О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta


II. Galliformes turkumi asosiy vakillari bioekologiyasi



Yüklə 6,27 Mb.
səhifə7/10
tarix19.10.2023
ölçüsü6,27 Mb.
#157020
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
II. Galliformes turkumi asosiy vakillari bioekologiyasi.
О‘zbekistonning janubida Qashqadaryo va ayniqsa, Surxondaryo oblastlarining tog‘li rayonlarida kichkina kulrang qush yashaydi. Bu – chil degan qushdir. Ba’zida u Surxondaryo bо‘ylariga va Qorasuvning Termizga yaqin qirg‘oqlaridagi tekisliklarga ham ketib keladi.
Bu qushning gо‘shti juda mazali. Shuning uchun yerli xalq uning gо‘shtini shifobaxsh hisoblaydi. Chil tog‘larning – baland joylariga chiqmaydi. U tog‘ning pastroq joylarida yuradi. Bu qush tog‘ pistazorlaridan yuqorida uchramaydi.
Bu turkum vakillari yer yuzida keng tarqalgan o’rtacha kattalikdagi qushlar bulib, o’simlik ozuqasi bilan oziqlanadi.
Ularning gavdasi pishiq oyoqlari va tirnoqlarining kuchli rivojganligi bilan ajralib yerni kovlashga moslashganligi hamda qanoti kalta va serbar bo’lishligi bilan xarakterlanadi. Tumshugi baquvvat qanotlari kalta va keng, jig’ildoni va muskulli oshqozoni yaxshi rivojlangan. Ularning to’rtta barmog’I bo’lib, 3tasi oldinga va 1tasi orqaga qaragan. Barmoqlari orasida suzgich pardalari yo’q, asosan o’troq xolda yashaydi va yer yuzida keng tarqalgan. 280 dan ortiq turlari bor. MDH da 20ta turi, shu jumladan
O’zbekistonda 8 ta turi uchraydi. Ular asosan o’simliklarning vegetative qismi, mevasi, urug’I va har xil umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi.
Tovuqsimonlar poligam qushlar. Bu turkumga kiruvchi qushlarning erkagi ko’pincha yirik va rangdor bo’ladi. Nasl uchun, adsosan urg’ochilari g’amxo’rlik qiladi. Urg’ochilari yer ustida chuqurcha shaklida uya quradi va 2 tadan 26 tagacha tuxum qo’yib tuxumini bosib yotadi. Jo’ja ochuvchi qushlarga kiradi. Tovuqsimonlar turkumiga kiruvchi qushlarda ko’plab xonaki zotlar yetishtirilgan. Ko’pchiligi ovlanadi.
Bu qirg’ovullar, kakliklar, bedanalar, qursimonlar oilasiga kiradigan qur, qarqur oq kaklik va boshqa bir qancha turlar kiradi.
Bu turkumning 4 ta oilasi bor.
1. Cho’ptovuqlar(Megapodiidae) oilasi
2. Qirg’ovullar(Phasianidae) oilasi
3. Qurlar(Tetraonidae) oilasi
4. Goatsinlar (Opisthocomidae) oilasi.
Cho’ptovuqlar (Megapodiidae) oilasiga kiruvchi qushlar Avstraliya va Tinch okeanning bazi orollari atrofida yashaydi. Bu tovuqlarning erkaklari ko’payish davrida yerdan chuqurcha qaziydi va bu chuqurchani har xil xas-cho’plar bilan to’ldiradi. Quyosh nuri tasirida o’simlik qoldiqlari chiriydi va natijada harorat ko’tariladi. Keyin urg’ochilari bu joyga yirik tuxumlarini qo’yadi, erkaklari uyani ikki oy davomida tuxumlarini bosmasdan qo’riqlaydi. Tuxum quyosh tasirida issiq o’tganda xas-cho’plarn chiqishi natijasida tuproqni qazib ketishi orqali rivojlanib, ota-onasining ishtirokisiz jo’jalari tuxumdan chiqadi. Tuxumdan chiqqan jo’jalari ancha yaxshi rivojlangan, usti pat bilan qoplangan bo’ladi va mustaqil yashaydi.

Yüklə 6,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin