Tanishuv amaliyotni o„tash davrida talaba tegishli moliya bo‟limida o„rnatilgan ichki ish tartib-qoidalariga qat‟iy rioya qilishi va jamoat ishlarida faol ishtirok etishi kerak. Mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va tanishuv sanitariyasi qoidalarini o„rganishi va qat‟iy rioya qilishi zarur. Amaliyot o„tayotgan talaba amaliyot dasturida ko„rsatilgan barcha vazifalarni bajarishi, yo„riqnoma, xatlar va boshqa barcha huquqiy-me‟yoriy hujjatlar hamda ulardagi o„zgarishlar bilan tanishib borishi lozim. Amaliyot davomida talaba kafedra tomonidan berilgan amaliyot daftarini yuritib, unda har kuni bajargan ishlarini yoritib borishi lozim. Amaliyot daftarida bajarilgan ishlar quyidagi shaklda yozib boriladi:
Har bir ish kunining oxirida shu kungi amaliyot uchun rahbarlik qilgan moliya bo‟limining mas‟ul xodimi talabaning bajargan ishlarini amaliyot daftariga o„z imzosini qo„yishi orqali tasdiqlaydi.
Talaba moliya bo‟limida amalga oshirgan kunlik amaliyot ishlarini umumlashtirib, hisobot daftariga yozib boradi.
Hisobot daftari tarkibi quyidagilardan iborat:
so„rovnoma1;
kirish;
har bir bo„limda ko„rib chiqilishi lozim bo„lgan mavzular va savollar to„liq ochib berilgan amaliyot natijalari;
amaliy ma‟lumotlar;
1 Izoh: talaba tomonidan amalyotni yanada interaktiv joriy qilish maqsadida hamda amaliy bilimlarni qanchalik oʻzlashtirilganini bilish maqsadida toʻldiriladi.
har-bir mavzu tugagandan so„ng amalyot obyekti tomonidan muhr va rahbar imzosi.
Hududiy moliya organlari tomonidan tayinlangan rahbarning majburiyatlari
Talabalar amaliyot o„tashi uchun hududiy moliya organlari rahbarining tegishli buyrug„i bilan qabul qilinadilar va ularga amaliyot rahbari tayinlanadi. Amaliyot bo„yicha rahbar amaliyot davri mobaynida talabaning amaliyot o„tashini nazorat qilib borishi talab qilinadi.
Hududiy moliya organlarining rahbariyati tomonidan tasdiqlangan grafik asosida amaliyot rahbari talabaning amaliyoti davomida bir b„limdan ikkinchi bo„limga joylashtiradi va nazorat qilib turadi. Har bir belgilangan bo„limda amaliyotga hududiy moliya organlari tomonidan tayinlangan mas‟ul xodim rahbarlik qiladi.
Hududiy moliya organlari tomonidan tayinlangan rahbar amaliyotni tashkil qilishda, talabaga amaliy ma‟lumotlar, ish hujjatlarini yoki nusxalarini to„plashga yordam beradi.
Amaliyot rahbari talabaning amaliyot daftarida belgilangan ishlarni o„z vaqtida to„liq bajarilishini, har kuni bajarayotgan ishlarini amaliyot daftarida yozib borishini nazorat qiladi, imzosi bilan tasdiqlab boradi. Amaliyot tugagandan so„ng, talabaning amaliyot davridagi faoliyati bo„yicha xulosasini amaliyot daftariga yozib beradi.