3-rasm Kaklikni ko’payishi 1. Uchishga tayyorlanish. Tug’ma instinktlarga bog’liq bo’lib, u tashqi muhitning qonuniyta‘sirlariga buysunadi. Bu holat signal, ogohlantiruvchi harakterga ega. Bu murakkab omillarda I.P.Pavlov aytgan oliy nerv faoliyati asosiy rol uynaydi. Nerv sistemasi fiziologiyasining ulkan qismi butun organizm sistemasi orasida aloqalarni o’rnatishgina emas, balki organizm va muhit orasida aloqa o’rnatadi. Qushlarda uchishga tayyorlanish juftlarga ajralish va alohida territoriya egallashdan boshlanadi. Bu davrning uzunligi va qushlarning hatti-harakati har xil turlarda turlichadir.
Aksariyat Tovuqsimon uchishdan oldin gala bo’lib yashaydi. Juftlarga ajralish bahorda, ancha oldin boshlanadi. Uya quyrish joylarini avval erkaklari egallaydi.
2. Bola ochish davri. Bu davrga bir-biriga bog’liq bo’lgan qator holatlar: uya qurish, tuxum quyish va bosish, bolalarini boqish bilan o’tadi. Uya qurish joylari bilan aloqa ancha kuchli, uyadan ancha uzoqda uchish, bu davrning oxiriga, bola boqish uchun kuproq oziq kerak bo’lgan davrga to’g’ri keladi.
3. Tullash davri. Har xil qushlarda keskin farq qiladi. Aksariyat hollarda tullash uchishdan keyin bo’ladi. Ayrim turlar sekin tullaydi, ulardan hayot faoliyati bir muncha pasaysada yashash jarayonlarini o’zgartirmasdan va u yerdagi ayrim yashirin joylarni tanlaydi. Masalan: Tovuqsimon. Tovuqsimonlarda tullash tez bo’ladi. Ular xilvat joylarni tanlab yashirin hayot kechiradilar. G’ozsimonlarda tullash nihoyatda tez o’tib, qushlar uchish qobiliyatini yo’qotadi. Bu vaqtda ular nihoyatda xilvat joylarni tanlaydi. Birinchi holatda qushlar yakka hayot kechirsada, keyingi ikki holatda ular gala bo’lib, ayrim vaqtlarda katta gala hosil qilib yashaydi. Umuman tullash davrida qushlar
4. Qishki tayyorlash davri. Nihoyatda intensiv oziqlanish bilan o’tadi. Qushlar muayyan bir joyda yashamay ular oziq axtarib ancha keng tarqaladi. Ba‘zi qushlar oziq axtarib uzoq masovalarga uchadi. Ayrim qushlar kuzda oziq yig’adi. Masalan kedrovka (qarag’ay qarg’alar) qarag’ay urug’ini chaqib mag’zi bilan og’iz xaltasini to’ldiradi. Kedrovka 1 ga maydonga 20 mingtagacha urug’ kumadi. Qishda uning bir qismidan (20-30%) foydalanadi.
5. Qishlashi. Qishda yashash sharoitining keskin yomonlashishi yozga nisbatan oziq topishining og’irlashishiga sabab bo’ladi. Bu bir tomondan asosiy oziq (hashorat, meva, urug’lar) ning kamayib yoki yo’qolib ketishi, ikkinchidan, yorug’ kunning qisqarishi, qor qatlamining paydo bo’lishi, ko’p suvlarning muzlashi natijasida maydonga keladi. Bir vaqtlarda bir tur o’z orasida qish kirishiga har-xil tayyorlanadi.
Qushlarning ko’payish xususiyatlari boshqa hayvonlardan deyarli farq qilib, tuxum qo’yish yo’li bilan ko’payishidir.
Tuxumdondan gavda bo’shlig’iga tushgan yetuk tuxum kontsentrik qalin qatlamlar holidagi sariqlikdan iborat, bu qatlamlar orasida yupqa oq sariqlik qatlamlari bo’ladi. Oq sariqlik bir joyda tuxumni qoq markazigacha tashib boradigan to’plam hosil o’iladi. Bu to’plam yuzasidagi protoplazma va yadrodan iborat kichikroq disk turadi va barpo qiluvchi sariqlik degan nom bilan tuxumning oziqli sariqligi deb ataladigan boshqa barcha moddalariga qarshi qo’yiladi. Tuxum fallopiy nay bo’ylab harakat qilishidan oqsil bilan o’raladi. Tuxum bachadondan o’tayotganda po’st bilan qoplanadi.
Po’st (tuxum po’chog’i) moddasi bachadon bezlaridan chiqqan paytida cho’ziluvchan suyuq massa shaklida bo’ladi bu massa tez qotib qoladi. Tuxum po’sti ohakdan iborat bo’lib, unda mayda teshikchalar bor, bu teshiklar orqali embrion bilan tashqi muhit o’rtasida gaz almashinib turadi. tuxum oqsil bilan qoplana boshlashidan oldin fallopiy nayining bosh qismida urug’lanib, urug’langanidan keyinroq maydalana boshlaydigan bo’lganidan endi qo’yilgan tuxumda embrion disk bo’ladi. Agar tuxum urug’lanmagan bo’lsa rivojlanmay qoladi va palag’da tuxum deb ataladi. Sariqlik tuxumning eng markazda muallaq turadi. embrion diskning solishtirma og’irligi kam bo’lganligidan tuxum qanday holatda bo’lmasin, u hamma vaqt ustki tomonda turadi. tuxumni normal bosish embrionning to’g’ri rivojlanishi uchun buning katta ahamiyati bor.
CHunonchi, kemiruvchilar bilan ovqatlanadigan yirtqich qushlar tuxumning soni kemiruvchilar kam bo’lgan yillarda juda kamayib ketishi ma‘lum. Tovuqsimon qushlarning soni ham ovqatning mo’lligiga bog’liq, iqlim faktorlaridan esa qishda qorning ko’p yog’ishi va bahorda bu qushlarning tuxum va bolalarini halok qiladigan sovuq tushishi katta rol o’ynaydi. Nihoyat qushning qishlagan yeridagi yashash sharoiti bilan uchib borayotgan paytidagi sharoitlar ham ko’pgina qush turlarining soniga ta‘sir etmasdan qolmaydi.
Qushlarda o’ziga xos bo’lgan himoya vositalari bor. Chunonchi kunduzgi yirtqichlar bilan yapaloqqushlar tirnoq va tumshug’ining yordami bilan o’zini himoya qiladi buning uchun ba‘zi bir yirtqich qushlar orqasida yotib olib oyoq va tumshug’i bilan dushmanga hujum qiladi. Oqqushlar kuchli qanoti bilan o’zini dushmandan himoya etadi. tuyaqushlar esa ba‘zi paytlarda kuchli oyog’i bilan tepib odamning boldirini sindirishi ham mumkin. Himoya tusi ochiq yerlarga uya soladigan qushlarning tuxumlarida ham ko’pincha bo’ladi. Masalan: ba‘zi baliqchilarning jigar rang tuxumlari shu jumladandir. Bu qushlar tuxumlarini tagiga hech narsa to’shamay mayda toshlar orasiga qo’yadi. Erkak karkidonqush urg’ochisi tuxum bosib yotgan daraxt kovagining teshigini loy bilan shuvab qo’yadi va urg’ochisiga ovqat berish uchun kichkina teshik qoldiradi, xolos, bu qush shu yo’l bilan uyasini daraxtga chiquvchi yirtqichlardan va maymunlardan himoya qiladi.