019 yilda Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-2025 yillarda Turizmni rivojlantirish milliy konsepsiyasi ishlab chiqildi. Shu asosda 2025 yilda yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini 7 million nafarga, turizm eksportidan keladigan yillik daromadni esa 2 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
2017 yil 5 dekabrda ―Chorvoq‖ erkin turistik zonasini tashkil etish tо‗g‗risida‖ О‗zR Prezidentining Farmoni (PF-5273) qabul qilindi.
2018 yil 3 fevralda ―О‗zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bо‗yicha qо‗shimcha tashkiliy chora-tadbirlar tо‗g‗risida‖ О‗zR Prezidentining Farmoni (PF-5326) qabul qilindi.
―Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta‘minlash chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-3514 (07.02.2018), ―Turizm tarmog‗ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi PQ- 4095, (05.01.2019), ―О‗zbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qо‗shimcha chora-tadbirlar tо‗g‗risida‖ PQ-3836 (04.07.2018) O‗zR Prezidentining Qarorlari, shuningdek 2019 yil 13 avgustda e‘lon qilingan ―O‗z Rda turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi Prezident Farmoni (PF-5781) mamlakatimizda turizm industriyasini rivojlantirishning yangi yo‗nalishlarini belgilab berdi.
So‗nggi yillarda sohani rivojlantirish borasida qator islohotlar amalga oshirila boshlandi. 2019 yilda 86 ta davlat fuqarolariga vizasiz va 57 ta davlat fuqarolariga soddalashtirilgan viza rejimi joriy etilishi natijasida mazkur yilda yurtimizga 6,7 million nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Bu 2016 yilga nisbatan 4,7 million nafarga yoki 3,3 barobar ko‗p demakdir (O„z.R.PrezidentiningOliyMajlisgaMurojaatnomasidan.24.01.2020.).
Prezidentimiz ta‘kidlab o‗tganlaridek turizmni iqtisodiyotning strategik tarmog‗iga aylantirish biz uchun ustuvor vazifa hisoblanadi. 2020 yilda hukumat oldidagi eng muhim vazifalardan biri – yurtimizga keladigan turistlar sonini 7,5 millionga yetkazish yuklatildi.
Ma‘lumki, qator nufuzli xorijiy ommaviy axborot vositalari 2020 yilda O‗zbekistonni sayohatga albatta borish tavsiya etilgan mamlakatlar qatoriga kiritdi. Katta salohiyatga ega bo‗lgan ziyorat va tibbiyot turizmini ham jadal rivojlantirish istiqbollari mavjud. Yurtimizda 8 ming 300 dan ziyod madaniy meros obekti mavjud bo‗lib, turizm marshrutlariga ularning atigi 500 tasi kiritilgan. Ziyorat va an‘anaviy turizmni rivojlantirish mumkin bo‗lgan marshrutlardagi obektlar sonini 800 taga yetkazish zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
О‗zbekistonda turizm iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biri sifatida rivojlantirilmoqda. Qator farmon va qarorlar asosida bu sohadagi sharoitlar kengaytirilmoqda. Xususan, 2017-2020-yillarda fuqarolaridan yurtimizga viza talab etilmaydigan mamlakatlar soni 9 tadan 86 taga yetkazildi, 53 ta davlat uchun ―elektron viza‖ tizimi joriy etildi. Turizm uchun qiyin bо‗lgan joriy 2020-yilda sohadagi subyektlar har tomonlama qо‗llab-quvvatlandi, ularga subsidiya va ssudalar berildi.
2021-yilda 1,7 million xorijiy, 7,5 million mahalliy sayyohlarni jalb qilish, turizm xizmatlari eksportini 370 million dollarga yetkazish maqsad qilingan. Bu borada eng katta manba, avvalo, ziyorat turizmidir. Yurtimizda islom diniga oid kо‗plab ziyoratgohlar, yahudiylik, buddaviylik yodgorliklari bor. Bu imkoniyatdan foydalanib, 700 ming ziyoratchini jalb qilish va 130 million dollarlik xizmatlar eksportini ta‘minlash mumkin.
2021-yil 6-aprelda Prezident Sh.Mirziyoyev ―Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida‖gi farmonni imzoladi.
Farmonga muvofiq, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qо‗mitasi negizida “Turizmvasport vazirligi” tashkil etildi.
Turizm va sport vazirligi turizm, jismoniy tarbiya, sport va madaniy meros sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi etib belgilandi.