Tanishuv amaliyotining maqsadi talabalarning kelajakdagi kasbiy faoliyat haqida boshlang„ich ma‟lumotlarni olish hamda nazariy bilimlarini mustahkamlashdan iborat.
Talabalar tomonidan O„zbekiston Respublikasi O‟zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hududiy bo‟linmalari, ya‟ni moliya bo‟limi ning tashkiliy tuzilishini o„rganish, ish faoliyati haqida dastlabki bilimlarni egallashi amaliyotning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Shu bilan birga amaliyot davrida talabalar Moliya vazirligining va uning hududiy bo„limlarining umumiy faoliyatida va jamoat ishlarida ham muntazam ishtirok etib borishlari maqsadga muvofiqdir.
Tanishuv amaliyotning dastlabki kuni moliya bo‟limining tashkiliy tuzilishi, bo„limlar ish faoliyati bilan tanishishdan boshlanadi. Moliya bo‟limi (boshqarmasi) mas‟ul xodimi amaliyotchiga bo„limning ichki intizomi, bo„limlarning ish faoliyati
va jamoat ishlari to„g„risida qisqacha ma‟lumot beradi. Amaliyot tuman (shahar) moliya bo‟limining barcha bo‟lim va sho‟balari (ikkita bo‟lim va beshta sho‟ba)da o„tkaziladi. Talabadan amaliyot o„tash davomida amaliyot o„tiladigan har bir ish o„rniga oid amaldagi huquqiy-me‟yoriy hujjatlar, ularda foydalanilayotgan axborot- kommunikatsiya vositalari, “UzASBO” DM, “DMBAT” zamonaviy veb- texnologiyalarni qo„llash asosida ishlab chiqilgan avtomatlashtirilgan dasturlari bilan tanishib chiqish talab etiladi.
Talabalarning tanishuv amaliyotini o„tash davri o„quv jarayoni jadvali asosida belgilanib, quyidagicha taqsimlanadi: