Amaliyot daftari talaba tomonidan to„liq va to„g„ri rasmiylashtirilishi, barcha savollarga javob bera olishi, talaba amaliyot daftarida ma„lumotlarni tahlil etishi va mustaqil bayon etishi hamda barcha bajargan ishlari bo„yicha yakuniy fikr va xulosalar bildira olishi, huquqiy-me‟yoriy hujjatlarning mazmunini
yorita olishi va u bo„yicha o„zgarishlarni tushuntira olishi
70-89,9 ball(yaxshi)
Amaliyot daftari talaba tomonidan to„liq va to„g„ri rasmiylashtirilishi, talabaning nazariy jihatdan olgan bilimlarini amaliyot daftarida keltirilgan amaliy ma„lumotlar asosida izohlashi, amaliyot obyekti moliyaviy ko„rsatkichlariga oid ma„lumotlarni tahlil qila olishi hamda ularga o„zining obyektiv xulosasini bera
olishi
60-69,9 ball(qoniqarli)
Amaliyot daftari talaba tomonidan to„liq va to„g„ri rasmiylashtirilishi hamda amaliyot obyekti umumiy faoliyati
to„g„risidagi va amaliyot bo„yicha savollarga javob bera olishi
59,9 va undanpast ball(qoniqarsiz)
Amaliyot daftari talaba tomonidan to„liq va to„g„ri rasmiylashtirilmaganligi, amaliyot bo„yicha savollarga javob bera olmaganligi, bu haqda yetarli tushunchaga ega bo„lmasligi
Talabaning tanishuv malakaviy amaliyoti bo„yicha olgan bilim-ko„nikmasini baholash O„quv-uslubiy boshqarma va kafedra tomonidan belgilangan muddatlarda institutdan tayinlanga rahbar tomonidan amalga oshiriladi.
Tanishuv malakaviy amaliyoti davrida amaliyotga to„liq qatnamagan, amaliyot daftarini to„liq rasmiylashtirmagan, amaliyot bo„yicha salbiy taqriz olgan talabalar baholanmaydilar. Shuningdek, baholash jarayonida “qoniqarsiz” ball olgan talaba tegishli tartibda va amaldagi huquqiy-me‟yoriy hujjatlarga muvofiq kursdan-kursga o„tkazilmaydi, 2-kursda qoldiriladi va talaba kelasi o„quv yili amaliyotni qayta o„taydi.