10-rasm
XULOSA.
О‘zbekistonning janubiy viloyatlarida, jumladan, Qashqadaryo viloyatida 90 dan ortiq har xil qushlar hayot kechiradi. Bu qushlardan kо‘pchiligi foydali bо‘lib, ularning tabiatda ahamiyati katta. Qushlarimizning kо‘pchilik turlari bog‘, poliz va dala о‘simliklari hasharotlarini qiradi, ayrimlari esa sanitar qushlar hisoblanadi. Bu qushlarni asrash sohasida hozir katta ishlar qilinmoqda. Aynan shu sohada maktab о‘quvchilari о‘rmonshunoslar, olimlar ish olib borib qushlarni kо‘paytirib, asrash sohasida ishlamoqdalar.
Mazkur bitiruv malakaviy ishida tabiatimizda asosiy kasb etadigan quyidagi foydali qushlarning turlari, ularning yashash tarzi shuningdek, kо‘payishi, yashash sharoitiga moslashishi tо‘g‘risida olib borgan ishlarimiz asosida qushlarga nisbatan kishilarimizda qiziqish uyg‘otish tо‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Malakaviy ishimda viloyatimizda uchraydigan Tovuqsimonlar turkumi vakillari tovuslar, qur, karqur shunga o’xshash vakillarini ko’pgina turlari biologiyasi o’rganildi.
1. Tovuqsimonlar turkumiga kiradigan qushlar turlarini aniqlab olish.
2. Viloyatimizda uchraydigan Tovuqsimonlar turkumi vakillari kiradigan ayrim tur qushlarni biologiyasini o’rganish
3. Tovuqsimonlar turkumi vakillarini asrash, ularni sonini ko’paytirish uchun talabalar va o’quvchilar oldida tushuntirish ishlari olib borish.
4. Tovuqsimonlar turkumi vakillarini himoya qilish uchun takomillashgan kurash choralarini ishlab chiqish.
5. Juda kam uchraydigan va ayni vaqtda yo’qolib ketish xavfi oldida turgan Tovuqsimon turkumi vakillarini muhofaza qilish yo’llarini ishlab shiqildi.
Kuzatishlarimizdan ham shu narsa ma’lum bo’ldiki, haqiqatdan ham bu turkum vakillari qishloq xo’jalilik faoliyati ahamiyati katta ekan. Shuning uchun kelgusida bu turkum vakillari turlarini saqlab qolishda barchamiz mas’ul ekanligimizni yodda tutishimiz zarur.
Tovuqsimonlar turkumi vakillari ko’pgina turlari yo’qolish arafasida, ko’pgina turlari kamayib ketayotganligi sababli ularni asrash yo’llarini ishlab chiqishimiz zarur. Talabalar va o’quvchilar o’rtasida bu qushlarni asrash va ko’paytirishga oid tushuntirish ishlari olib borish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: |