O'ZBEKISTONRESPUBLIKASIOLIYVAO'RTAMAXSUSTA'LIMVAZIRLIGI QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT INSTITUTI SANOAT TEXNOLOGIYASI FAKULTETI ATROFMUHITHIMOYASIVAEKOLOGIYA “EKOLOGIYANING HUQUQIYASOSLARI” fani bo'yicha TA'LIMTEXNOLOGIYASI
K I R I SH
«Ekologiyani xuquqiy asoslari» fani bo'yicha yaratilgan mazkur ta'lim texnologiyasi ma'ruza va seminar mashg'ulotlarni texnologiyalashtirish qoidalari asosida ishlab chiqilgan.
Talabalarga bilim berishda zamonaviy ta'lim texnologiyalarining ahamiyati to'g'risida so'z borganda Prezidentimiz I.A.Karimovning “O'quv jarayoniga yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, bolalarimizni komil insonlar etib tarbiyalashda jonbozlik ko'rsatadigan o'qituvchi va domlalarga e'tiborimizni yanada oshirish, qisqacha aytganda, ta'lim-tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko'tarish diqqatimiz markazida bo'lishi darkor”1 degan so'zlarini ta'kidlash o'rinlidir. Bu masala “Barkamol avlod yili” Davlat dasturida ham asosiy yo'nalishlardan biri sifatida e'tirof etilgan.
Tuzilish jihatidan mazkur qo'llanma kirish, ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarni ta'lim va o'qitish texnologiyalarining konseptual asoslaridan tashkil topgan.
«Konseptual asoslari» bo'limida «Ekologiyani xuquqiy asoslari» fanini o'qitishning dolzarbligi, ahamiyati, uning tuzilmasi, shuningdek, ushbu o'quv fanining ta'limiy mazmuni bayon qilingan hamda ta'lim jarayonini boshqarish, kommunikasiyalash, informasiyalashda o'qitishning usul va vositalarini tanlashni aniqlovchi konseptual qoidalar asoslab berilgan.
O'quvfanibo'yichata'limtexnologiyalariquyidagichaloyihalashtirilgan: ma'ruza mashg'ulotlarida: kirish, tematik, mutaxassislarni taklif etish, muammoli, ko'rgazmali (vizuallashgan) ma'ruza, konferensiya, munozarali, aniq vaziyatlarni hal etish usulllari;
Egallangan bilimlarni muammoli vazifalarni yechimini topishda qo'llash malakalarini shakllantirish (muammoli seminar mashg'ulotlari) va bilim va malakalarini chuqurlashtirish va mustahkamlash, hamda o'z mustaqil faoliyatlarini tashkil etish ko'nikmasini shakllantirish kabi seminar mashg'ulotlaridan tarkib topgan.
Ma'ruzaning xususiyatlaridan kelib chiqib xar bir mavzu o'ziga xos ta'lim texnologiyasi asosida tuzilgan. O'qituvchining bilim va mahoratini oshirishda hamda dars davomida talabalarga belgilangan mavzuni tez va tushunarli tarzda etkazishga, shu bilan birga, talabalar bilan doimiy ravishda jonli muloqat yuritishda, talabalarning diqqat e'tiborini jalb etishda ushbu qo'llanma muhim hisoblanadi.
Mazkur ta'lim texnologiyasi har qanday oliy o'quv yurtida, hamda uzluksiz ta'lim tizimidagi barcha o'quv muassasalarida «Ekologik xuquq» fani o'qituvchilari tomonidan qo'llanilishi mumkin.
Mualliflar mazkur ta'lim texnologiyasini yaratishda o'zining maslahatlarini darig' tutmagan, kitobning yanada mazmunli va sifatli bo'lishida qimmatli fikrlari bilan o'rtoqlashganligi, hamda tashkiliy ishlarga yordam berganliklari uchun TKTI Tursunov T.T. “Atrof muhit ximoyasi va ekologiya” kafedrasining barcha professor-o'qituvchilariga o'z minnatdorchiliklarini ishor etadilar.
Ta'lim texnologiyasini bajarishda yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar uchun oldindan uzr so'ragan holda, asosli taklif va tavsiyalarni siz pedogok o'qituvchilardan kutib qolamiz. 1 O'zbekiston Konstitusiyasi – biz uchun demokratik taraqqiyot yo'lida va fuqarolik jamiyatini barpo etishda mustahkam poydevordir. – Prezident Islom Karimovning O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 17 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasi // Xalq so'zi, 2009 yil 6 dekabr.